Ekologik javobgarlik tushunchasi.
Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish
(O’zR JK 193- moddasi)
Ushbu jinoyatning ob’ekti ekologik xavfsizlik, ya’ni qurilish ob’ektlarini ishga tushirish, ulardan foydalanish hamda atrof tabiiy muhitni asrash, er, suv, er osti boylik-lari va shu kabilardan oqilona foydalanish va boshqa faoliyat sohasidagi ijtimoiy munosabatlardir. Inson hayoti, sog’lig’i jinoyatning qo’shimcha ob’ekti bo’lishi mumkin.
Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko’rsatish (O’zR JK 194- moddasi)
Ushbu jinoyatning ob’ekti atrof muhit, flora va faunadir, shuningdek inson sog’lig’i yoki hayoti qo’shimcha ob’ekt bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarni yashirish deganda ekologiyaga salbiy ta’sir ko’rsatgan avariyalar yoki atrof muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam xayoti yoki sog’lig’i uchun xavfli bo’lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni tegishli organlarga, hokimiyat organlariga, aholiga xabar qilmaslik tushunilmog’i darkor.
Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko’rmaslik (O’zR JK 195- moddasi)
Jinoyatning ob’ekti atrof muhit, shuningdek insonning sog’lig’i yoki hayotidir.
Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (O’zR JK 196- moddasi)
1992 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasining „Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida"gi qonuni qabul qilingan bo’lib, u atrof muhitni muhofaza qilishning ko’pgina muammolarini tartibga soladi.
Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish deganda insonning biror-bir ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyati bilan bog’liq holda er, atmosfera havosi, suvning tozaligi bel-gilangan normativlardagidan ortiq hamda ularning odamlar, flora va fauna uchun xavf tug’diradigan darajada o’zgarishi tushuniladi.
Er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish (O’zR JK 197- moddasi)
Ushbu jinoyatning ob’ekti erlardan vazifasiga ko’ra foydalanish qoidalari, atrof muhitdan foydalanishning belgilangan tartibidir. Er — davlat mulki — umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi predmeti hisoblanmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo’yilmaydi, O’zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan Hollar bundan mustasnodir (O’zbekiston Respublikasi Er kodeksining 16-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |