3. Aholisi va mehnat resurslari
Asosiy aholisi esshonlar; shuningdek, rus, ukrain, belorus, fin va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — eston tili. Dindorlarning aksariyati lyuteranlar va pravoslavlar. Shahar aholisi 71,5%. Yirik shaharlari: Tallin, Tartu, Narva. Asosiy qazilma boyliklari: yonuvchi slanets, fosforit, qurilish materiallari, torf, sapropel, shifobaxsh balchiqlar
Miloddan avvalgi 3-ming yillikda Estoniya hududida finugor qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalarida jezdan, 1-ming yillik oʻrtalarida esa temirdan asboblar ishlangan. Shu davrga kelib boltiq boʻyi fin qabilalari (estlar va livlar)ning uyushuvi boshlandi. 2-ming yillik boshida savdo markazlari, gavanlar [Tallin, Tartu (Yuryev)] paydo boʻldi. qadimiy qabilalarning hududiy uyushmasi va ularning ittifoqi vujudga keldi. Eston elati shakllana boshladi. 1030—61 yillarda Estoniyaning janubi-sharqiy qismi Kiyev Rusiga qaram boʻldi. 13-asrdan boshlab nemislar, keyinchalik daniyaliklar agressiyasi natijasida Estoniyada davlat shakllanishi jarayoni toʻxtab qoldi. 13-asrning 2-yarmi — 16-asrning oʻrtalarida nemis salibchilari tomonidan bosib olingan Estoniya hududi Livoniyaning bir qismi boʻlib qoldi. 1558-yil yanvarda Rossiya Livon urushiii boshladi. Rus qoʻshinlaridan yengilgan Livon ordeni tarqalib ketdi. 1572—77 yillarda Rossiya Estoniyaning barcha qismini (Tallin va orollardan tashqari) bosib oldi, ammo Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻshinlariningʻ qarshi hujumi (1580— 81) natijasida Shimoliy Estoniya (Estlyandiya) Shvetsiyaga, Janubiy Estoniya Rech Pospolitaga oʻtdi, Saaremaa o. Daniyada qoldi. Shvetsiya bilan Rech Pospolita oʻrtasidagi urushlar (1600— 11, 1617—29) natijasida 1625-yilga kelib Shvetsiya Estoniyaning barcha materik qismini bosib oldi. 1645-yil Saaremaa o. ham Shvetsiyaga oʻtdi. 1656—58 yillarda Rossiya — Shvetsiya urushlari oqibatida Sharqiy Estoniya Rossiyaga qoʻshib olindi, ammo 1661-yil urushdan avvalgi chegara qayta tiklandi. Shvetsiyaga qarashli Boltiq boʻyi Estlyandiya (Shimoliy Estoniya) va Liflyandiya (Janubiy Estoniya va Shimoliy Latviya) guberniyalariga boʻlindi. Shimoliy urush (1700—21) natijasida Estoniyaning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. Bu 1721-yilgi Nishtadt sulh shartnomasi bilan rasman tasdiqlandi. 1917-yil aprelda eston yerlari muxtoriyat maqomidagi alohida provinsiya qilib ajratildi. 1917-yil oktabr oxirida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 24-fevralda Estoniya mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918-yil 29-noyabrdan 1919-yil 5-iyungacha Estoniya sovet respublikasi (Estlyandiya mehnat kommunasi nomida) mavjud boʻldi. 1919-yil 19-mayda Taʼsis majlisi Estoniya respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi; 1934-yil martda davlat toʻntarishi amalga oshirildi va diktatura oʻrnatildi, parlament tarqatib yuborildi. 1935-yil barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. 1940-yil iyulda Estoniya hududiga sovet qoʻshinlari kiritiddi. 1940-yil 21-iyulda Estoniya SSR tuzildi. 1940-yil 6-avgustda SSSR tarkibiga qoʻshib olindi va estonlarning bir qismi deportatsiya qilindi. 1941-yil dekabrdan nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi; 1944-yil ozod qilindi. 1988-yil 1—2-dekabrda Estoniya xalq fronti tuziddi; u oʻz oldiga Estoniya mustaqilligini tiklash vazifasini qoʻydi. 1990-yil 8-mayda Estoniya SSR Oliy Kengashi Estoniya Respublikasini eʼlon qildi. 1991-yil 20-avgustda Estoniya Oliy Kengashi Estoniya Respublikasining milliy mustaqilligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Estoniya 1991-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1994-yil 10-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24-fevral — Mustaqillik kuni (1918).
"Respublika" partiyasi, 2001-yil dekabrda tuzilgan; Estoniya birlashgan xalq partiyasi, 1994-yil tashkil etilgan; Islohotlar partiyasi, 1994-yil asos solingan; Moʻʼtadillar partiyasi, 1996-yil tuzilgan; Vatan ittifoqi, 1995-yil tashkil etilgan; Estoniya sentristlar partiyasi, 1992-yil asos solingan; Estoniya xalq ittifoqi, 2000-yil tuzilgan. Estoniya kasaba utoshmalari markaziy ittifoqi, 1989-yil dekabrda tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |