Forrester Research ma’lumotlariga ko’ra, bir qancha xorijiy firmalar o’z xodimlarining malakalarini oshrish uchun video o’yinlar ham yaratmoqdalar (Johnson&Johnson, Volvo, Hilton Hotels). O’zbekistonda ham onlayn ta’limni rivojlantirish juda ham muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi, chunki bu birinchidan, o’qishga jalb etilganlar sonini ancha ko‘paytirishga imkon bersa, ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalari uchun katta daromad manbai bo’lishi mumkin.
Komp’yuter o‘yinlari
Endi raqamli kontentlar bozorining komp‘yuter o’yinlari segmentini ko’rib chiqamiz. Deyarli barcha ijtimoiy saytlar va messenjerlar foydalanuvchilarga turli xil o’yinlar taklif qiladilar va bu o’yinlarning ichiga reklamalarni joylashtirib foyda olishga harakat qiladilar. O’yin portallariga Microsoft MSN Games, Zone.com, Station.com (Sony), Real Arcade (RealNetworks va Elektronic Arts), Wargaming, Entertainment Software Assosiation larni kiritish mumkin. Bu segmentdagi monetizatsya modellari Freemium va Free-to-Play lar hisoblanadi.
Komp’yuter o’yinlari bozorida eng katta muvaffaqiyatga erishgan o’yinlardan biriga Nintendo kompaniyasining 2016 yilda ishga tushirilgan
Pokemon Go o’yinini kiritish mumkin. Bu o’yining yaratuvchilar bir kunda $1,6 million dollar daromad qilganliklari haqida xabarlar ham bo’lgan (Sensor Toweranalitik kompaniyasi ma’lumotlaridan–RBK,15 iyul 2016 yil,
№125(2381),str.8-9).
O’yinning bir oylik daromadi $200 ming dollardan ortib ketgan. Shuning uchun ham hozirgi kunda Pokemon Go o’yini monetizatsiya bo’yicha liderlardan biri hisoblanadi. Keyingi yollarda bundan tashqari quyidagi komp’yuter o’yinlari ham ommaviylik kasb eta boshladilar: Angry Birds, Fruit Ninja, Subway Surfers.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan komp’yuter o’yinlari mobil internet va mobil tijorat bozorlarining, aksessuarlarning, mobil gadjetlarning, portative qurilmalar bozorlarining o’sish katalizatori bo’lib hizmat qiladi.
Internetdagi musiqa servislari ham tezlik bilan rivojlanayapti. Masalan, ovoz yozish halqaro federatsiyasi (IFPI) ma’lumotlariga ko’ra, tarmoqda va onlayn servislarda musiqa sotish bo’yicha yillik daromadlar miqdori $16 milliard dollarga yetib qoldi. Striming servislar bozori esa ancha yoshligga qaramay, juda tezlik bilan rivojlanayapti. Striming servislar musiqa treklarini va albomlardagi kataloglarni sotib olmasdan turib, onlayn ravishda eshitishga imkon beradi.
Shuning uchun ham bu usul musiqa kontentini iste’mol qilishning eng ommabop usulidir. Strimimg hizmatlarini taqdim etishning quyidagi usullari mavjud:
Musiqani onlayn rejimda eshitish imkoniyati;
Musiqani onlayn rejimda eshitib, so’ng uni qurilmaga yuklab olish va keyin oflayn rejimda qayta tinglsh;
Striming servislar bozorining rivojlanishiga bir qancha xodisalar sabab bo’ldi. Birinchidan, raqamli transformatsiya jarayoni xuddi shu innovatsion texnologiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo’ldi, ikkinchidan, internetning limitsiz trafigi modelining paydo bo’lishi va uchinchidan, monetizatsya sxemasining o’zgarishi, ya’ni, kontentga alohida to’lovdan pulli qayd qilinish orqali tekin kontentga ega bo’lish sxemasi. Apple korporatsiyasi bu yangi imkoniyatdan darxol foydalanib qoldi va raqamli inqilobni amalga oshirdi: ya’ni u Apple iTunes Store musiqa magazini tashkil qildi va endi insonlar raqamli kontentga pul to‘lashni odat qildilar. Kompaniya servisdan pulli va tekin foydalanish mumkin bo‘lgan Apple Music modelini taklif qildi. Apply Music foydalanuvchiga musiqani iTunes orqali ham, striming rejimida ham elektron katalog orqali ham tinglashga imkon beradi. Shu bilan birga, servis foydalanuvchilarga onlayn radio Beats 1 ni ham tinlash imkoniyatili yaratadi. Musiqa bozoridagi boshqa kompaniyalar safiga Spotify, Zvooq, Google Play Music, Yandex.Muzika va Deezer larni kiritish mumkin. Musiqa xizmatlari bozoridagi eng muvaffaqiyatli model Music-on-Demand hisoblanadi. Bunda iste’molchi oylik to’lov shartlarida tizimda qayd qilinganidan so’ng, o’ziga kerakli bacha musiqalarni tanlaydi va shulargagina haq to’laydi.
Endi elektron ko’rinishdagi ma’lumotlar bozoridagi elektron tijoratning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Internetdagi informatsiyon hizmatlar ma’lumot manba’lariga bog’liq ravishda turlarga bo’linadi:
Ma’lumotning ifodalanish tili bo’yicha – qaysi tildagi ma’lumot ma’nosida;
Tarmoqqa ta’alluqliligi bo’yicha – information hizmatlar qaysi xududda yoki qaysi mamlakatda ko’rsatilayapti;
Ma’lumotning ifodalanish usullari bo’yicha - web-sahifalar, fayl serverlari yoki information portallar.
Kontent (mazmuni) bo’yicha esa elektron ma’lumotlar quydagi asosiy turlarga bo’linishlari mumkin:
Ommaviy iste’mol uchun (ommaviy bozor uchun) mo’ljallangan ma’lumotlar – information agentliklar, yangiliklar portallari, ma’lumotnoma servislari, ob-havo bashorati, xuzuqiy ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalari; o Moliyaviy, birja, statistik va biznesga oid ma’lumotlar, yangiliklar, bozor haqidagi ma’lumotlar, jahon OAV daydjestlari va turli biznes jurnallaridagi ma’lumotlar;
Ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar – universitetlar va ta’lim muassasalari saytlari, ilmiy jurnallargagi ma’lumotlar, ta’lim protallari va onlayn ta’limga oid ma’lumotlar.
Zamona zayliga mos ravishda, ishbilarmonlikka oid yangiliklar yetkazib beruvchilar keyingi yillarda o’quvchilar va elektron hizmatlar iste’molschilari bilan muloqotni asosan elektron usulda olib bormoqdalar. Bunga ayniqsa o’quvchi yoshlar juda o’rganib qolib, qog’oz ko’rinishidagi ma’lumotlardan minimal miqdorda foydalanmoqdalar. Ushbu tendentsiya keyinchalik ham yanada kuchayib borishi kutilmoqda.
Quyida elektron ko’rinishdagi ma’lumotlarning aylanishiga bir misol sifatida umumiy ovqatlanish sohasidagi elektron tijoratda elektron ma’lumotarning qanday ishlatilishini ko’rib chiqamiz. Hozirda ushbu sohadagi rivojlanishning asosiy tendentsiyasi restoranlardan ovqatlarni xo’randalarga onlayn usulda yetkazib berish bo’lib qoldi. Bunday hizmat turini restoran va kafelarning o’zlari jam va faqat shu ish bilan shug’ullanishga mutaxassislashgan kompaniyalar ham amalga oshira oladilar. AddVenture kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra, Rossiyada ushbu hizmat turi bozorining hajmi hozirgikunda (2018) $1,8 milliard dollar atrofida ekan va bu bozor asosan Moskva va Sankt-Peterburgga o’xshash katta shaxarlarda mavjud ekan. Halqaro bozorda esa ovqatlarni onlayn yetkazib berish bilan FoodPanda, Lieferheld, Lieferando.de, GrubHub va JustEat kompaniyalari shug’ullanadilar. Ovqatlarni onayn yetkazib berish bilan shug’ullanadigan kompaniyalarining biznes-modellari quyidagiga asoslangan: Agregatorkompaniyalar barcha hamkor restoranlar to’g’risidagi kerakli ma’lumotlarni, shu jumladan, menyu, baholar, yetkazib berish shartlarini xo’randalarga intenet orqali taqdim etadilar (https://vc.ru/p/deliveryclub-50). Agregatorlarni ko’rsatgan narxlari restoranlarning portallarida keltirilgan narxlar bilan bir xil bo’lishi kerak. Agregator-kompaniya xar bir operatsiyadan oldindan kelishilgan miqdordagi daromad oladi. Bunday modeldan foydalanilganda biznesning barcha ishtirokchilari o’z ulushlarini oladilar, ya’ni, agregator masshtab (ko’lamlilik) effektidan daromad oladi, restoranlar iste’molchilar soni k’paygani tufayli daromad oladi, xo’randalar esa sifatli va qulay servisdan foydalanadilar. Keyingi yillarga ovqatni 10-15 daqiqada yetlazib berish servisi ham yo’lga qo’yildi. Bunga misol bo’lib, UberEATS ni keltirishimiz mumkin. Ko’rib chiqilayotgan bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tanlangan bozordagi iste’molchixo’randalarning xoxish-istaklarini, qaerda va qanday ovqatlarni xush ko’rishlarini yaxshilab o’rganish kerak bo’ladi. Masalan, Moskvada sushi zakaz qilishi yaxshi ko’rishsa, Peterbergda pitstsani ma’qul ko’rishdai, Senegalda esa muzqaymoqni afzal ko’rishsa, Malayziyada Starbucks kofesini, Qozogstonda frantsuz
bulochkalarini, Toshkentda esa oshni ko‘proq zakaz qilishadi. Ovqat zakaq qilish ba’zi mamlakatlarda onlayn amalga oshirilsa, boshqalarida call-markazlar vositasida qilinadi. Biznes tashkil qilishda shularni ham hisobga olish kerak bo‘ladi, albatta.
12.4. Turizm sohasidagi elektron tijorat
Endi barcha uchun birday qiziqarli bo‘lgan va yurtimizda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan turizm sohasida (on-line travel) elektron tijoratni boshqarishni ko’rib chiqamiz. Turizm sohasi barcha boshqa sohalar singari mijozga yana ham yaqinroq bo’lish uchun onlaynda ishlash zarurligini tezda tushunib yetdi va bir qancha onlayn hizmatlarni yo’lga qo‘ydi (on-oline travel services), shu jumladan:
Avia, temir yo’l, avtobus va avtomobil marshrutlari bo’yicha biletlarni onlayn usulda zakaz qilish va sotib olish;
Turizm bo’yicha onlayn maslahat berish hizmatlari;
Avtomobillarni onlayn ijaraga berish hizmati;
Sayohatlarga, mahsus turlarga va ko’rgazmalarga zakazlar berish va ularni sotib olish bo’yicha hizmatlar;
Biletlarning, turlarning va turli xildagi sayoxatlarning kal’kulyatsiyasini elektron usulda taqdim qilishning onlayn servislari;
Onlayn usulda mehmonxonalarni zakaz qilish xizmatlari;
Shaxarlar, muzeylar va ko’rgazmalarag virtual sayohatlar uyushtirsh servislari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |