XX-XXI asr o‘zbek falsafasi.
Akademik Ibrohim Mo‘minovning “Amir Temurning
o‘rta Osiyoda tutgan o‘rni va roli” mavzuidagi ma’ruzasi va keyinchalik uning risola holidagi
nashri mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining davlatchilik tarixidagi muhim bosqichlarni anglash
va belgilashda hamda Amir Temur siymosini qayta tiklashda asosiy g‘oyaviy manba bo‘ldi. O‘z
tarixini davrma-davr olib borilgan qatag‘onlar orqali amalga oshirgan totalitar tuzum sharoitida
halq qiyofasini tanitishga u haqdagi haqiqatni ilmiy asoslarda isbotlay olishga urunish haqiqiy
jasorat edi. Akademik Ibrohim Mo‘minov ziyolilik e’tiqodi, mas’uliyati har qanday ta’qib va
nazoratlarga to‘la vaziyatda ham o‘z missiyasini bajarishga qaratilganini ko‘rish mumkin. O‘z
faoliyatini o‘n yetti yoshidanoq o‘qituvchilikdan boshlagan olim hayotining so‘nggi yillariga
qadar o‘zbek ijtimoiy fanlarining tamal toshini yaratib ketdi. Sovet davrining buyurtma asosida
yaratilgan tarixiy ta’limotlari maktabi - rus etnologiyasi maktabi ta’limotlariga g‘oyaviy qarshi
ta’limot - o‘zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi va uning nazariy asoslarini Ibrohim
Mo‘minovning ko‘p tomligidagi o‘zbek xalqi tarixi va falsafiy merosiga oid asarlar va barhayot
g‘oyalarida ko‘rish mumkin.
38
Франк С.Л. Этика нигилизма // Вехи.Интеллигенция в России. Сборники статей 1909-1910. - М.: Молодая
гвардия, 1991. 155-с.
Akademik Ibrohim Mo‘minov o‘zbek xalqiga Forobiy, Beruniy, Mirza Bedil kabi
adiblarning ilmiy meroslarini ham etkazib berdi. Uning o‘zbek xalqi tarixi haqidagi to‘rt tomlik
kitobi, “Samarqand tarixi”, “Buxoro tarixi”, “Xorazm tarixi” ilmiy nashrlaridagi boshchilik
ishlari, Italiya, Vengriya, CHexoslovakiya, Gretsiya, Pokiston va Afg‘onistonda qilgan ilmiy
ma’ruzalari O‘zbekiston tarixi, falsafasi to‘g‘risidagi munosib tasavvurlarni shakllantirishga
xizmat qildi.
Ustoz olimning ilmiy faoliyati bilan bir qatordagi jamoatchilik sohasidagi ishlari ham
davr ziyolisining eng yorqin qirralarini o‘zida aks ettirgan. Akademik Ibrohim Mo‘minov
O‘zbekistonda sotsial institutlar tizimining shakllanishida ham o‘z an’analarini kashf etgan edi.
Uning boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix va arxeologiya
institutlari shakllantirilgan bo‘lsa, 1958- 1974 yillar davomida o‘z tashabbusi bilan Fanlar
Akademiyasi qoshida Falsafa va huquq institutining tashkilotchisi bo‘ldi. Uning “O‘zbekistonda
ijtimoiy fanlar” va “Fan va turmush” jurnallariga asoschi va bosh redaktor bo‘lgani,
O‘zbekistondagi ilmiy-ma’rifiy hayotda ham o‘z milliatparvarlik va ilmparvarlik g‘oyalari bilan
etakchi ideolog bo‘lganing dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |