59. Ilmiy bilishning аsоsiy usullаri vа shаkllаri. Tayanch atamalar: Ilmiy bilish tushunchаsi. Kuzаtish.Ekspеrimеnt.Аnаliz vа sintеz. Tаriхiylik vа mаntiqiylik. Induktsiya vа dеduktsiya. Mоdеllаshtirish.Аnаlоgiya.Ilmiy g’оya. Ilmiy fаrаz. (gipоtеzа).Ilmiy nаzаriya.
Ilmiy bilish esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, borliqdagi predmet va hodisalaming qonuniyatlarini, ulaming mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, odatda maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borish asosida amalga oshadi, ya’ni bu ish bilan hamma kishilar emas, balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yollar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli jarayondir. Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Fanlar borliq va uning turli ko'rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to‘g‘risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iboratdir. Ular insonning borliqni bilishi, o‘rganishi va o‘zlashtirishining o'ziga xos nazariy shakllari bo‘lib, o‘zlarida moddiy va ma’naviy omillami birlashtiruvchi ko‘p qirrali ijtimoiy hodisalar.. Fanlaming predmeti, keng ma’noda,insonni qurshab turgan borliq va uning shakllaridir. Shu jihatdan fanlarni ularning predmetlariga ko‘ra, shartli ravishda: tabiatshunoslik, jamiyat- shunoslikva ularning o‘rtasidagi texnikafanlariga bo‘lish mumkin. Tabiatshunoslik fanlari tabiatni bilish, o'zlashtirish va o‘z- gartirish qonunlarini o‘rganadi. Jamiyatshunoslik fanlari esa,ijtimoiy munosabatlami, insonni va uning jamiyatda tutgan o‘rnini, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini 0‘rganadi. Texnika fanlari bo‘lsa, inson tomonidan ixtiro qilingan mashina va mexanizmlar, ularning tuzilishi, qurilishi va ish faoliyatining qonuniyatlarini o'rganuvchi fanlardir. Texnik fanlarning vazifasi insonni texnika qurilmalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirib, yangi texnika vositalarini yaratishga yordain berishdan iboratdir. Fanlami yana amaliy va fundamental fanlarga ham bo‘lishadi. Bunda ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq bo‘lgan, erishilgan har bir yangi natijasi ishlab chiqarishga bevosita tatbiq etilib boradigan fanlar amaliy fanlar, deyiladi. Fundamental fanlar esa tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdan o‘rganuvchi fanlardir. Amaliy va fundamental fanlar o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, fundamental fanlar borliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlab chiqarishga joriy etib, ijtimoiy-amaliy masalalarni ham hal qilishga tatbiq etadi. Tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va texnika fanlaridan farqli, falsafa insonning borliq haqidagi eng umumiy bilimlari tizimidan iborat bo‘lib, boshqa barcha fanlarga mctodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Barcha fanlarning o'ziga xos tadqiqot usullari (metodlari) bor. Ularning metodologiyasi esa, barcha fanlarning yutuqlarini umumlashtirishdan kelib chiqqan falsafiy xulosalardir. Tadqiqotchi o‘zi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni o‘rganishda, bilishning turli ilmiy metodlaridan foydalanishi asosida ma’lum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar o'zlarining paydo bo‘lishidan to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari — fanlarga kirib kelishigacha, har xil ko‘rinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bolgan yangi bilimlaming rivojlanishidagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilish shakllarining asosiylarini: ilmiy g ‘oya, muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy oldindan ko'rishlar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |