1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri



Download 85,5 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi85,5 Kb.
#36925
Bog'liq
elektr bilan bajar

ELEKTR BILAN BAJARILADIGAN TAJRIBALARDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI VA FAVQULODDA KO`RILADIGAN CHORA-TADBIRLAR

Reja:
1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri.



2. Ellektr tokidan saqlanish.

3. Statik elektrdan saqlanish choralari.

4. Bino va inshootlarni yashindan himoyalash.

5. Korxonalarida elektr kurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy koidalari hamda talablari.

6. Elektr kurilmalarida qo’llaniladigan himoya vositalari.
Elektr tokning inson organizmiga ta’siri.

Elektr toki organizm orqali o’tganda issiklik, elektrolitik va biologik ta’sir ko’rsatadi.

Issiklik ta’siri badanning ayrim joylarining kuyishi, kon tomirlari, asab va boshka to’qimalarning kizishi bilan xarakterlanadi.

Elektrolitik ta’sir konning va boshka organiq suyukliklarning ko’rinishiga va ularning fizik-ximik tarkibining buzilishiga olib keladi.

Elektr tokidan olingan jaroxatlarini shartli ravishda maxaliy va umumiy turlarga bo’lish mumkin. Umumiy to’rini odatda tok urishi deyiladi. Maxaliy turlari organizmining ma’lum qismini elektr toki yoki elektr yoyi ta’sirida shikastlanishidir.

Elektr tokidan kuyish balandan tok o’tganda hamda elektr yoyi ta’sirida bo’lishi mumkin. Birinchi xolatda jaroxat nisbatan yengil o’tadi. Bunda terining kizarishi, pufakchalar paydo bo’lishi kuzatiladi. Elektr yoyi ta’sirida bo’lgan kuyish odatda ancha ogir xarakterga ega bo’ladi.

Elektroftalmiya-elektr yoyidan chiqadigan kuchli ultrabinafsha nurlar okimining kuzga ta’siri natijasida tashki pardasining yallaglanishdir. Odatda kasallik bir necha kun davom etadi. Kuzning muguz pardasi jaroxatlaganda davolash murakkablashadi va uzoq davom etadi.

Tokining biologik ta’siri organizmining tirik to’qimalari yalliglanishi va asabiylash ishida namoyon bo’ladi. Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va upka mushaklari ixtiyorsiz ravishda tortishib koladi. Natijada organizmda xar xil buzilishlar ruy berishi, masalan, nafas olish va kon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto batamom tuxtab kolishi mumkin.

Elektr toki ta’sirining bu turlari shikastlanishning ikki to’rini keltirib chiqaradi: elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi.

Elektr toki shikastlanishi - bu, elektr toki yoyi ta’sir etishi natijasida organizmining ayrim joylaridagi to’qimalarning yakkol shikastlanishiir. Elektr toki shikastlanishning kuyidagi turlari bilan farklanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari, terining metallanishi va mexaniq shikastlanishlar.

Elektr izlari tok ta’sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko’rinib turadigan kulrang yoki och sarik rangdagi doglardir. Izlar, tirnalishlar, kichik jaroxatlar, kesiklar yoki latlar ko’rinishida bo’ladi. Terining shikastlangan qismi kadok singari kattiklashib koladi. Terining metallanishi - elektr yoyi ta’sirida erigan metall mayda zarralari terining ustki katlamiga kirib kolishidir.

Bu xodisa, masalan, kiska to’tashuvlarda, kuchlanish ostida bo’lgan ajratgich va rubilniklarni tarmokdan uzayotganda ruy beradi.

Mexaniq shikastlanishlar odam orqali o’tayotgan tok ta’sirida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib kolishi okibatida yuz beradi. Natijada teri, kon tomirlari va asab to’qimalari uzilishi, shuningdek, buginlar chiqishi va xatto suyaklar sinishi mumkin.

Elektr toki o’rinishi deganda, organizm orqali elektr toki o’tganida tirik to’qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib kolishi tushiniladi.

Odam organizmiga elektr tokining ta’siri kanday okibatlarga olib kelishiga karab, elektr toki o’rinishi shartli ravishda kuyidagi turt darajaga ajratish mumkin:

I daraja - odamning mushaklari tortishib koladi, ammo u xushidan ketmaydi;

II daraja - odamning mushaklari tortishib koladi, u xushidan ketadi, lekin u nafas oladi a yuragi ishlaydi;

III daraja - odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas olishi buziladi (yoki ikkalovi barvar ruy beradi);

IV daraja - klinik ulim yuz beradi, ya’ni nafas olish va kon aylanishi tuxtaydi.

Klinik (o’tkinchi) ulim xayot bilan ulim urtasidagi xolat bulib, yurak va upka ishlashdan tuxtagan paytdan boshlanadi. Klinik ulim xolatida bo’lgan odamda xech kanday belgilari bo’lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamayli, ogrikni sezmaydi, kuz korachigi kengayadi va yorug’likni sezmaydi. Ammo bu davrda organizmda xayot xali bo’tunlay sunmagan bo’ladi, chunki uning to’qimalari darrov ulmaydi va turli a’zolar xali ishlab turadi. Garchi bu jarayon endi juda sust, odatdagi ravishda kechsa-da, ammo eng kichik xayot faoliyati uchun yetarli bo’ladi.

Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo’lgan bosh miya kobigining xujayralari ula boshlaydi. Ong va taffakur ana shu xujjayralarning faoliyatiga boglik. Shu sababli klinik ulimning davom etish vaqti yurakning ishlashi va nafas olish tuxtagan paytdan to bosh miya xujayralari ula boshlaydigan paytga kadar o’tadigan vaqt bilan aniqlanadi. Kup xollarda bu vaqt 4-6 mino’t, soglom kishilarda tosodifan elektr toki urishi natijasida ulganda esa 7-8 mino’tni tashkil etadi.

Biologik (xakikiy) ulim kaytarib bo’lmaydigan xodisa bulib,bunda organizm xujayralari va to’qimalarida biologik jarayonlar tuxtaydi.



Ellektr tokidan saqlanish.

To’qimachilik paxta, ipakchilik va yengil sanoat korxonalarning barcha sexlari xavfliligi yukori bo’lgan xonalarga yoki o’ta xavfli xonalarga mansubdir, chunki qo’llaniladigan elektr uskunalarining, yoritgichlarning, signal beruvchi uskunalarning qismlari yukori xarorat, yukori namlik sharoitlarida ishlaydi. Buning natijasida simlarning ixotasi buziladi, qarshilishi kamayadi, kobiklariga tok o’tish xavfi ortadi va pirovard natijada mashinalarni boshkaruvchi va sexdagi boshka ishchilarning shikastlanish extimoli ortadi.

Tokdan saqlanish uchun uskunalarning tok yuruvchi qismlariga yakin kelmasligi, kul tegizmasligi, bexosdan tegib ketmasligi kerak. Kobik va boshka metall qismlarda tok paydo bo’lganda, xavfni oldini ola bilishi, past kuchlanishda ishlashi, ikki kayta ixotalash, yerga ulash, (zazemleniye), nol simiga ulashni (zanuleniye), himoyalovchi o’chirib kuygichlarni (zashitnoye otklyucheniye) qo’llash bilan erishiladi.

Elektr uskunalarining tok yuruvchi qismlariga bexosdan tegib ketmaslik uchun ularni ixotalash, kul yetmaydigan balandlikka o’rnatish, tuskichlar bilan ta’minlash va boshka tadbirlarni qo’llash kerakdir.

Bundan tashkari o’ta xavfli sharoitlarda, metall idishlarning ichida ishlayotganda, tok o’tkazuvchi polda o’tirib yoki yotib ishlayotganda kul asboblari uchun past kuchlanish -12 V kabul qilinadi.

Himoyalovchi yerga ulash. Mashina va dastgoxlarning tok yurmaydigan metall qismlarini aytalab o’tkazgich yordamida yerga ulab kuyiladi. Bundan maksad kobikka o’tib ketganda u mashinani boshkaruvchi ishchini bexosdan tegib ketgan maxalda tok urishdan saqlashdir.

Himoyalovchi yerga ulash kurilmalari ikki xil: tashkariga chiqarilgan (yoki bir yerga tuplangan) va konturli (yoki bir tekis taksimlangan) bo’ladi. Tashkariga chiqarilgan kurilmalarda kupincha ulovchi asbob-uskunalar turgan sexdan tashkariga chiqarib ma’lum bir maydonchaga tuplanib o’rnatiladi.

Yerga ulashning bu turi asosan kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan kurilmalarda ishlatiladi. Buning afzalligi shundaki, elektrod vazifasini bajaruvchi koziklarni yerga kokish uchun qarshiligi kam bo’lgan (nam, serloy va sh.u.) yerlarni tanlash imkoni bor.

Konturli yerga ulashda yakka ulovchilar asbob-uskunalar o’rnatilgan sex konturi (perimetri) buylab bir tekis qilib joylashtiriladi. Bunda xavfsizlik kuchlanishining ulovchilar orasida bir tekis taksimlanishi hisobiga erishiladi ( rasm ).

Yerga ulovchilar sun’iy hamda tabiiy bo’lishi mukin. Tabiiy ulovchilar vazifasini yer ostiga o’rnatilgan vodoprovod, artezian va boshka kuduklarining metall kuvurlarini bino va inshootlarning yer bilan birlashgan temirbeton va metall konstruksiyalari, yer ostidan o’tgan kabellarning kurgoshi kobiklari o’tashi mumkin. Tabiiy yerga ulovchilar krshiligi kam bo’lganligi uchun qo’llash foydalidir, lekin ularning jiddiy kamchiliklarni xam bor. Sozlash ishlari va shunga uxshash paytlarda ulovchining uzluksiz bo’lmasligi va kupchilikning bu kuvurlarga bemalol tega olishi, ulardan xavfsiramasligi natijasida shikastlanish extimoli borligidir.

Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan uskunalarda himoyalovchi yerga ulovchining qarshiligining yilning xoxlagan paytida 4 Om dan oshmasligi kerak.

Ochik joylarida, xavfliligi yukori hamda o’ta xavfli xonalarda o’rnatilgan elektr uskunalari kuchlanishning kiymati 42 V dan katta, xavfliligi kam bo’lgan xonalarda esa 380 V va undan yukori bo’lgan barcha xollarda yerga ulanishi shart. Portlash xavfi bo’lgan xonalarga kuchlanish mikdoridan kat’i nazar barcha xollarda elektr uskunalari yerga ulanadi.

Himoyalovchi nol simiga ulash. Mashina va dastgoxlarning tok yurmaydigan metall qismlarini ataylab o’tkazgich yordamida himoyalovchi nol simiga ulab kuyiladi.

Himoyalovchi nol simiga ulanishi qo’llashda maksad xam yerga ulashni qo’llash kabi ixotasining buzilishi natijasida kobikka tok o’tib ketgan chokda shikastlanish xavfini kamaytirishdir. Ixotaning buzilishi natijasida elektrodvigatelning 1 ( rasm ) kobigiga tok o’tib ketadi. Bunda buzilgan faza bilan nol orasida kiska to’tashuv xosil bo’ladi, saqlagich kuyadi va buzilgan faza avtomatik ravishda tarmokdan uziladi.

Nol simining yerga ulanishi juda ishonchli bo’lishi kerak. Unga zanjiri ajratuvchi uskuna va apparatlarni ulash mumkin emas. Ularning uzilib ketmasligi uchun transformator oldida, tarmoklanish yerlarida va albatta zanjirining oxirgi punktlarida yerga ulab kuyiladi.

Kishini tokdan shikastlanishi xavfi tugilganda zudlik bilan avtomatik ravishda elektr uskunasini tokdan uzib kuyuvchi kurilmalar ishlatiladi. Bu kurilma himoyalovchi yerga ulash va nol simiga ulashlar xavfsizlikni ta’minlay olmagan xollarda ishlatiladi. rasmda shunday sxemalarning eng oddiylaridan biri keltirilgan. Bunday kurilmalar askariyat xollarda kuchma uskunalarda qo’llaniladi.

Ixotaning buzilishi yoki boshka sabablar tufayli dvigatel kobiga tok o’tganda, yerga ulovchi orqali yerga o’tib ketayotgan tok, tok relsi TR ni ishlatadi. U esa uz navbatida uzib kuyuvchi galtak UG ni ishlatadi, unning uramlarida tok paydo bulgach, avtomatik ravishda elektrodvigatelni zanjirdan uzib kuyadi.

Statik elektrdan saqlanish choralari.

Elektrostatik zaryadlar dielektrik materiallarning ishkalanishi, kuvurlardan yengil yonuvchi suyukliklarning okishi hamda paxta tolalarni va tayyor maxsulotlarni transportirovka qilish vaqtida paydo bo’ladi.

To’qimachilik paxta, ipak va yengil sanoatida elektrostatik zaryadlarning roli sezilarlidir. Paxta yoki ayniksa sun’iy tolalar bilan ishlaganda statik elektr zaryadlari kup xosil bo’ladi. Bu zaryadlarning yigilish intensivligi ishkalovchi materillarning turiga, kontakt maydoniga, atrof-muxit havosining nam-kurukligiga, ishkalanayotgan materiallarning solishtirma qarshiligiga va boshka sabablarga boglikdir.

Ishklanish natijasida xosil bo’ladigan elektrostatik zaryadlar katta mikdorlardagi kuchlanishlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan: sun’iy tolalardan tukilgan poyondoz, oyok kiyimlarga ishklanishi natijasida kun oxiriga kelib 15-20 kV gacha, sun’iy tolalardan yasalgan ayollar pustini kuni bilan kiylganda ishklanishi natijasida 15-16 kV gacha potensiallar ayirmasi xosil qilishi mumkin. Bu katta mikdordagi kuchlanishlar tok kuchi va energiya juda oz mikdorda bo’lganligi uchun kishiga katta zarar yetkaza olmaydi, lekin u kishiga noxush ta’sir qilishi, gayriixtiyoriy xarakatlarga olib kelishi mumkin. Bular esa kishini biror yerini urib olishi, ishlab turgan mashinaga yiqilib tushish va boshka xavflarni tugdiradi.

Texnologik jarayonda sintetik tolalar uzaro va mashina qismlariga ishklanishi natijasida statik elektr zaryadlari tuplanib, ular razryadlanganda uchkun paydo bo’ladi va yengin chiqish xavfini tugdiradi.

Kishiga uzoq vaqt elektrostatik zaryadlarning ta’sir qilishi ogir kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Bulardan tashkari elektrostatik zaryadlar to’qimachilik sanoatida texnologik jarayonning barcha o’timlarda kushimcha kiynchiliklar tugdiradi.

Tarash mashinasidan chikayotgan taram, mualifning tadkikotlariga binoan, 1500-1800 V gacha musbat zaryadlanar ekan. Bunda zaryadlar taramning eni bo’yicha bir xil taksimlanmagan, ayni paytda taram urtasida potensiallar ayramasi 1800 V bulsa, uning chetlarida 1000-1100 V bo’lishi aniqlagan. Sexda nisbiy namlikning kamayishi, taram chetlarining xurpayishiga, paxmoklanishiga, o’tasining ko’tarilishi va xato uzunasi buylab yirtilishiga olib keladi. Bu kungilsiz xodisalar bir xil zaryadlangan tolalarning bir-biridan itarilishi natijasida ruy beradi.



Bino va inshootlarni yashindan himoyalash.

Momakaldirok vaqtida 150 mV gacha kuchlanishga, 200 kA gacha tok kuchiga va 600......30 0000S xaroratga ega bo’lgan atmosfera elektri zaryadlari portlash va yong’inlarni keltirib chiqarishi, yer ustidagi obyektlarni vayron qilishi mumkin. Yashin ta’siri bevosita zarb ko’rinishida xam, elektromagnit va elektrostatik induksiya ko’rinishida xam bo’lishi mumkin.

Xamma bino va inshootlar yashidan himoyalanish darajasiga kura uch toifaga ajratiladi. Ularning toifasi yengin va portlash jixatdan xavfligiga, o’tga chidamligi, shunigdek, ular joylashgan geografik noxiyada yashin kup yoki kam bo’lishiga karab belgilanadi. I toifaga V- I va V-II sinf binolari tashki texnologik uskunalarga kiradi. Bu binolarda havo bilan kushilib portlash jixatdan xavfli aralashmalar xosil kiladigan gazlar, buglar va chang chiqadi.

jadval

Turli sinflardagi obyektlar uchun yashidan himoyalagich toifasi.

Tartib rakami

Bino va inshootlar

Obyekt joylashgan yer

Yashindan himoyalagichning toifasi

1

Ushbu sinflardagi binolar :

V-I va V-II

V-Ia, V-16, V-Pa

II-I, II-II va II-Pa



O’zbekistonning bo’tun xududida bir yil mobaynida urtacha 10 soat va bundan kup yashin bo’ladigan yerlarda.

Bir yil mobaynida urtacha 20 soat va bundan kup yakin bo’ladigan yerlarda.


I
II

III


2

Kuyidagi sinflardagi tashki texnologik kurilmalar va ochik ombrxonalar:

I-I g
II-III



O’zbekistonning bo’tun xududida.

Bir yil mobaynida urtacha 20 soat va bundan kup yashin bo’ladigan yerlar.



II
III

3

O’tga chidamlik darajasi III, IV, V bo’lgan, portlash va yengin jixatdan xavflilar katoriga kiritiladigan ishlab chiqarishlari bo’lmagan bino va inshootlar

Shuning uzi


III


II toifaga V-I va V-II sinf binolari tashki texnologik uskunalar hamda V-I sinf omborxonalari kiradi.

III toifaga II-I, II-II, II-III sinf binolari kiradi. Bu binolarda yonuvchi kattik va suyuk moddalar, chang bo’ladi. Bularga ochik omborxonalar to’tun kuvurlari, suv minoralari, 15 m dan baland vishkalar, jamoat va turarjoy binolari, kasalxonalar, bolalar muassasalari, kinoteatrlar kiradi.

Yashindan himoyanlamagan bino va inshootlarning bir ylda yashindan zararlanish mikdori ushbu formuladan aniqlanadi:

A=(S+6N)(L+6N)P10-6,
bu yerda: S, L,H - mos ravishda himoyalanayotgan binoning uzunligi, eni, buyi, m; n- bino joylashgan yerning 1 m2 sirtiga to’g’ri keladigan urtacha yashin urishlari soni.

Xamma ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar, shuningdek, tez alanga oladigan yonuvchi ashyo hamda xom ashyolar saqlanadigan omborxonalar 18- jadvaldagi ma’lumotlar asosida yong’indan himoyalagichlar bilan jixozlanishi kerak.

I va II toifalardagi obyektlar bevosita yashin urishidan va yer ustidagi metall kommunikatsiyalar orqali yukori potensiallar kirishidan, korpusi temir- betondan ishlangan kurilmalar, elektrostatik induksiyadan xam himoyalanadi.

Pilla tortish va ipak yigirish korxonalarining barcha asosiy va yordamchi binolari III toifaga kiradi. Tez alanga oladigan va yonuvchan moddalar, sikinlgan gazli balonlar saqlanadigan omborxonalar, tukish estakadalari II toifadagi obyektlarga taalluklidir. Bino va inshootlar bevosita yashin urishidan yashin kaytargichlar yordamida himoyalanadi. Ular yashinni kabul qilib, uning tokini yerga o’tkazib yuboradi.

Yashinkaytargichlar uch turda - sterjenli, trosli va setkali bo’ladi. Ular himoyalanadigan bino yoki inshootdan aloxida joylashgan, ajratilgan yoki ajratilmagan bo’lishi mumkin.

Atmosfera elektridan himoyalanishning eng kup tarkalgan usuli sterjenli yashinkaytargichlar. Sterjenli kush yashinkaytargich birgalikda ishlaydigan va umumiy himoya mintaqasini xosil kiladigan sterjenli ikkita yakka yashinkaytargichdan iborat bo’ladi. Sterjenli kup karrali yashinkaytargich uchta va bundan kup yakka yashinkaytargichdan iborat bulib, ular birgalikda ishlaydi va umumiy himoya mintaqasini xosil kiladi. Agar yashikaytargich himoyalanayotgan bionninng uziga emas, balki uning yakiniga o’rnatilsa, u xolda joylashgan sterjenli yashinkaytargich deyiladi.



Trosli yashinkaytargich himoyalanadigan binoning tepasidan gorizontal vaziyatda tortilib, binodan 5-6 m masofada o’rnatilgan tayanchlarga maxkamlab kuyiladigan bitta yoki bir nechta trosdan tashkil topadi. Setkali yashinkaytargich larda tros urniga setka ishlatiladi.

Yashinkaytargichni kurishda uning himoya mintaqasini aniqlab olish zarur. Balandligi 60 m bo’lgan sterjenli yakka yashinkaytargichlarning himoya mintaqasi xosil keluvchisi sinik chizik ko’rinishidagi konusdan iboratdir. ( rasm ). Konusning asosi =1,5h radiusli doira bo’ladi.

Balandligi 60-100 m bo’lgan sterjenli yakka yashinkaytargichning himoya mintaqasi xam yukoridagidek aniqlanadi, ammo unda konus asosi qilib 90 m radiusli doira olinadi.

60 m dan baland bo’lmagan sterjenli kush yashinkaytargichning himoya mintaqasi rasm tasvirlangan. Sterjenli kush yashinkaytargich urtasidagi himoya mintaqasining balandligi ushbu tenglamadan aniqlanadi:



Sterjenli kup kirrali yashinkaytargichlar o’rnatilganda ularning himoya mintaqasi juft qilib olingan, kush yashinkaytargichlar kabi hisoblanadigan ikkita kushni yakka yashinkaytargichlarning himoya mintaqasi singari aniqlanadi.

Yashinkaytargichlarni o’rnatish uchun fabrika xududidagi xamma baland inshootlar to’tun kuvurlari, minolardan foydalanish mumkin.

Xar bir aloxida joylashgan yashikaytargich yerga ulagichining qarshiligi I va II toifalardagi bino hamda inshootlarni yashidan himoyalash uchun 10 Om dan, III toifdagi bino va inshootlar uchun 20 Om dan oshmasligi lozim.



Korxonalarida elektr kurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy koidalari hamda talablari.

Paxta, yigirish, tukuvchilik, tikuvchilik, trikotaj, pilla tortish va ipak yigirish fabrikalarida elektr kurilmalarini xavfsiz o’rnatish hamda ishlatish koidalari va talablari hamda elektr kurilmalarini ishlatishda istyemolchilar rioya qilishlari kerak bo’lgan xavfsizlik koidalari Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan 1989 y. 12 aprelda tasdiklangan va 1990 y. 1 iyundan kuchga kirgan.

Elektr kurilmalarini o’rnatish koidalariga muvofik barcha xonalar elektr xavflilik darajasiga kura uch toifaga ajratiladi:

1-yu k o r i d a r a j a d a x a v f l i x o n a l a r.

Bunday xonalarda katta xavfni yuzaga keltiruvchi kuyidagi sharoitlardan biri mavjud bo’ladi: zaxlik-nisbiy namligi 75% dan ziyod bo’ladi, tok o’tkazuvchi chang ish vaqtida kup mikdorda simlarga o’tiradi, mashinalar, apparatlar va shu kabilar ichiga kirib koladi; tok o’tkazuvchi metall, tuprok, temir-beton pollari; yukori xarorat, xarorati +300S va xarorati +350S dan ziyod bo’ladigan xonalar; odamning bir vaqtining uzida, yerga ulangan metall konstruksiyalar, texnologik uskunalar mexanizmlarga va uskunalarining metall korpuslariga tegib ketish extimoli;

2- u t a x a v f l i x o n a l a r. Bunday xonalarda ushbu sharoitlardan biri mavjud bo’ladi: o’ta zaxlik xona nisbiy namligi 100% ga yakin; kimyoviy aktiv muxit; yukori darajada xavfli xonalarga xos bo’lgan ikki yoki bundan ortik sharoitlarining bir vaqtda mavjud bo’lishi;

3- yu k o r i d a r a j a d a x a v f l i b u l m a g a n x o n a l a r. Bunday xonalarada yukori darajadagi yoki o’ta yukori darajadagi xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar bo’lmaydi.

Xonalarning ana shu turlariga va elektr kurilmalarini o’rnatish koidalariga muvofik elektr uskunalari shuning uchun to’g’ri tanlanadi hamda elektr kurilmalariga xavfsiz xizmat ko’rsatish tadbirlari ishlab chikiladi. Masalan: pilla tortish va ipak yigirish fabrikalarining pillalarni saralash, pilla tortish, yigirish sexlari hamda ivitish xonalari yukori darajada xavfli xonalar guruxiga kiradi.

Ishlab chiqarish sharoitida kupincha kuchma elektr asboblar ishlatiladi. Ulardan foydalanishda kuyidagi xavfsizlik koidalariga amal qilish zarur:

-kuchlanish 42 V dan katta bo’lganda elektr asbobni yerga ulab kuyish lozim;

-elektr asbobni ishlata boshlashdan oldin ta’minlovchi simining izolyatsiyasini obdan tekshirish kerak;

-foydalanish xukuki bo’lmagan kishilarni elektr asbob bilan ishlashga kuyish kat’iyan man etiladi;

-elektr asbob uz-uzidan ishlab ketadigan va uchib koladigan bo’lmasligi, ishlatishga xavfsiz bo’lishi, uning tok o’tkazuvchi qismlariga tasodifan tegib ketish extimoli bo’lmasligi zarur.

Elektr uskunalari bilan bajariladigan ishlarni tashkil qilishda ularning xavfsizligini oshirish uchun ularga “Ulamang-odamlar ishlayapti!” yozuvli ogoxlantiruvchi plakatlar, muvakkat to’siqlarga “Tuxtang, xayot uchun xavfli!”, “Kuchlanish bor!” yozuvli ogoxlantiruvchi plakatlar osib kuyish shart.

Sanoat korxonasining xududidan o’tkazilgan kabel liniyalari rejali tushirilgan bo’lishi lozim.

Xandakka planirovka belgilasidan 0,7 m chukurlikda, kucha va maydonlar kesishgan joylarda esa 1 m chukurlikda yotkazilgan 20-35 kV kuchlanishli kabellar mexaniq shikastlanishlardan saqlash uchun boshidan-oxirgacha maxsus plitallar koplab himoyalanishi, 20 kV dan kichik kuchlanishli kabellar esa kabellar trassiga nisbatan kundaligiga bir kavat qilib terilgan plitkalar yoki gishtlar bilan himoyalanishi zarur.

Istyemolchilarning elektr kurilmalarini ishlatish koidalarida elektr kurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi xamma kishilarga elektr xavfsizligining asosiy koidalarini ukitish hamda yiliga bir marta elektr kurilmalariga bevosita xizmat ko’rsatadigan yoki ularni yigish-o’rnatish, sozlash va tuzatish ishlarini bajaradigan shaxslar uchun; uch yilda bir marta-yukorida aytilgan guruxga taalukli bo’lmagan muxandis-texnik xodimlarning bilimlarini tekshirib turish kerak.

Elektr kurilmalarida qo’llaniladigan himoya vositalari.

Elektr kurilmalarini ishlatish jarayonida kupincha shunday sharoit yuzaga keladiki, bunda ular xatto juda mukammal bulsa xam, ishlovchilarning xavfsizligini ta’minlay olmaydi va kushimcha himoya vositalaridan foydalanishga to’g’ri keladi.

Himoya vositalarini shartli ravishda uch guruxga: izolyatsiyalovchi, tusuvchi va yordamchi vositalarga bo’lish mumkin.

Izolyatsiyalovchi vositalar odamga tok o’tkazuvchi qismlaridan yoki ulangan qismlardan, shunigdek, yerdan elektr toki o’tmasligini ta’minlaydi. Ular asosiy va yordamchi vositalarga bulinadi.

Asosiy izolyatsiyalovchi himoya vositalari uzoq vaqt mobaynida elektr kurilmasining kuchlanishga chidash xossasiga ega, shu sababli ular vositasida kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tegishi mumkin. Ularga kuyidagilar kiradi:

-kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan elektr kurilmalarida -elektr o’tkazmaydigan rezina kulkoklar, dastasi izolyatsiyalangan asboblar va tok izlagichlar;

-1000 V dan yukori kuchlanishli elektr kurilmalarida-izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi va tok ulchash ombirlari, shunigdek, yukori kuchlanishni ko’rsatkichlar.

Kushimcha izolyatsiyalovchi himoya vositalariga kuyidagilar kiradi:

-kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan kurilmalarda -izolyalovchi poyandozlar va tagliklar;

-kuchlanish 1000 V dan katta bo’lgan kurilmalarda-botiklar va tok o’tkazmaydigan kulkoplar.

Izolyatsiyalovchi shtangalar bir ko’tbli ajratgichlarni uzib kuyish va ulashga mo’ljalangan.

Izolyatsiyalovchi ombirlardan kuchlanishi ostida bo’lgan naychasimon saqlagichlar bilan ishlashda va xokazoklarda foydalaniladi.

Tok ulchash ombiri kuchma asbob bulib, u simdan, shinadan va shu kabilardan o’tayotgan tokni elektr zanjirini tarmokdan uzmasdan ulchash uchun ishlatiladi.

Yukori kuchlanishli ko’rsatgich. 1000 V dan yukori kuchlanishli elektr kurilmalarining tok o’tkazuvchi qismlarida kuchlanish borligi yoki yukligini aniqlashda foydalaniladi. Bunday tekshiruv, masalan, uzib kuyilgan tok o’tkazuvchi qismlarda ishni boshlashdan oldin albatta o’tkazilishi lozim.

Tok izlagichlarning xam vazifasi yukori kuchlanishli ko’rsatkichniki kabidir, ammo ular kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan elektr kurilmalarida qo’llaniladi.

Rezinadan tayyorlangan tok o’tkazmaydigan himoya vositalari - kulpoklar, botiklar, kalishlar va poyandozlar asosiy himoya vositalari yordamida bajariladigan ishlarda kushimcha himoya vositalari sifatida ishlatiladi

rasm. Bundan tashkari, kulpoklarda 1000 V gacha kuchlanish ostida ishlayotganda, shunigdek ajratkichlar, uzgichlar bilan boglik ishlarda foydalaniladi. Elektr o’tkazmaydigan kalish va botiklardan kuchlanishdan himoyalovchi vosita sifatida xam foydalaniladi.



Elektr o’tkazmaydigan kulkop, kalish, botik va poyandozlar elektr o’tkazmaydigan maxsus rezinadan tayyorlanadi hamda elektr ta’siriga juda chidamli bo’ladi. Izolyatsiyalovchi tagliklar, taxta tushama va chinni oyokchalardan tashkil topadi. Elektr o’tkazmaydigan poyandozlar kabi tagliklar xam elektr kurilmalari bilan boglik turli ishlarni bajarishda izolyatsiyalovchi ashyo sifatida ishlatiladi. Ular zax xonalarda qo’llaniladi. Asosiy va kushimcha himoya vositalari xamma ishlarida birgalikda ishlatilishi kerak. Elektr kurilmalariga xizmat ko’rsatishda ishlatiladigan himoya vositalari vaqt-vaqtida elektr mustaxkamlikka, ayrim xollarda esa mexaniq mustaxkamlikka xam albatta sinab turilishi darkor. Izolyatsiyalovchi vositalarni elektr va mexaniq mustaxkamlikka sinash meyorlari hamda muddatlari 19-jadvalda keltirilgan.

jadval

Himoya vositalarini sinash meyorlari va muddatlari

Himoya vositalari

Elektr kurilmasining kuchlanishi, kV

Davriy sinovlarni o’tkazish mudatlari

Davriy qo’riqlarni o’tkazish muddatlari

Izolyatsiyalovchi shtangalar

110 dan kichik

2 yilda 1 marta

1 yilda 1 marta

Izolyatsiyalovchi ombirlar

1-35 gacha

Shuning uzi

Shuning uzi

Shuning uzi

1 gacha

-

-

Izolyatsiyalovchi dastali asboblar

Shuning uzi

1 yilda 1 marta

Ishlatishdan oldin

Elektr o’tkazmaydigan rezina kulpoklar

-

6 oyda 1 marta

Shuning uzi

Elektr o’tkazmaydigan rezina botiklar

Istalgan

3 yilda 1 marta

6 oyda 1 marta

Elektr o’tkazmaydigan rezina kalishlar

1 gacha

1 yilda 1 marta

Shuning uzi

Elektr o’tkazmaydigan rezina poyandozlar

Shuning uzi

1 yilda 2 marta

1 yilda 1 marta

Shuning uzi

1 dan katta

Shuning uzi

Shuning uzi



Eletr tokidan shikastlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish.
Xozirgi zamon tibbiyoti elektr tokidan shikastlanganlarga samarali yordam ko’rsatish uchun, shu jumladan, tok ta’siridan ulganlarni tiriltirish uchun kuplab mukammal vositalarga ega. Ammo elektr kurilmalarida ishlaydigan xar bir kishi to tibbiyot xodimlari yetib kelgunlariga kadar, elektr tokidan shikastlangan odamga birinchi yordam ko’rsatishni bilishi kerak.

Kungilsiz xodisa yuz berganda ko’rsatiladigan birinchi yordam ikki boskichdan: shikastlangan tok ta’siridan xalos qilish va unga tibbiy yordam ko’rsatishdan iborat. Ammo unda xayot alomatlari sezilmasa nafas olmayotgan, yuragi, kon tomiri urmayotgan bulsa xam yerdam ko’rsataverish kerak, chunki klinik ulim bir necha mino’t davom etadi. Shu vaqt ichida unga yerdam ko’rsatishga ulgurish lozim.

Shikastlangan odamni tok ta’siridan bir necha usullar bilan xalos qilish mumkin. Eng oddiy usul -elektr kurilmasining tegishli qismlarini elektr tarmog’idan uzib kuyish. Agar buni tezda amalga oshirishning imkoni bo’lmasa, u xolda simlarni kesib tashlash (kuchlanish 1000 V dan oshmaganda rasm).

Bu xollarda yordam ko’rsatayotgan kishi simlarni dastasi tok o’tkazmaydigan asbob bilan yoki elektr o’tkazmaydigan kulkop kiyib uzishi, bunda xar kaysi simni aloxida-aloxida kesish kerak. Tok urgan odamga tegib turgan simni olib tashlash uchun tok o’tkazmaydigan kuruk yogoch, tayek, taxta va boshka narsalardan foydalanishi mumkin. Kuchlanish 1000 V dan katta bo’lganda bu maksadda elektr o’tkazmaydigan kulkop, botikdan, zarur xollarda esa izolyatsiyalovchi shtanga yoki ombirdan foydalanish kerak. Shikastlangan kishini elektr ta’siridan xalos etganda sung unga usha joyning uzida darxol yordam ko’rsatish zarur.

Agar tok urgan odam xushidan ketgan bulsa-yu, ammo xali nafas olayotgan bulsa, uni tekis yerga yushmok tushama ustiga kulay tarzda yetkizish, kamarini, tugmalarini yechish, toza havo kelishini ta’minlash, navshadil spirti xidlatish, yuziga suv sepish, badanini ishkalab isitish kerak.

Samarali sun’iy nafas oldirishning bir necha usuli ma’lum. 1-usul “ogizdan ogizga” su’niy nafas oldirish. Bu usulda yerdam ko’rsatayotgan odam uzining upkasidan shikastlangan kishining ogzi orqali uning upkasiga havo yuboradi. Buning uchun chalqancha yetkazilib, ogzi ochiladi. Yerdam ko’rsatayotgan kishi shikastlanganning xikildogini ochish uchun bir kulini uning gardani tagiga va ikkinchi kuli bilan peshonasidan bosgan xolda ( rasm, a) togi buyni bilan bir chizikda joylashgan bulgunga kadar boshini orqaga engashtiradi ( rasm,b). Shundan sung yordam ko’rsatayotgan kishi chukur nafas olib, bermorning ogzi orqali kuch bilan havo puflaydi. Bunda u uzining ogzi bilan uning ogzini to’liq kamrashi va yuzi bilan uning burnini bektirib turishi kerak ( rasm ). Keyin yordam ko’rsatayotgan odam kaddini ko’tarib, yana chukur nafas oladi. Bu vaqtda shikastlanganning kukrak kafasi tushadi va u sust nafas oladi ( rasm ). Bir mino’tda 10-12 marta havo yuborish lozim. Havoni doka dastrumol yoki maxsus naycha orqali puflash kerak.

Tok urgan odam uzi nafas ola boshlagandan keyin xam u to’liq uziga kelguniga kadar ma’lum sun’iy nafas oldirishda davom etish kerak. Bundan maksad organizmda kon aylanishiga yerdam berish va yurakning mustakil ishlashini ta’minlashdir. Yuragini tashki tomondan ukalash uchun shikastlangan odamni kattik yerga (pastak stol, polga) chalqancha yetkazib, kukrak kafasini ochish, kamari, belbogini yechib olish kerak. Yerdam ko’rsatayotgan odam shikastlanganning kukrak suyagi pastki uchdan bir qismining xolatini aniqlaga, ( rasm ) oxirigacha to’g’rilangan bir kul kaftining pastki qismini shu yerga kuyib, uning ustiga to’g’ri burchak ostida bukilgan ikkinchi kulini va bo’tun tanasini kamragan xolda uning kukrak kafasini bosadi. Kukrak kafasini taxminan sekundiga bir marta shunday tez=tez bosish kerakki, bunda kukrak suyangining pastki qismi umurtka tomonga 3-4 sm, semiz odamlarga esa 5-6 sm siljiydigan bulsin. Xar bir bosilgandan sung kukrak kafasi to’g’rilanishi uchun qo’llarni undan ko’tarmagan xolda bushashtirish lozim. Shikastlangan odamning yuragi ishlay boshlaganda ukalashni tuxtatish lozim.



Adabiyotlar


  1. А. Қ. Қудратов Меҳнат муҳофазаси. Тошкент- 1995.

  2. А. К. Кудратов. Охрана окружаюшей среди на предприятиях хлопкоочистительной и шелковой промишленности. «Укитувчи» Тошкент - 1995.

  3. И. Каримов. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли - Т. Ўзбекистон Т.1. 1996 й.

  4. И. Каримов. Ўзбекистон - бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. Т. Ўзбекистон. Т 2.1996 й.

  5. И. Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чу?урлаштириш йўлида. Т.Ўзбекистон. Т З. 1996 й.

  6. И. Каримов. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т. 1997 й.

  7. И. А. Каримов. Ўзбекистон ХХI асрга интилмокда. Т. Ўзбекистон. 1999 й.

  8. А. Қ. Қудратов. Саноат экологияси.Тошкент- 1999.

  9. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент. 8 декабр 1992 й.

  10. Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғисида Ўзбекистон Республикаси қонуни. Тошкент, 6 май 1993 й.

  11. Меҳнат кодекси. Тошкент, 26 май 1996 й.

  12. Қудратов О. Ипакчилик саноатида меҳнат муҳофазаси. Тошкент «Ўзбекистон» 1995 й. 300 б.

Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish