Zararli kimeviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzish (O’zRJK201-moddasi)
Ushbu jinoyatning ob’ekti atrof muhit va qishloq xo’jaligi manfaatlari, shuningdek, insonning sog’lig’i yoki hayotidir.
Qoidalarning buzilishi deganda qonunda taqiklangan kimyoviy vositalar, dorilarni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarilishiga ruxsat berilgan kimyoviy vositalar va dorilarni belgilangan tartibini buzgan holda ishlab chiqarish tushuniladi.
Zararli kimyoviy modda bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzgan shaxsning harakatlari, bu harakatlar odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parran- dalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og’ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan taqdirda mazkur jinoyatning tarkibini hosil qiladi.
Hayvonot yoki o’simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish
(O’zR JK 202- moddasi)
Mazkur jinoyatning ob’ekti hayvonot yoki o’simlik dunyosini asrash va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan manfaatlardir.
Jinoyatning predmeti yovvoyi va uy hayvonlari, parrandalar, har qanday baliqlar, shuningdek, boshqa turdagi hayvonlar, turli xildagi dorivor, iste’molbop, manzarali o’simliklarning yovvoyi turlari hisoblanadi.
Ovchilik qoidalarini buzish tegishli organlarning maxsus ruxsatisiz ov qilish, belgilanmagan joyda ov qilish, man qilingan vaqtda, taqiqlangan qurollar bilan ov qilish va h.k.da ifodalanadi.
Baliqchilik qoidalarini buzish baliqlarni uvildiriq sochish paytida, taqiqlangan joylarda, qo’riqxonalar xududida, belgilangan normadan ortiq miqdorda ovlash, baliqlarning taqiqlangan zotlarini ovlash kabilarda ifodalanadi.
Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish
(O’zR JK 203- moddasi)
O’zbekiston Respublikasida suv yoki suv havzalaridan foydalanish qoidalarini tartibga soluvchi idoraviy, hujjatlarning butun bir tizimi mavjud. O’zbekiston Respublikasining „Suv va suvdan foydalanish to’g’risida"gi 1993-yil 6- maydagi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1993- yil 3- avgustdagi „O’zbekiston Respublikasida suvdan limitli foydalanishning muvaqqat tartibi to’g’risida"gi 385-qarori; Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan „O’zbekiston Respubli-kasida suvni muhofaza qilish tegralari va magistral kanallar hamda kollektorlar, shuningdek, ichimlik suv ta’minoti, davolash va madaniy sog’lomlashtirish ahamiyatidagi suv manbalari to’g’risida"gi Nizom va boshqa normativ hujjatlar shular jumlasidandir.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish (O’zR JK 204- moddasi)
Ushbu jinoyatping ob’ekti alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning belgilangan tartibidir.
1993 yil 7 mayda O’zbekiston Respublikasining „Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida"gi Qonuni qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra: „Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar - bu erlar va suv kengliklari (akvatoriylar)ning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya-sog’lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlaridir".
Do'stlaringiz bilan baham: |