O‘zbek xalqining millat bo‘lib shakllanishi, mustaqil davlat g‘oyasi, milliy o‘zlikni
anglash, xalq tafakkurini tubdan o‘zgartirish masalalarini birinchi bo‘lib jadidlar ko‘tardilar.
Ushbu harakatning aynan milliy kontekstda namoyon bo‘lishining o‘zi
inqilobiy hodisa
edi, chunki, jadidchilik vujudga kelgan davrga qadar Markaziy Osiyo hududida mahalliy xalqlar
identifikatsiyasi milliy emas, hududiy nuqtai nazardan amalga oshirilgan. Jadidchilikning
vujudga kelishi Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi murakkab ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy vaziyatiga to‘g‘ri keladi.
Istilo siyosati oqibatida turkistonliklarni ezish va ijtimoiy hayotning oyoq osti qilinishi
ularning milliy ongining kuchayishiga olib keldi. Istilo siyosatiga qarama-qarshi o‘laroq
millatparvarlik siyosati maydonga chiqdi. Natijada chor Rossiyasi davrida turkiy, islomiy
madaniyatni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan milliy harakat kun sayin kuchayib borayotgan rus
madaniyati ta’siriga qarshilik ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ygan Turkiston jadidchilik harakatiga
aylandi;
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tabiiy ijtimoiy jarayon va hodisalar tufayli jadidchilik
zaruriy oqim sifatida vujudga keldi. va bu yirik ijtimoiy siyosiy oqim o‘z navbatida milliy
o‘zlikni anglashdek, tafakkur tarzini hosil qildi. Bu tafakkur
tarzining ilmiy-nazariy, falsafiy
ifodasi jadidchilik rahnamolari va vakillari ijodida aks etdi;
Turkistondagi jadidchilik harakati rus hukmdorligi yoki madaniyatini qabul qilish uchun
emas, balki rus bosqinchilariga qarshi kurashda milliy ruhni yangilash, mamlakatni
zamonaviylashtirish va G‘arb mamlakatlaridagi kabi mustaqil davlat barpo etish, millatni saqlab
qolish uchun yuzaga kelgan milliy demokratik harakat edi.
Bu harakatning vujudga kelishida tashqi siyosiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
To‘g‘rirog‘i, jadidchilikning o‘zi XIX asr oxiri, XX asr boshlarida butun Sharq dunyosida
qo‘zg‘alayotgan demokratik oqimning bir qismi edi. Tarixdan ayonki, dunyo bu davrga kelib
Buyuk Britaniya, Germaniya,
Fransiya, AQSH, Italiya, Yaponiya, Ispaniya, Portugaliya va
Rossiya kabi davlatlar tomonidan bo‘lib olingach, kapitalistlarning jahon monopolistik ittifoqi
vujudga kelgan va mustamlaka xalqlari ikki tomonlama zulm natijasida g‘oyat og‘ir, nochor
ahvolda qolgan edilar. Oqibatda mustamlakadagi xalqlarning ziyolilari orasida asta-sekin qaram
xalqlarni qashshoqlikdan qutqarish uchun milliy ozodlik harakatlari uyg‘ona boshladi. Bir
qancha Sharq mamlakatlarida Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897), Muhammad Abdo ( 1848-
1905) kabi jamoat arboblari rahbarligida G‘arb mustamlakachilariga qarshi harakat avj olib, asta-
sekin jadidchilik-taraqqiyparvarlik g‘oyalarining tarqalishiga zamin yaratib berdi. «Jamoliddin
al-Afg‘oniy ta’limoti o‘z mohiyatiga ko‘ra juda qarama-qarshi bo‘lsa-da, nafaqat Misrda, balki
Sharq mamlakatlarining musulmonlari tomonidan ham qizg‘in qabul qilindi va XIX asr
oxirlarida musulmon ziyolilari dunyoqarashining shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatdi»
1
.
Jamoliddin al-Afg‘oniy va Muhammad Abdo o‘zlarining diniy islohotchilik, ma’rifatparvarlik va
ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida musulmonlarni ilg‘or siyosiy hayotga, mustamlakachilarga qarshi
birlashishga chaqirdilar.
Jahon tajribasidan xulosa chiqarib, Sharq xalqlarining istibdodga qarshi shakllangan
turkparastlik va islomparastlik ko‘rinishidagi qarshilik oqimlaridan g‘oyaviy quvvat olib, milliy
yo‘nalishda rivojlangan jadidchilikning kelib
chiqishida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy
omillar mavjud. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon kabi
jadidlar ilmiy merosida ma’rifatparvarlik ta’limoti etakchi o‘rin tutadi. Turkistonda
ma’rifatparvarlik g‘oyasini rivojlantirishning o‘ziga xos tomoni, u istilo siyosati oqibatida
vujudga kelgan millatparvarlik harakati bilan chambatchas bog‘liq. Huddi shu xususiyat bilan
jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan
islomparastlik va turkparastlik harakatlaridan mohiyatan farq qiladi. Islomparastlik va
turkparastlik harakatlari maqsad nuqtai nazaridan umumiy islom
dunyosi yoki umumiy turk
dunyosi birligi g‘oyasini ilgari surgan, o‘z tabiatida osiyosentrizm g‘oyasini ifodalar edi.
1
Хакимов И.М. Джамал ад-Дин Афгани, его антиколониальные взгляды и деятельность(1839-1897 гг.)
Автореф. дисс... канд.филос.наук. – М: МГУ,1971. –С .8.
Jadidchilik mafkurasi taraqqiyot yo‘lini, ma’rifatparvarlik yo‘lini aynan milliy
identifikatsiya orqali, umuminsoniy taraqqiyotga millat nuqtai-nazaridan rivojlanish orqali
erishishni tashviqot qilgani uchun ham yuqorida nomi qayd etilgan ta’limotlarga nisbatan
taraqqiyparvar edi. Har bir vujudga kelgan ta’limot o‘ziga o‘xshash, o‘zidan avvalgi kelgan
ta’limotlarning eng yaxshi tomonlarini olib mukammallashishi nuqtai nazaridan ham jadidchilik
taraqqiyparvarlikni namoyon etgan. Shuning uchun millatparvarlik va ma’rifatparvarlik
ta’limotlari Turkiston ziyolilari ijodlari va faoliyatlarida bir-birining tarkibiy qismiga aylandi.
Jadidchilik ta’limotida ma’rifatparvarlik g‘oyasi o‘zbek xalqining XIX asr oxiri XX
boshlaridagi barcha ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayoti murakkabliklari va muammolarini hal
qilishga qaratilgan keng qamrovli ta’limot edi. Turkiston xalqlarini mustamlaka zulmidan xalos
etish, milliy iqtisodiy tizimni barpo etish, mustaqil davlat tizimini
doimiy ravishda saqlab tura
oladigan tafakkur tarzini shakllantirish, milliy tafakkurdagi destruktiv o‘zgarishlar tufayli
vujudga kelgan jismoniy kasalliklarni bartaraf etish aynan kelajak avlodni jismonan va ma’nan
sog‘lom qilib tarbiyalash masalasiga bog‘liq edi.
Xulosa qilib aytganda millatni saqlab qolishda milliy intelligansiya sifatida shakllangan
jadidchilik tarixni, ma’naviy ahvolni jiddiy mushohada etgan holda, tutqunlik va qaramlik
sabablarini jamiyatning o‘zidan izlashga harakat qildi. Bu esa, jamiyatda haqiqiy immunitet
sifatida shakllanuvchi milliy intelligensiya vujudga kelishidagi qonuniyat edi. Sababi, «siyosiy
va ma’naviy inqiroz jamiyatning ruhiy dunyosini qaytadan jiddiy va bevosita mushohada etishni
talab etadi»38;
Jadidlar jamiyatga qaytadan hayot baxsh etuvchi kuchni, uni zulm va istibdoddan ozod
qiluvchi chorani ma’rifatda ko‘rdilar. CHunki istibdoddan xalos bo‘lish uchun eng avvalo
tafakkurda o‘zgarish qilish, millatni qullik va murosasozlikka duchor etuvchi fikriy mutelikdan
ozod bo‘lish lozim edi. Bu esa faqat ma’rifat orqali amalga oshishi
mumkinligini jadidlar
tushunar edilar. Lekin bu ma’rifat tashqaridan kelgan madaniyat va taraqqiyotga havas emas,
milliy ildizlari va salohiyatidan quvvat olib o‘zligini anglash, milliy nafsoniyat, ozodligini
himoya qilish xarakteridagi demokratik ma’rifatparvarlik edi;
Vatanni qullik va qaramlikdan ozod qilishda ma’rifatparvarlik milliy demokratik
ta’limotda etakchi tamoyil edi. Shu sababli uning tashviqoti ijtimoiy-siyosiy hayotning ilm–fan,
madaniyat, tarix, din, siyosat kabi barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu kompleks xarakterdagi
chora tadbirlardan maqsad, milliy tafakkurdagi progressiv o‘zgarishlar dinamikasini
tezlashtirish, demokratik tafakkur hosil qilish, ularning amaliy hayotdagi transformatsiyasini
ro‘yobga chiqarish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: