1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi


Dissotsilanish darajasi — bu ionlarga ajralgan molekulalar
sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir



Download 171,48 Kb.
bet4/7
Sana29.05.2023
Hajmi171,48 Kb.
#945626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi

Dissotsilanish darajasi — bu ionlarga ajralgan molekulalar
sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir:

Elektrolitlar tabiatiga si qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo'linadi. Kuchli elektrolitlar to'liq , kuchsiz elektrolitlar qisman eritmada ionlarga dissotsilanadi. Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi qaytar protsessdir: chunki eritmadagi gidratlangan ionlar to'qnashishi natijasida yana dissosilanmagan molekulalarni xosil kilishi mumkin. Bunday qaytar protsessni molyarlanish deyiladi. Elektrolitik dissotsilanish protsessi kinetik muvozanat qaror topganda, ya'ni dissotsilanish tezligi molyarlanish tezligiga teng bo'lganda sodir bo'ladi. Masalan, sirka kislotaning suvli eritmasi uchun bu quyidagicha yoziladi:

CH3COOH  H+ + CH3COO--

Elektrolitlar dissotsilanish darajasi bilan xarakterlanadi.

Elektrolitning dissotsilangan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soniga nisbati dissotsilanish darajasi deb ataladi. Dissosilanish darajasi kasr sonlar bilan yoki foiz hisobida ifodalanadi.
Bunday qaytar protsessni molyarlanish deyiladi. Elektrolitik dissosilanish prosessi kinetik muvozanat qaror topganda, ya'ni dissotsilanish tezligi molyarlanish tezligiga teng bo'lganda sodir bo'ladi. Masalan, sirka kislotaning suvli eritmasi uchun bu quyidagicha yoziladi:
CH3COOH  H+ + CH3COO--
Elektrolitlar dissosilanish darajasi bilan xarakterlanadi.
Elektrolitning dissotsilangan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soniga nisbati dissotsilanish darajasi deb ataladi. Dissosilanish darajasi kasr sonlar bilan yoki foiz hisobida ifodalanadi.
Kuchli elektrolitlarga dissotsilanish darajasi 0.3 yoki 30% dan yuqori, kuchsiz elektrolitlarga esa dissotsilanish darajasi 0.3 yoki 30% dan past bo'lgan moddalar kiradi. Dissosilanish darajasi konsentrasiyaga bog'liq bo'lib, eritma suyultirilgan sari ortadi. Chunki eritmaning kichik konsentrasiyasida ionlarning to'qnashish extimolligi kamayadi. Dissotsilanish darajasi temperaturaga bog'liq bo'lib, u ko'tarilishi bilan ortadi, chunki bu xolatda molekuladagi boglanishlar kuchsizlanadi. Kuchli elektrolitlarga kuchli asos, kuchli kislota va tuzlar; kuchsiz elektrolitlarga esa kuchsiz kislota, kuchsiz asoslar va barcha organik kislotalar misol bo’la oladi. Elektrolitlarning dissotsilanish darajasi (a) ni izotonik koeffisiyenti (i) yordamida quyidagi tenglama asosida xisoblash mumkin:

bu yerda n - eritmadagi umumiy ionlar soni.
Masalan, CaCl2 tuzi eritmada 1 ta Ca2+ ioniga va 2 ta CLioniga dissosilanadi, demak bu eritmada umumiy ionlar soni (n) 3 ga teng.
Ko'p negizli kislotalar, asoslar, tuzlar boskich bilan dissosilanadi. Masalan, H3PO4 uch bosqichda quyidagicha (uch negizli bulgani uchun) ionlarga dissosilanadi:

H3PO4 = H++ H2PO4 I-bosqich (a=24%)

H2PO4 = H++ HPO4 II-bosqich (a=0.11%)

HPO4 = H++ PO4 III-bosqich (a=0.001%)

Dissotsilanishning birinchi bosqichi kuchli boradi, ikkinchisi kuchsizroq, uchinchi bosqich esa juda kam kuchsiz bo’ladi. Neytral H3PO4 molekuladan vodorod ionini ajratib olish manfiy zaryadlangan H2PO4 ioniga nisbatan oson, HPO4 ionidan esa H ionini ajratib olish qiyinroqdir.Ko’p negizli kislotalar kabi, ikki va undan ortiq valentli metallarning asoslari xam boskichli dissosilanadi. Masalan, Mg(OH)ning dissosilanishi quyidagicha bo’ladi:

Mg(OH) MgOH+ + OHI - bosqich

MgOH+  Mg2+ + OHII- bosqich

Ko’p negizli kislota va yuqori valentli metall asoslarining bosqtichli dissosilanishi nordon va asosli tuzlar xosil bo’lishini ko’rsatadi.


Asosni neytrallash uchun kam miqdorda kislota olingan bo’lsa, asosning bir qism gidroksidi kislota qoldig’iga almashadi, bunda xosil bo’lgan tuz tarkibida suv qoldig’i bo’lib, u asosli tuz xosil qiladi. Masalan,

AL(OH)+ H2SO4 = AL(OH)SO4 + 2H2O

Bi(OH)+ HNO3 = Bi(OH)NO3 + H2O
Agar asosdan kam mikdorda olingan bo’lsa, tarkibida metallga almashmagan kislotaning vodorodi bo’lgan nordon tuz xosil bulishi mumkin. Masalan:
H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O
Amfoter elektrolitlar. Suvda kam eriydigan metallarning kup
gidroksidlari kislotali muxitda asos kabi, asosli muxitda esa kislota kabi reaksiyaga kirishadi.

Bunday molekulalar ikki xil: xam kislota, xam asos kabi dissosilanishi mumkin. Masalan, Zn(OH)molekulasi xam asos (I), xam kislota (II) kabi dissosilanadi:

(I) ZnOH+ + ONZn(OH)H+ +HZnO2(II)

Zn2+ + ONH+ +ZnO22-

Kislota ishtirokida, ya'ni H+ ionlari ortikcha bulganda dissosilanish II tipda bormay I buyicha boradi, ishkor ishtirokida OHionlar ortikcha bulganda I tip buyicha dissosilanish tuxtab, ionlarga parchalanish II tip buyicha boradi.

Kuchsiz elektrolit eritmalariga xuddi gomogen sistema muvozanatidagi kabi massalar ta'sir konunini qo’llash va muvozanat konstantasi uchun ifoda yozish mumkin. Masalan, sirka kislotaning eritmasida ionli muvozanat quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:


CH3COOH  CH3COO+ H+
Muvozanat konstantasi quyidagi ko’rinishga ega:

Bu yerda K- dissotsilanish konstantasi deyiladi. U temperaturaga bog’liq bo’lib, eritmaning konsentrasiyasiga bog’liq emas. Bunday qonuniyat kuchli elektrolit eritmalarida kuzatilmaydi. (ularda K konsentrasiya va temperatura o’zgarishi bilan o’zgaradi.)
Elektrolitik dissosilanish darajasi eritma konsentrasiyasi bilan o’zgarganligi uchun kislota va asoslarning kuchini dissosilanish konstantasi bilan xarakterlash qabul kilingan. Bu konstanta kanchalik kichik bulsa, elektrolit shunchalik kuchsiz bo’ladi. Masalan, sirka kislota (K=1.76.10-5) chumoli kislotadan (K=1.8.10-4) 10 marta kuchsizdir: sianid kislotadan (K=4.79.10-10) esa 2600 marta kuchlidir.
Eritma konsentrasiyasi (C), dissosilanish darajasi (a) va dissosilanish konstantasi (K) bir-biri bilan Ostvaldning suyultirish qonuni orqali bog’langanligiga asoslanib, ni xisoblash mumkin.K=C*  bu tenglama Ostvaldning suyultirish qonunining formulasi .Bu tenglama orqali (agar K ma'lum bo'lsa ) tirli konsentratsiyalar uchun dissotsiyalanish darajasini hisoblab chiqarish mumkin.

Download 171,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish