63. Ekologik parvarishxonalar faoliyatini yoriting.
Ekologik parvarishxonalar (pitomniklar) – ekologik Parvarishxonalar xalqaro “Qizil kitob” ro‘yxatiga tushgan, butunlay Yo‘qotilish arafasiga kelgan noyob hayvon turlarini saqlab qolish Va ko‘paytirish uchun maxsus tabiiy sharoitlarda hamda maxsus Rejimda davlatlar tomonidan va tabiatni muhofaza qilish xalqaro Tashkilotlari tomonidan tashkil qilinadi. Mamlakatimizda Buxoro Viloyatida xalqaro “Jayron” parvarishxonasi va Toshkent viloyatida “Sayxun tabiat xo‘jaligi” parvarishxona maqomiga tenglashtirilgan Va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro talablar darajasida Faoliyat ko‘rsatmoqda. 1976-yilda respublikada birinchi marta Buxoro viloyatida 5145 ga maydonda jayronlarni boqish bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan pitomnik tashkil qilindi. 1989-yilda pitomnik Noyob hayvon turlarini ko‘paytirish bo‘yicha respublika ilmiyishlab chiqarish markazi – «Jayron» ekomarkaziga aylantirildi va Davlat tabiat qo‘mitasi tarkibiga qo‘shildi.
64.O'zbekistonda maxsus qo'riqxonalarning vujudga kelishi.
Tabiat qo‘riqxonasi maydoni hayvonot va o‘simlik dunyosi Bilan qattiq rejimda qo‘riqlanadi. O‘ziga xos, betakror tabiat Landshaftlari, noyob, yo‘qolib borayotgan hayvon ot turlarini Saqlab qolish va ko‘paytirish maqsadida davlat tomonidan tashkil Qilinadi. Qo‘riqxonalarda inson faoliyati taqiqlanadi. Faqat ilmiytadqiqot ishlarini o‘tkazishga ruxsat berilgan. O‘zbekistonning Davlat qo‘riqxonalari – muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning Eng qat’iy tartibli turi bo‘lib, muayyan o‘simlik, hayvon turlari Va ekotizimlarni himoyalash uchun tashkil qilingan, doimiy Amal qiladigan muhofaza etiladigan zonalar hisoblanadi. Qo‘riqxonalarda har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan (nazorat Etiladigan ilmiy tadqiqotlar bundan mustasno). Qo‘riqxonalar Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) muhofaza etiladigan zonalari tasnifining I toifasiga To‘g‘ri keladi. Respublika qo‘riqxonalarida «Qizil kitob»ga Kirgan ko‘plab hayvon turlari: xongul, morxo‘r, Seversov Qo‘yi, ko‘k sug‘ur, Turkiston silovsini, yirik yirtqich qushlar, Hasharotlar muhofaza qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida 9 ta davlat tabiat qo‘riqxonasi va 10 ta davlat buyurtmasi (zakaznik) tashkil qilingan48 (4-jadval). Bu qo‘riqxonalar vatanimizda ekoturizmni rivojlantirishda asosiy Ekoturistik obyektlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida Quyidagi qo‘riqxonalar mavjud: Chotqol; Baday-to‘qay; Hisor; Zomin; Zarafshon; Qizilqum; Nurota; Surxon; Kitob.
Do'stlaringiz bilan baham: |