On-layn travel bilan bog’liq bo’lgan hizmatlar turlariga turistik marshrutlar bo’yicha ma’lumotlar beradigan, daryo, dengiz va okeandagi kruizlar taklif qiladigan, turistlar boradigan joylardagi ob-havo sharoitlarini aytib beradigan, mehmonxonalardagi sharoitar haqida ma’lumotlar beradigan, restoranlardagi ahvolni tushuntirib beradigan kompaniyalarning hizmatlarini kiritishimiz mumkin. Misol sifatida Cruise Specialists, TripAdvisor, VacationsToGo.com larni keltirishimiz mumkin. Ushbu on-line travel bozorida biznes yuritishning quyidagi bir qancha usullari mavjud:
Onlayn plyus offlayn biznes turi – bunda turistik kompaniyalar turistik hizmatarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’z oflayn bizneslariga elektron tijoratnig bir qator elementlarini qo’shib qo’yadilar, shu jumladan, shunga mos bo’lgan internet-magazin tashkil qilishlari yoki onlayn maslahatlar berishlari mumkin;
To’liq onlayn biznes turi–ushbu turdagi biznesni internet tarmog’ida bemalol ishlay oladigan kompaniyalar tashkil qila oladilar. Bularga misol qilib mexmonxonalarni bron qiladigan, biletlar sotadigan, mobil ilovalar bilan shug’ullanadigan agregatorlarni keltirish mumkin.
Turistik xizmatlar bozoridagi elektron sotuv kanallarining ahamiyati shundan iboratki, kompaniyalar bu kanallarda 365/7/24 soat qolishlari va unda faol ishlashlari mumkin. On-line travel bozoridagi eng keng tarqalgan monetizatsiya sxemalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
O’z sayohat turlarini sotishdan keladigan daromadlar;
Turoperator va iste’molchi orasidagi kelishuvga yordam berganlik tufayli keloshuv summasinig ma’lum bir qismi sifatida keladigan daromad; Reklamadan keladigan daromad.
Data Insight agentligining bashoratlariga ko’ra, on layn turizmning Rossiyadagi hajmi 2020 yilga kelib $13-14 milliard dollar miqdorida bo’lishi kutilmoqda ekan (http://top.rbc.ru/technology_and_media). Ozon kompaniyasi ham Ozon.travel deb nomlangan va turizmga ixtisoslashgan yangi kompaniya tashkil qilgan. Niderlandiyada tashkil etilgan Booking.com agregator kompaniyasining qulay servisi turistlarga mehmonxonalarni bron qilishni, sayoxatlar zakaz qilishni, avtomashinalarni ijaraga olishni va boshqa bir qancha hizmatlarni taklif qiladi. Mehmonxonalarni osha kuniyoq zakaz qilishga imkon beradigan servislarga