1. Falsafa fani predmeti va bahs mavzulari 2


Ilk o‘rta asrlarda tasavvuf



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana03.02.2022
Hajmi1,02 Mb.
#427301
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1 - mavzu boyicha maruza matni Falsafa

Ilk o‘rta asrlarda tasavvuf.
Tasavvuf Sharq ma’naviyati tarixida muhim o‘rin egallab 
kelgan tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo‘lib, islom olamida VIII asrning o‘rtalarida paydo 
bo‘lgan. Tasavvufning ilk shakli zohidlik harakati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tasavvuf 


falsafa, din, shariat hamda odob-axloq kabi tushunchalar jam bo‘lgan ta’limotdir. Insonning 
ruhiy-axloqiy poklanishi va ilohiy muhabbatdan quvvat olib yuksalib borishi bu ta’limotning 
asosiy g‘oyalaridir. Tasavvuf dunyoni bilishni, insonning dunyo va koinot, makon va zamon, 
lahza va abadiyat, hodisa va mohiyat haqidagi tasavvurlarini ilohiy bilimlar asnosida 
shakllanishini ta’minlaydi. Tasavvuf amaliy turmush tarziga asoslangani uchun, bir tomondan 
uning nazariy asoslari ishlab chiqilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan tariqatlar paydo bo‘lib, 
tasavvufiy turmush tarzida nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘unlashishi taqazo etilgan. Ilk 
o‘rta asrlarda shaxsiy-ma’naviy hayot tarzida muhim o‘rin tutgan tasavvufiy turmush tarzi asta- 
sekin ijtimoiy ma’noga ega bo‘la boshladi. Zohidligi va ilmi bilan tanilgan ulug‘ shaxslar 
atrofida suhbat halqalari tashkil etilib, ularning suhbatlarida ishtirok etganlar berilgan 
tavsiyalarni shaxsiy hayotlarida tatbiq eta boshlaganlar. Tasavvufda Alloh taologa quruq, ko‘r-
ko‘rona mute’likning hojati yo‘q. Tasavvuf ta’limoti mutaxassisi, olim Najmiddin Komilov 
“xudo g‘azabidan qo‘rqibgina amri ma’rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki riyodir. 
Shuning uchun so‘fiylar: Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, 
ko‘ngilni nafsu hirs g‘uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga etishish va 
bundan lazzatlanish g‘oyasini keng targ‘ib qildilar. Inson ruhi ilohiydir va, demak, asosiy 
maqsad – ilohiy olamga borib qo‘shilmoqdir, dedilar. Shu tariqa, dunyodan ko‘ngil uzgan, ammo 
zohidlarga o‘xshamaydigan, «bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan» (Hofiz Sheroziy) zehnu 
zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o‘zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, 
shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan 
farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo‘lgan ediki, ularni ruh kishilari deb 
atardilar”
23
-deydi. «So‘fiy» so‘zining vujudga kelishida bir necha xil qarashlar mavjud bo‘lib, 
ba’zi mutaxassislar bu so‘z «saf» so‘zidan kelib chiqqan deydilar, chunki so‘fiy Iloh yo‘liga 
kirganlarning birinchi safida turuvchidir. Ba’zi olimlar uni «suffa» so‘zidan hosil bo‘lgan deb 
aytadilar: ashobi suffa hazrati Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam hayotliklaridayoq tarki 
dunyo qilgan taqvodor kishilar bo‘lib, so‘fiylar shularga taqlid qiladilar, deb tushuntiradilar. 
Yana bir guruh olimlar so‘fiy so‘zi «safo» so‘zidan kelib chiqqan, chunki bu toifaning qalbi 
sidqu safo oftobiday porlab turadi, deganlar. Yana ba’zilar so‘fiy «sufuh» so‘zidan yasalgan, 
sufuh – biror bir narsaning xulosasidir, bu jamoa xalqning xulosasi bo‘lganligi sababli ularni 
so‘fiy deganlar, deb yozadilar. Abu Rayhon Beruniy «suf», ya’ni faylasuf so‘zining oxirgi 
qismidan yasalgan deb ko‘rsatadi. Shuningdek, ko‘pchilik so‘fiy so‘zi arabcha «so‘f» so‘zidan 
hosil bo‘lgan, degan fikrni bildiradilar. «So‘f» so‘zining lug‘aviy ma’nosi jun va jundan 
to‘qilgan matodir. So‘fiylar ko‘p hollarda jun chakmon yoki qo‘y terisidan tikilgan po‘stin kiyib 
yurishni odat qilganlari uchun ularni jun kiyimlilar deb yuritganlar. So‘fiyning ozodligi deganda 
tasavvuf ahli solikning bashariy sifatlardan mutlaq qutulishi va ilohiy faqr sifati bo‘lmish pok 
ruh o‘rinishida istig‘no olami – Tangri taolo olamining zaruratlari bepoyonligini kullan idrok 
etishini anglaganlar. Tasavvufda ilk davri, ya’ni zohidlik davri so‘fiylari - Ibrohim Adham, 
Hasan Basriy, Abuhoshim Kufiy va boshqalar taqvo va parhezkorlikni bosh maqsad deb 
bilganlar. Undan keyingi davrda esa, tafakkuriy-shuuriy rivojlanish asosiy maqsad hisoblangan. 
Aksariyat ilmiy manbalarda keyingi davr – oriflik davri, deb ataladi. Bu davr IX asr o‘rtalaridan 
boshlanadi.
Tasavvuf Ibn Arabiyga nisbatan beriladigan vahdatul vujud ta’limotiga borib taqaladi. 
Ya’ni haqiqiy Borliq – bu Mutlaq zot – Parvardigorning yakkayu yagona vujudidan iborat, 
boshqa mavjudliklar shu Vujudning ijodi, in’ikosidir. Mutlaq zotni al-Haq (Real borliq), al-Ahad 
(Birlik) deb ham ataydilar. U O‘zi yaratgan olam ashyolarida (olami shahodat, olamul xalq) 
O‘zini namoyon etib, zohir-lanib turadi va shu orqali O‘zi O‘zini idrok etadi. Bu cheksiz va 
mavhum Mutlaq zotning shahodat (moddiy) olamda tinimsiz jilolanishi «tajalliy» deb atalgan. 
Tajalliy – barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori Parvardigorning o‘zi yaratgan 
olamda doimo hozir bo‘lishidir. Shunday qilib, tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi 
tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan o‘ziga xos ta’limotdir.
23
Комилов Н. Тасаввуф.-Тошкент: ТДШИ нашрёти, 2006. 6-б. 


Tasavvufda falsafa ilmidan farqli ravishda, insonni «olam mehvari» deb bilib, olamdagi 
barcha harakat, voqea-hodisa, o‘zgarish-yangila-nishlarni insonda mushohada etish va inson 
orqali tushuntiradi. Tabiatdagi jamiki ichki ziddiyat va rivojlanish, o‘sish-ulg‘ayish ruhning 
mo‘‘jizalari insonda bor, deb ta’riflaydi Jaloliddin rumiy «Masnavii ma’naviy» asarida. Shu kabi 
Olamni va Odamni yaratgan Parvardigor javhari, ismlari, qudrati va mohiyatini anglash ham 
inson ruhi xususiyatlarini o‘rganish va anglash bilan amalga oshadi. Chunki Parvardigorni va 
Uning qudrati, mo‘‘jizalari, g‘ayb olamini faqat aql bilan bilib bo‘lmaydi. Ammo, bu tasavvufda 
aql butunlay inkor etilgan, degan gap emas. Tasavvufda ham aqliy bilish, aql qudrati tan olinadi. 
Biroq aqliy bilimlar, dalil bilan isbotlanishi mumkin bo‘lgan bilimlarga yaraydi, g‘ayb ilmini 
idrok etishga esa aql ojiz, deydi so‘fiylar. G‘ayb ilmi, Xudovand olamidagi behad-behudud 
ilmlarni so‘fiy alohida hissiy-vajdiy tafakkur bilan, qalbga tushgan karomat nuri bilan anglab 
idrok etadi. Shu bois tasavvufda mukoshafa, kashfu karomat, hol-sukra tushunchalariga alohida 
e’tibor beriladi. 
Ko‘rinadiki, tariqat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilgan. Tariqat 
asosida tasavvufning yaxshi, ideal jamiyat haqidagi qarashlari vujudga kelgan. Masalan, 
Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» va Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida podshohsiz 
odamlar, ya’ni solih kishilar jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf bunday jamiyatga zo‘rlik, 
inqilob yo‘li bilan emas, har bir insonni axloqiy tarbiyalash oraqli etish mumkin, deb hisoblagan. 
Insonning mutlaq haqiqat, mutlaq adolat va poklikka erishish istaklari tasavvufda mujassam 
bo‘ldi. Bu ehtiyoj, orzu kuchli zavq va ishtiyoqni, o‘zini unutish va bexudlikka olib borgan 
ishqni keltirib chiqaradi. 
Tasavvufdagi o‘zini-o‘zi takomillashtirish g‘oyasi, axloqiy yuksalish, ezgulik, xayr, 
himmat, mardlik haqidagi qarashlar butun musulmon olamiga keng tarqalib, katta ijtimoiy 
hodisaga aylangan edi. Darveshlar, so‘fiylar, shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda hurmat 
qilgan, ularga e’tiqod qo‘yish orqali Tangri taolo qudratini chuqurroq his qilgan, amaliy 
turmushda odamlar shu darveshlar kabi qanoatli, halol bo‘lishga intilgan, nafsini tiygan. Shuning 
uchun ham tasavvufga ta’rif berganda, juda ko‘p shayxlar uni shaytoniy nafsni jilovlash va 
rahmoniy xislatlar kasb etish ilmi deb ko‘rsatganlar. Agar tasavvufning negizida chin 
insonparvarlik g‘oyasi, xalqning adolat va haqiqat haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalar 
keng tarqalmas, bunchalik keng ommaviylashib, ijod ahli qalbidan o‘rin olmasdi, bu qadar 
qaynoq va jozibali bir she’riyat yaratilishiga turtki bo‘lmas edi. 
Tasavvufning «falsafiylanish» davri XIII–XIV asrlarda bir qator mutafakkir adiblar, orif 
sufiylar etishib chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa bilan bog‘lovchilar deb aytamiz. 
CHunonchi, Ibn al Arabiy, Abu Homid Muhammad G‘azzoliy, Fariddidin Attor, Aziziddin 
Nasafiy, Yahyo Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud 
Shabistariy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil shunday mutafakkirlar 
sirasiga kiradi. Bularning ijodida olam va odam haqida o‘ylar, qazovu qadar, erk va ixtiyor, 
suvrat va ma’no, aql va ruh, vaqt va zamon, inson tiynati xususida ko‘plab yangi qarashlar bayon 
etilgan. Bu zotlar ilohiyshunoslikni butunlay yangi pog‘onaga ko‘tardilar. Ularning asarlarida 
insoniy ma’rifat, insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib boriladi, komil inson xislatlari 
batafsil ishlab chiqildi. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish