4.Xo‘jaligiga umumiy ta‘rif
Estoniya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 24,3%, qishloq xoʻjaligi 6,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 69,5% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotda slanets va fosforit qazib olish muhim oʻrin tutadi.
4.1 Sanoati
Sanoati mahalliy tabiiy resurslar, birinchi navbatda foydali qazilmalar hamda oʻrmon va dengiz boyliklari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan foydalanish asosida rivojlanmoqda. Slanets qazib olish va uni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik (elektrotexnika, radiotexnika, priborsozlik va kema taʼmirlash), kimyo (mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish), yogʻochsozlik, mebel, sellyulozaqogʻoz, yengil (toʻqimachilik va boshqalar) va oziqovqat (goʻsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish) sanoatning yetakchi tarmoqlaridir. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 9,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi
4.2. Qishloq xo‘jaligi
Qishloq xoʻjaligi goʻsht-sut chorvachiligi (qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi) va tuzlangan hamda dudlangan choʻchqa goʻshti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan.
4.3. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
Transport yoʻli uzunligi 1,02 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 15 ming km (hammasi qattiq qoplamali). Asosiy dengiz portlari — Tallin, Novotallinskiy. Emayigi daryosida kema qatnaydi. Estoniya chetga elektrotexnika va radioelektronika sanoati mahsulotlari, sanoat jihozlari, ximikatlar, oziqovqat va isteʼmol mollari, oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft va gaz, mashinasozlik sanoati mahsulotlari, xom ashyo oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa davlatlari va boshqalar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — eston kronasi.
Vrachlar Tartu un^ tining tibbiyot ftida, oʻrta tibbiyot xodimlari Tallin, Tartu, KoxtlaYarvedagi tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Pyarnu shahrida iqlim va balchiq, Xaapsulada balchiq, NarvaYiesuu va Kuressaare shahrilarida iqlim kurortlari bor. Bundan tashqari, bir qancha sanatoriy va dam olish uylari mavjud.
Estoniya hududida dastlabki maktablar 13—14-asrlarda monastirlar qoshida paydo boʻlgan. Estoniyada majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Mamlakatdagi 600 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 30 dan ziyod oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 200 mingdan ortiq oʻquvchi, 6 oliy oʻquv yurti (Tartu universiteti, Tallin texnika universiteti, Tallin pedagogika instituti, Estoniya teologiya instituti, Estoniya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, konservatoriya)da 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Estoniyalar Estoniya fanlar akademiyasi institut va ilmiy muassasalarida olib boriladi. Shuningdek, qurilish, oʻrmon xoʻjaligi va tabiatni muhofaza qilish, pedagogika ilmiy tekshirish institutlari ham mavjud. Estoniyada 700 ga yaqin kutubxona bor. Yiriklari: Tallindagi Davlat kutubxonasi, Tartu universiteti ilmiy kutubxonasi, Tallindagi ilmiytexnika kutubxonasi. 60 ga yaqin muzey mavjud. Yiriklari: Tallindagi Kardiorg saroyi, Pyotr 1 uymuzeyi, Tarixiy muzey, oʻlkashunoslik muzeyi, Tartudagi shahar tarixi muzeyi, universitet tarixi muzeyi, adabiyot muzeyi, O.Luts uymuzeyi, Virudagi F.R.Kreysvald uymuzeyi, KoxtlaYarvedagi slanets muzeyi.
Estoniyada bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Kultuur ya elyu" ("Madaniyat va hayot", eston tilidagi oylik jur, 1858-yildan), "Maalext" ("Mamlakat", eston tilidagi haftanoma, 1987-yildan), "Molodej Estonii" ("Estoniya yoshlari", rus tilidagi kundalik gazeta, 1950-yildan), "Raxva xyayal" ("Xalq ovozi"), eston tilidagi kundalik gazeta, 1940-yildan), "Estoniya" (rus tilida haftada 5-marta chiqadigan gazeta, 1940-yildan), "Eesti nayni" ("Estoniya xotin-qizlari", eston tilidagi oylik jurnal, 1924-yildan), "Eesti ekspress" ("Estoniya ekspressi", eston tilidagi haftanoma, 1989-yildan). ETA, Estoniya telegraf agentligi, 1918-yil tashkil etilgan; Boltiq yangiliklar xizmati, xususiy axborot agentligi, 1990-yil tuzilgan. Estoniya radiosiga 1926-yil, Estoniya televideniyesiga 1955-yil asos solingan.
19-asr oʻrtalarigacha eston xalqining maʼnaviy hayoti xalq ogʻzaki ijodiyoti (xalq qoʻshiqlari, ertak, maqol, matal va topishmoqlar)da oʻz ifodasini topdi. Birinchi yozma yodgorliklar 16-asrga oid. 17—18-asrlarda diniy ruhdagi asarlar yuzaga keldi. 18-asr oxiri — 19asr boshlarida didaktik dunyoviy adabiyot vujudga keldi. Eston milliy adabiyoti 19-asr oʻrtalarida paydo boʻldi. Maʼrifatparvar yozuvchi F.R.Felman, xalq ogʻzaki ijodi aossida "Kalevipoeg" dostonini yaratgan F.R.Kreysvald uning asoschilaridir. 1860—80 yillar adabiyotida xalq romantizmi va vatanparvarlik lirikasi ustunlik qildi, dramatik asarlar va romantik tarixiy qissalar yaratildi. 1890-yillarda tanqidiy realizm shakllandi. E.Vildening "Ayoz mamlakatiga" (1896) va "Temir qoʻllar" (1898) romanlari eston adabiyotida tanqidiy realizm yoʻnalishi va roman janriga asos boʻldi.
1900-yillar boshida proletar adabiyoti va siyosiy satira paydo boʻldi (X.Pegelman, Yu.Lishenbax, Eessaaru Aadu). F.Tuglas, G.Suyts kabi adiblar neoromantizm vakillaridir. 1919-yildan keyin eston adabiyotiga nemis ekspressionizmi muhim taʼsir koʻrsatdi. Nasrda realistik uslub neoromantik, impressionistik va simvolistik shakllardan tobora ustun kela boshladi (A.X.Tammsaare, M.Metsanruk, M.Under, O.Luts, X.Visnaputs, I.Barbarus, A.Gaylit, yilSemper, A.Yakobson, Yu.Syutiste asarlari). Ikkinchi jahon urushi yillari (1939— 45) adabiyotga D.Vaarandi, R.Parve, E.Myannik va boshqalar kirib keldi. Urushdan keyingi yillarda shoirlar M.Raud, yilSemper, Yu.Smull, yozuvchilar A.Xint, R.Sirge, G.Leberext, E.Krusten, dramaturglar A.Yakobson, E. Rannet va boshqalar samarali ijod qildilar. 1960— 80 yillarda shoir va yozuvchilarning yangi avlodi adabiyotga zamonaviy falsafiyaxloqiy masalalarny olib kirdi. Bu davrda adabiyotga E.Beekman, E.Vetemaa, M.Traat, A.Valton va boshqalar yozuvchilar kirib keldi.
Estoniya hududidagi qadimiy meʼmorlik inshootlari miloddan avvalgi 3 va 2-ming yilliklarga taalluqli. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda mustahkamlangan shaharchalar (Asva, Iru, Ridala), milodiy 1-ming yillik boshlarida esa qishloqlar paydo boʻddi. 13-asrdan tosh meʼmorligi, xususan, qalʼalar (Tallindagi Vishgorod qalʼasi, 13—14-asrlar), mustahkamlangan cherkovlar (Valyala, 13-asr; Karya, 14-asr) qurish avj oldi. 14-asrdan gotika uslubida cherkov, ratushalar barpo etildi. 16-asrning 1-yarmida Uygʻonish davri yoʻnalishlari ham paydo boʻddi. 1640-yillarda Estoniya meʼmorligiga barokko uslubi kirib kela boshladi [Narvadagi ratusha (1670) va birja (1704); Tallindagi Kadriorg saroybogʻ majmuasi (1718—25, meʼmorlar N.Miketti, M.Zemsov)]. Klassitsizm uslubi davrida jamoat binolari (Tartu universiteti binosi, 1803—09, meʼmor I.Krauze) va qoʻrgʻonlar qurildi. 19-asr 2-yarmi meʼmorlikda eklektizm, 20-asr boshlarida modern (milliy romantik yoʻnalish bilan), funksionalizm yoyildi. 1960-yillardan boshlab yangi turar joy majmualari qurildi [Tallindagi Mustamyae (1961-yildan, meʼmorlar V.Tippel, L.Pettay va boshqalar), VyaykeIysmyae (1973-yildan, meʼmorlar M.Port, M. Meelak va boshqalar) massivlari]. Qishloq qurilishi rivojlandi (Yanedas sztexnikumining oʻquv korpusi, 1974, meʼmor V.Pormeyster; Viru tumanidagi "Linda" kzi idorasi, 1972, meʼmor T.Reyn), turar joy va jamoat binolari barpo etildi [Tallinda "Viru" (1972, meʼmorlar X.Sepmann, M.Port va boshqalar) va "Olimpiya" (1980, meʼmorlar T.Kallas, R.Kersten va boshqalar) mehmonxonalari, Parus sporti markazi (1980, meʼmorlar X. Sepmann, P.Yanes, X.Looveer va boshqalar), Madaniyat va sport saroyi (1980 — 81, meʼmorlar R.Karp, R.Altmyae va boshqalar), Tartuda "Vanemuyne" teatri (1967—70, meʼmorlar A.Volberg, P.Tarvas, U.Telpus va boshqalar)].
Eston xalqining qadimiy badiiy ijodiyoti, asosan, dehqonlarning amaliy bezak sanʼatida oʻz aksini topdi (kulollik, suyak va metall buyumlar yasash, tosh va yogʻoch oʻimakorligi, qoʻlda toʻqish, teriga naqsh solish). Gotika, Uygʻonish davri va barokko sanʼati davrida devoriy (freskalar) hamda dastgoh rassomligi, shuningdek, tosh va yogʻoch oʻymakorligi keng yoyildi.
19-asr 1-yarmida portret va manzara janrlari, grafika rivojlandi. 19-asr 60-yillaridan professional sanʼat taraqqiy etdi. Milliy rassomlik maktabining asoschisi yilKyoler, haykaltaroshlik maktabining asoschisi A. Veysenbergdir. 19-asr — 20-asr oʻrtalarida rassomlar A.Laykmaa, K. va P. Raud, N.Triyk, haykaltaroshlar A. Adamson va Ya.Koort ijodi diqqatga sazovor. 1920-yillarda Estoniya sanʼatining rivojlanishida Tartudagi "Pallas" badiiy maktabi katta rol oʻynadi. Bu davrda rassomlar A.Yoxani, K.Liymand, grafik X.Mugasto, haykaltaroshlar Ya.Koort, F.Sannamees, V.Mellik va boshqalar oʻz asarlarini yaratdilar. 1940-yillardan keyin rassomlar E.Okas, E.Kits, N.Kormashov, L.Mikko, grafiklar G.Reyndorf, E.Eynmann, A. Bax, V.Tolli, P.Ulas, haykaltaroshlar A.Starkopf, E.Roos, A.Kaazik, M.Varik samarali ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati ustalari M.Adamson, E.AdamsonErik, M.Roosma, L.Erm, M.Ryaek va boshqalar oʻz ijodlari bilan shuhrat qozondilar.
Eston xalq qoʻshiq (runo)lari, asosan, bir ovozli. Cholgʻu musiqasi xalq raqslari (polka, reynlender va boshqalar) bilan bogʻlangan. Musiqa cholgʻulari: vargan, turli naylar, volinka, konussimon kannel, bugʻsimon bilo va 18-asrdan skripka paydo boʻldi. 19-asrda garmon keng tarqaldi. 1857—61 yillarda milliy qoʻshiqlar toʻla nashr etildi ("Kalevipoeg", F.Kreysvald). Professional musiqa dastlab cherkov musiqasi bilan birga rivojlandi. 19-asrda birinchi xor va havaskor puflama sozlar orkestrlari tashkil etiddi. 1869-yildan anʼanaga aylanib qolgan milliy qoʻshiq bayramlari oʻtkaziladi. Xor musiqasi birinchi professional kompozitorlar (I.Kappel, K.Tyurinu, M.Xyarma) ijodida ham yetakchi musiqa boʻlgan. R.Tobias simfonik va vokalsimfonik musiqalar yaratdi. 20-asr 1-yarmida A.Kapp, X.Eller, M.Lyudig, E.Oya simfonik va kamer asarlar, M.Saar, K.Kreek va boshqalar xor musiqasini yaratdilar. E.Aav, A.Lemba, A.Vedro eston operasi, E. Tubin eston baleti asoschilaridir. Eston musiqa madaniyati gullabyashnashi E.Kapp, G.Ernesaks ijodi bilan bogʻliq. 1950-yillarning oʻrtalarida kompozitorlarning yangi avlodi (E.Tamberg, V.Tormis, Ya.Ryaets, A.Pyart) musiqaning mazmundorligini yangi vositalar bilan boyitdilar. Ijrochilar oʻrtasida xonandalar — T.Kuuzik, G.Ots, X.Krumm, T.Mayste, I.Kuusk, M.Voytes, A.Kaal, U.Tauts, dirijyorlar — N.Yarvi, E.Klas, R.Matsov, G.Ernesaks, O.Oya va boshqalar, skripkachilar — V.Alumyae, Yu.Gerrets, pianinochilar — B. Lukk, K.Randalu va boshqalar mashhur. Estoniyada "Estoniya" davlat akademik opera va balet teatri (1906-yil tashkil etilgan, Tallin), Estoniya akademik erkaklar xori (1944), filarmoniya, konservatoriya (1919-yil asos solingan, Tallin), musiqa bilim yurtlari (Tallin, Tartu), Davlat simfonik orkestri ishlaydi.
Dastlabki teatr tomoshalari 16-asrda lotin tilida, 17-asrda nemis tilida koʻrsatilgan. 1665-yil birinchi xususiy teatr paydo boʻldi. 1784-yil mahalliy ziyolilar Tallinda havaskor teatr tashkil etdilar. 1870-yil Tartudagi "Vanemuyne", Tallindagi "Estoniya" jamiyatlari huzurida milliy havaskor teatrlar tashkil etildi va ular 1906-yildan professional teatrlarga aylandi. Bu teatrlarda musiqali drama spektakllari, chet el klassiklari, milliy dramaturglar asarlari sahnalashtirildi. 1920—30 yillar Tallinda Drama teatri (1916—24), "Tonggi teatr" (1920—24), "Dramstudio" (1924-yil tashkil etilgan, 1937, yildan Eston drama teatri, 1952-yildan drama teatri), Ishchi teatri (1926— 41), Pyarnuda "Endla" (1911—53, keyinchalik Drama teatri), Narvada Narva teatri (1928—40) ishladi. Keyingi yillarda teatr sanʼati yanada taraqqiy etdi. Estoniyada Davlat qoʻgʻirchoq teatri, Davlat akademik teatri, "Eski shahar studiyasi" (hammasi Tallinda), Tartudagi "Vanemuyne" davlat akademik teatrining dramatik truppasi, Pyarnudagi teatr va boshqalar teatrlar faoliyat koʻrsatadi. Teatr arboblaridan K.Ird, K.Karm, A.Lauter, Yu.Yarvet va boshqalar mashhur.
Estoniya hududida dastlabki kinosyujetlar fransuz firmalari tomonidan suratga olindi (1908—14). 1914-yil fotograf Ya.Pyazuke birinchi eston badiiy filmini yaratdi. 1920-yillarda bir qancha xususiy kinofirmalar faoliyat koʻrsatdi. "Oʻtmish koʻlankalari" (1924) va "Rummu Yuri" (1929) filmlari professional ravishda suratga olingan dastlabki filmlardir. 1930-yil K. Myarska birinchi marta "Oltin qoʻngʻiz" nomli ovozli filmni yaratdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin eston kinematografchilari "Lenfilm" kinostudiyasi bilan birgalikda "Qoʻrgʻon ichidagi hayot" (1947) va "Andrus baxti" (1955) filmlarini suratga oldilar (ikk&tasining rejissyor G.Rappaport). Keyinchalik eston kino ustalari "Xavfli burilishlar" (1961, rejissyorlar Yu.Kun, K.Kiysk), "Yarim kunlik parom" (1968), "Oʻlim qadrini murdalardan soʻra" (1977; ikkala filmning rejissyor K.Kiysk), "Oʻrmondagi buloq" (1973, rejissyorL. Layus), "Yashash va sevish davri" (1976, rejissyor V.Kyasper), "Nima eksang ..." (1980, rejissyor P.Simm) kabi filmlarni ekranga chiqardilar. Kino aktyorlari orasida E.Kivi, E.Kull, R.Allabert, T.Kark, L.Ulfsak, O.Eskola va boshqalar mashhu
Do'stlaringiz bilan baham: |