27.Qаdimgi Yunоnistоn fаlsаfаsi. Tayanch atamalar: Qаdimgi YUnоnistоndаgi fаlsаfiy mаktаblаr vа fаlsаfiy qаrаshlаrning pаydо bo’lishi. Suqrоt, Аrаstu, Аflоtun fаlsаfаsi. YUnоnistоndа diаlеktik fikrlаrning kеlib chiqishi (Epikur, Dеmоkrit, Gеrаklit vа bоshqаlаr). Qаdimgi YUnоn vа Rimdа insоn fаlsаfаsi.
Qadimgi Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlareramizdan avvalgi VII-VI asrlar o’rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksmenlardir. Uning asoschisi Fales (er.av. 624- 547 yillar) o’z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo’g’rofi, faylasufi bo’lgan. Fales ta’limotiga ko’ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido-suvdan paydo bo’lgan va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o’zgarishida bo’ladi. Anasimandr (Falesning shogirdi) (er.av. 610-546 yillar). U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asossiga suvni qo’ygan bo’lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat deydi. Anaksimandrning fikricha, xamma narsa apeyrondan kelib chikadi va ma’lum bir vaktda apeyronga kaytadi. Apeyronning doimiy xarakat qilib turishi, Anaksimandrning fikricha, qarama-qarshiliklarning kelib chiqishi tufayli bo’ladi, buning natijasida bir xil narsalar paydo bo’lib, boshqalari yo’qolib turadi. Dunyodagi bu narsalarning mavjudligi hyech qanday xudolarning ta’siriga muhtoj
emas. Anaksimandr qadimgi Yunoniston fanida odamning paydo bo’lishini isbotlashga uringan olimlardan biri bo’lib hisoblanadi. Uning fikricha hayvonlar dunyosi qurib qolgan dengiz ostida paydo bo’lib, birinchi hayvonlar suvda yashyaganlar keyinchalik qirg’oqqa chiqqanlar, odamlar esa baliqlardan paydo bo’lgan.Milet maktabining keyingi vakili Anaksimen (er.oldin 585-525 yillar) hisoblanadi. Anaksimen Anaksimandrning shogirdi bo’lib, uning mavhum materiyasi «apeyron»dan yanyada konkret materiya formasiga – havoga qaytadi. Anaksimenning fikricha, butun narsalar doimiy harakatdagi havodan paydo bo’lib va yanya havogv qaytib turadi. Siyraklashib, suyuqlashib ketgan havo olovga, suyuqlashib ketgan havo esa yerga, toshga aylanadi. Havo Anaksimenning fikricha, sovuqdan suyuqlashib va issiqdan quyuqlashib turadi. Uning fikricha, xudolarning o’zlari moddadan-havodan kelib chiqib, kosmik o’zgarishlar
xudolarning ta’siri bilan emas, balki moddaning doimiy o’zgarishi natijasida paydo bo’ladi. Qadimgi Yunonistonning Efera shahrida (er.av. 544-583 yillar) Geraklit degan faylasuf yashagan. U qadimgi Yunonistondagi stixiyali dialektikaning asoschisi bo’lib hisoblanadi. Geraklit miletchilar singari dunyoning boshlang’ich asosi deb konkret modda – olovni oladi. Geraklitning fikricha, dunyo qonuniy ravishda alangalanib va so’nib turuvchi olovdir. «Hamma narsadan tarkib topgan dunyoni, - deydi Geraklit, - xudolardan ham hyech biri yaratmagan, dunyo qonuniyat bilan so’nadi, abadiy tirik olov bo’lib kelgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo’lajak». Geraklit ta’kidlaganidek: «Hamma narsa mavjuddir va ayni zamonda mavjud
emasdir, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa doimiy bo’lish va yo’qolish jarayonidir».
Geraklit o’zining «hamma narsa oqib turadi, ammo hamma narsa doimo o’zgarib turadi» degan dialektik fikri bilan dunyoni oqib turadigan daryo bilan taqqos qiladi. Geraklit: «oqib turgan daryoga ikki marta tushib bo’lmaydi», - deydi. Daryo oqib turishi tufayli, har bir tushganimizda unda yangi suvlar oqib turadi. Geraklitning fikricha, tabiatning doimiy o’zgarib turishining sababi – narsalarning ichki qarama-qarshiliklaridir.Afinaning buyuk faylasufi Suqrot (er. av. 469-399 yillar) avvalo sofistlar shogirdi bo’lib, keyinchalik ularning asosiy nuqtai nazarlarini qattiq tanqid qiladi. Odam nima, uning ongi nima? Degan savolga javob axtarish Suqrot faoliyatining asosida yotadi. «O’z-o’zingni angla!» Suqrotning yeng sevgan shiori edi. U ongning nafaqat subyektiv, balki obektiv mazmunga ega ekanligini isbotlamoqchi bo’ldi, buni u aql deb atadi. Aql yesa faqat individual fikirlargagina ega bo’lib qolmasdan, yalpi umumiy, barcha uchun majburiy bilimni ham taqozo etadi. Binobarin, bahs vositasi ilk birgalikda haqiqatni izlash kerak, deydi u. Adolat nima ezgulik nima, eng yaxshi davlat qurulishi nima, degan savollarga javob
berishga intiladi.Suqrot tadqiqotlari markazida xuddi sofistlar singari inson hayoti, uning jamiyatdagi o’rni va maqsadi hamda adolatli ijtimoiy tuzim muammosi turadi. chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |