80. Qashqadaryo ekoturistik rayonida qanday paytlarda ekoturlar uyushtirish mumkin?
Qashqadaryo ekoturistik rayoni cho‘l, dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho‘l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog‘ oldi va tog‘li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979-yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo‘lgan, MDH davlatlari ichida yagona «Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi», 1992-yilda tashkil etilgan «Muborak buyurtmaxonasi», 1992-yilda tashkil etilgan «Sechenko‘l buyurtmaxonasi» mavjud.
81. Davlat tabiat yodgorliklari haqida ma’lumot bering.
O‘zbekistonning rang-barang landshafti va tabiiy-iqlim sharoiti tufayli bu yerda tog‘lar va daryolar, cho‘llar va vohalar, tekisliklar va qadimiy shaharlardan iborat juda ko‘p noyob tabiat yodgorliklari mavjud. Bu tabiat yodgorliklarining ko‘pchiligi davlat tomonidan qo‘riqlanayotgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar hududlarida joylashgan.Go‘zal landshaftlar, geologic ob’ektlar, tog‘ massivlari, top-toza ko‘llar, ko‘p asrlik daraxtlari bo‘lgan o‘rmonlar O‘zbekistonning qimmatli tabiat yodgorliklaridir.
Bunday yodgorliklarning ba’zilari juda qadimiy va butun dunyo hamjamiyati uchun, katta madaniy, ma’rifiy va ilmiy ahamiyatga ega. Yo‘qolib borayotgan noyob o‘simliklar va hayvonlar, botanika yodgorliklari, geologic va gidrogeologik ob’ektlar, g‘aroyib rel’eflar, tog‘dagi shakllar, daraxtzor va cho‘llar va boshqa tabiat joylari, shular jumlasidandir.
Noyob tabiat landshaftlari va biologic resurslarni saqlab qolish va tiklash maqsadida, davlat tabiat yodgorliklari tashkil etilgan. Bunday ob’ektlar, ekologlar muxofazasi ostida va u yerlarda o‘simlik va hayvonot dunyosi ekotizimini himoya qilish va ularning barqaror ishlashi uchun choralar ko‘rilmoqda.
82. Ekoturizmni rivojlantirishning Osiyo modelini tushuntiring.
Osiyo modeli hozirgi vaqtda shakllanish bosqichida. Bu modeldagi milliy parklarning faoliyat ko‘rsatishi asosan davlat tasarrufida. Osiyo davlatlari o‘z ichki turizmida ham xalqaro miqyosda rivojlanib borayotgan, tabiat muhofazasida va mahalliy aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim istiqbolli yo‘nalishlarni ta’minlaydigan ekoturizmni rivojlantirishda milliy parklar va alohida muhofazadagi hududlardan foydalanish tizimini yaratishga yoki tadqiq qilishga jiddiy kirishgan emas. Ekoturizmni rivojlantirishdagi Osiyo modeli yuqorida qayd
Qilganimizdek, endigina rivojlanish yo‘lida. Osiyodagi davlatlardan Hindiston, Tayland, Janubiy Koreya, Malayziya, Xitoy va Yaponiya davlatlari ko‘p yillardan beri ekoturizmni rivojlantirib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Ilmiy adabiyotlarda Osiyo davlatlarida milliy parklar va alohida muhofazadagi hududlardan ekoturizmni rivojlantirishga kirishmayotganligining sabablari ham tadqiq qilinmaganligi qayd etilmoqda. Bu holat O‘zbekistonda ham mavjud. Lekin, so‘nggi yillarda alohida muhofazadagi hududlardan ekoturizmda foydalanish Asta-sekinlik bilan va o‘ta hushyorlik bilan oldinga siljiy boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |