3. Chet tilini o'qitishdagi metodlar.
Chet til o’qitish jarayonida metodlar. ,,Metod” terminini ifodalaydigan birinchi tushuncha -chet til o’qitish metodi- kasidagi tarixiy yo'nalish (taijima, to’g’ri, aralash, qiyosiy metodlar)ning muxtasar bayoni yuqorida keltirildi. Ikkinchi ma’nodagi (o’qitish sistemasi - Palmer, Uest, Guen metodlari) tushuncha chet til 0’qitish metodikasi tarixida (VII bobda) yoritiladi. Muallim/o’quvchi faoliyati usuli ma’nosidagi ,,metod” terminining uchinchi jihati quyida muhokama qilinadi. Chet til o’qitish jarayonida amaliy foydalaniladigan metodlar uchta: tanishish, mashq qilish va qo’llash. Ushbu uch termin metodik tadqiqotlarda turli nomlar bilan uritib kelindi.
Ko’pchilik tan olgan va o'qitishda bevosita mushohada qilish mumkin bo’lgan mazkur metodlar o’quvchi nuqtayi nazaridan nomlangan. 0’quvchining chet til o’rganishdagi vazifasi o’quv materiali (ya’ni til materiali) bilan tanishish, ko’nikma va malaka hosil qilish maqsadida mashq qilish hamda o’z fikrini bayon etish chog’ida, ya’ni nutqiy muloqotda tildan foydalanishdan iborat.
Chet til o’qitish sistema, deb qaralganda, unda ikki tomon - o’rgatuvchi va o’rganuvchi ishtirok etadi. Muallim zimmasiga o’quvchining o’rganish faoliyatini tashkil etish - tashkiliy vazifa yuklatiladi. 0’quvchi bajaradigan uchala ishni tanishish, mashq qilish, qo'llashni muallim tashkil qiladi. Darsdan tashqari mustaqil bajariladigan ishlarga oid ko’nikma va malakalar hosil qilish ham muallimning tashkiliy vazifasiga kiradi.
Muallimning navbatdagi Vazifasi ta‘ lim-tarbiya berishdir. Ta’limiy vazifa deganda tushuntirib yoki ko’rsatib berish, bayon etish, izohlash, to’g’rilash orqali o'quvchiga til materialini o'rgatish anglanadi9. Chet til materialini muallim o’rgatadi yoki darslik/magnitofon yozuvidan o’rganish yo’lini ko’rsatadi, o‘quvchida qiyinchilik sezilsa, murakkab til hodisasini lo’nda qilib sharhlab beradi.
Nazorat qilish muallim vazifalaridan uchinchisidir. 0 ‘quvchilar yangi material bilan tanishayotgan paytlarda ularning tushunganlik darajasini aniqlaydi. To’g’ri-noto’g’ri mashq bajarayotganini kuzatadi. Til materialini qo’llash chog’ida nutq faoliyatining bajarilishini nazorat qiladi. Mas. ovoz chiqarmay o’qilgan matnning mazmunini tushunish uchun o’quvchilar ndagi leksik birliklarni o’zlashtirgan bo’lishlari kerak. Agar o’quvchi materialni esdan chiqargan bo’lsa, muallim o’sha
leksik materialni takrorlashni tashkil qiladi. 0’quvchilar vazifalarni tanishish, mashq qilish va qo’llash metodlari orqali amalga oshirish mumkinligi yuqorida qayd etildi. Har bir metodning o’ziga xos xususiyatlari bor. Tanishish o’quv materialini o’rganishdagi birinchi qadamdir. Til birligini o’rganishga kirishar ekan, o’quvchi uning shakli (tovush tomonini og’zaki nutqda aniq-ravshan eshitish yoki grafik timsolini yozma matndan kо‘rib o‘qiy olish), ma’nosi (predmet, hodisa, harakat bilan fikran bog‘lash) va qo‘llanilihi (boshqa birliklar bilan qo‘shilishi, qanday holatda ishlatilishi) bilan tanishadi. Shakl, ma’no va qo‘llanish har bir leksik yoki rammatik birlikda o‘rganiladigan uch tomondir. Ular bilan tanishish o’quv birligini o’zlashtirishning boshlanishi demakdir.
Ushbu birlik xotirada saqlanishining asosiy shartlaridan biri uni eshitish va ko’rish sezgilari yordamida idrok qilishdir. Shu paytda til birligi mashq qilish bosqichidan o’tadi. Mashq qilish yo’li bilan o’rganilayotgan til hodisalari mustahkamlanadi, ularga oid dinamik stereotip shakllanadi. Ushbu dinamik stereotip nutq jarayonida operatsiya maqomida ishga tushadi. Amaliy muloqot maqsadida til materialini qo’llash uchinchi bosqich hisoblanadi. Q o’llash davrida axborot almashish (ya’ni malaka hosil qilish) mashqlari bajariladi. 0’quvchilarning tanishish, mashq qilish va qo’llash vazifalari metodika tilida o’qitish metodlari, deb yuritiladi. Ular ,,o’qitish jarayonida qo’llanadigan metodlar” nomi bilan ham ataladi. Bu metodlar ta’lim maqsadlarini ro’yobga chiqarish vositalari bo’lishi bilan birga, ularga o’quv materialini o’zlashtirish bosqiclilari tarzida ham qarash mumkin.
,,Tanishish” metodidan foydalanish mobaynida so’z, so’z birikmasi, grammatik hodisa, matn kabilar o’iganiladi. Ulami o’quvchi eshitishi, ko’rishi, birvarakay eshitib ko’rishi mumkin. Idrok etganda ulami sezgilar orqali payqash va mazmunini o’qib olishdek bir yo’la ikki tomonlama ish bajariladi. Muallim esa narsa- hodisani ko’rsatib, chet tilda, mas. inglizcha aytadi. Ayrim sodda tushuntirish, izoh berish ham muallim vazifasiga kiradi. Predmet yoki hodisani ko’rsatishda rasmlar, flanelegraf, magnit taxtasi kabilar keng qo'llanadi. Texnika vositalarining ovozli, namoyish etadigan, ko’rsatib ovoz eshittiradigan turlaridan samarali foydalanish mumkin.
0’quv materiali bilan tanishish davrida mashq qilish bosqichiga tayyorgarlik ko’riladi. Mashq qilishda mashqlar miqdori va sifatiga, ya’ni nechta va qanday mashq bajarish masalasiga alohida e’tibor beriladi. Mashq qilish chog’ida o’quvchi o’zlashtirayotgan ko’nikma muallim nazorati ostida bo’iadi. Nazorat qilishning eng tejamli usuli test o’tkazishdir. 0’quvchining o’zini o’zi nazorat qilish va xatolarini mustaqil bartaraf etishga o’rgatish katta ahamiyatga molik.
Malakalar hosil qilishning hal qiluvchi bosqichi o’quv materialini qo’llash hisoblanadi. 0’quvchilaming og’zaki va yozma fikr almashishlari jarayonida qo’llash metodi qo’l keladi. Oldin o’rganilgan material endi axborot yetkazish- olish maqsadiga bo’ysundiriladi. Metodlar faoliyat ko’rsatkichi, o’z navbatida, metodik harakatlar (usullar) orqali amaliyotda ishlatiladi. Mas. Leksi kaning ma’nosini taijimasiz ochish usuli (harakati), matndan axborot olish usuli, grammatik birlikni leksik o’rgatish usuli (qoida bermasdan yaxlit hodisa tarzida), talaffuzni taqlid yo’li bilan o’rgatish va h.k. Aniq usullar majmuasi jarayon metodini tashkil etadi. Metodik usul o’quv materialini o’rgatish/o’rganishda yaqqol ko’rinib turadigan amallami bildiradi.
Metodik adabiyotlarda metodlarini namoyish etish, tushuntirish va mashq nomlari bilan berish yoki metodlar miqdorini yettitagacha yetkazish hollari uchraydi.
Zamonaviy ota-onalar va o'qituvchilar bolani ijod bilan birinchi o'ringa qo'yish vazifasini qo'ydi. Bunday qobiliyatlarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu sababli, o'quv dasturlarida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun TRIZni qo'llaydigan o'qituvchilar bilan uchrashish mumkin. Ushbu tizimga asoslangan o'yinlar va vazifalar faol fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, shaxsni ijodiy shakllantirish jarayonini ham bolalar, ham kattalar uchun yanada qiziqarli qiladi. "
TRIZ - "ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi" ning qisqartmasi. Har qanday boshqa nazariya singari, o'z strukturasi, vazifalari va algoritmi ham mavjud. Ko'pgina ota-onalar TRIZning elementlarini bolalar bilan birga o'qishadi, hatto buni bilishmaydi. Maktabgacha tarbiyachilar10 uchun TRIZ - bu asosiyni o'rnini bosa olmaydi. Mavjud ta'lim usullari samaradorligini oshirish maqsadida yaratildi. Ko'pgina o'yinlar onalar va o'qituvchilarga yaxshi tanish, ammo ta'lim va rivojlanish muntazam ravishda amalga oshirilganda, bolaning yangi ko'nikmalarga ega bo'lishlari osonroq bo'ladi. Shuning uchun chaqaloqning barkamol ijodiy shaxsini rivojlantirishdan manfaatdor bo'lganlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun TRIZ bilan tanishish kerak. Bu nafaqat foydali, balki juda qiziqarli. Ijodiy muammolarni hal qilish nazariyasi bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning eng noyob usullaridan biridir . Uning asoschisi 1956 yilda sovet muhandisi GS Altshuller edi. U har kimni ixtiro qilishni o'rganishi mumkin, deb hisoblaydi va buning uchun siz tug'ma iste'dodga muhtoj emassiz. Heinrich Saulovich o'zi bolaligidan ixtiro qildi va 17 yoshida mualliflik guvohnomasiga ega edi. Bundan tashqari, u ham mashhur bo'lgan "Ikarus va Daedalus", "Yulduzlar to'pi", "Yulduz Kapitanlari afsonalari" va boshqalar kabi ilmiy-fantastik yozuvchi ham edi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun klassik TRIZ uslubiga asoslangan bir necha rivojlanish markazlari yaratilgan. Lekin asta-sekin, ish jarayonida ular yangi bo'limlarni qo'shadilar.
Ayniqsa, bolalardagi analitik fikrlashni rivojlantirish uchun ixtirochi muammolarni hal qilish nazariyasining ko'plab usullari klassik maktabgacha ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich kirib kelmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |