1. Elektron hukumat tushunchasi. Elektron hukumat tog’risidagi Ozbekiston davlat qonuni. Elektron hukumat maqsad va vazifalari



Download 32,32 Kb.
bet8/10
Sana22.06.2021
Hajmi32,32 Kb.
#73114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron hukumat

Reyting mas`uliyatga undaydi

BMT ekspertlarining fikricha, 2016 yilda O'zbekistonda elektron hukumatning rivojlanish indeksi 0,5434 yoki eng yuqori ko'rsatkichga nisbatan 54 foizni tashkil qildi. Bu yurtimizning elektron hukumat ravnaqi yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga kirishiga zamin yaratdi (50 foizdan yuqori).

BMTning iqtisodiy hamda ijtimoiy masalalar bo'yicha departamenti 2016 yilda dunyoning turli davlatlarida elektron hukumatning rivojlanishi haqida navbatdagi hisobotini e`lon qildi. BMT uslubiyotiga binoan Elektron hukumatning rivojlanishi bo'yicha indeksi asosida mamlakatlarning reytingi shakllantiriladi. Bu indeks uchta omil, ya`ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, inson kapitali va elektron xizmatlar rivojidan iborat. Yana boshqa juda muhim ko'rsatkich — elektron ishtirok etish indeksidagi o'sish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur indeksga binoan, hukumatning fuqarolar, biznes sub`yektlari hamda davlat organlari o'rtasida muloqotni rivojlantirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishiga baho beriladi, erishilgan natijalar o'rganiladi.

Yana bir diqqatga sazovor jihati, O'zbekiston elektron ishtirok etish reytingida 24 pog'ona — 2014 yilgi 71-o'rindan 2016 yilda 47-o'ringa ko'tarildi. Ushbu indeksning o'sish sur`atlari bo'yicha respublikamiz Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o'rinni, Hamdo'stlik davlatlari o'rtasida esa uchinchi pog'onani egalladi. BMT ekspertlari O'zbekistonda uy-joy mulkdorlari shirkatlari portali (e-kommunal.uz), ochiq ma`lumotlar portali (data.gov.uz) va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz) ishga tushirilganiga e`tibor qaratishgan. Ularning fikricha, bu sa`y-harakatlar davlat organlari faoliyati ochiqligini ta`minlash hamda xalq bilan muloqot amaliy mexanizmlarini joriy etish borasida ijobiy qadam hisoblanadi.

Elektron hukumat rivojlanishi bo'yicha O'zbekiston indeksining o'sishida elektron xizmatlar ko'rsatish darajasi (56 foiz o'sish bo'lgan) muhim o'rin tutdi. Lekin bunda AKT infratuzilmasi rivojlanishi bo'yicha o'sish u darajada yuqori bo'lmadi (6 foiz). Ushbu indeks muqim va mobil telefon aloqasi abonentlari soni, aralash hamda simsiz keng polosali aloqa tarmog'i, shuningdek, internetdan foydalanuvchi aholi soni asosida shakllantiriladi. 2016 yilda O'zbekistonda internetdan muntazam foydalanadigan aholi ulushi 46,4 foizni tashkil qildi, keng polosali internetdan foydalanadiganlar soni esa, bor-yo'g'i, 1 million 900 ming kishiga yaqinni tashkil etdi. Inson kapitalining rivojlangan darajasi bo'yicha indeks esa 3,5 foiz tushgan. Bunda yoshi katta kishilarning savodxonligi, aholining ta`lim tizimi bilan qamrab olinganlik darajasiga alohida e`tibor qaratilgan.

Mutaxassislar fikriga ko'ra, onlayn xizmatlar sohasida bunday o'sishga, asosan, ochiq ma`lumotlar portali, kommunal xizmatlarga internet orqali to'lov imkoniyatlarining kengayishi, aholiga turli onlayn-maslahatlar ­berish hisobiga erishilgan.




Download 32,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish