1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Axloqshunoslik fanning asosiy kategoriyalar, tamoyillari va miyorlari haqida ma'lumot bering Tayanch atamalar



Download 310,56 Kb.
bet159/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   184
Bog'liq
falsafa

174. Axloqshunoslik fanning asosiy kategoriyalar, tamoyillari va miyorlari haqida ma'lumot bering Tayanch atamalar: muhabbat, ezgulik va yovuzlik, adolat, yaxshilik va yomonlik, burch, ideal

Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat, shafqat



Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik — ezgulik va yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi — Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon boiadi. «Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib, barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o‘rinni egallashi ham shundan. Ezgulik - insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag'ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig'iga o‘rash mumkin emas. Chunonchi, «sinfiy dushmanni», ya’ni biror-bir shaxsni yoki guruhni faqat boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman yo‘qotish, qanchalik bo‘yab-bejalmasin, ezgulik bo‘lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. Totalitar tuzumlar mafkurasida ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon. Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o‘lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bogMiqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Nafaqat inkor etadi, balki ular orasida hayot- mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, olamni harakatga keltiruvchi kuch tarzida namoyon bo‘ladi. Lekin, ayni paytda ular orasida muayyan tarzdagi dialektik aloqadorlik bor ular hech qachon bir-biridan mutlaq alohida holda voqe bo‘lolmaydi. Ezgulik va yovuzlikning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug‘ligi va tubanligini o‘lchaydigan muqaddas tarozuga o‘xshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning takomilga erishgan-erishmagani shu mezon bilan o‘lchanadi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Hitler, Pol Potlarni yovuz insonlar, sobiq sho‘rolar ittifoqini esa jamiyat sifatida «Yovuzlik saltanati» deb baholanishi buning yorqin misolidir.Yaxshilik va yomonlik. Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. Chunki, hozirgacha bizga ma’lum o‘zbek tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo‘g‘i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo‘la olmaydi. Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo‘lgan amaliy xatti- harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko‘tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag‘ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul-maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu — ezgulik, u ma’lum ma’noda abadiylik xususiyatiga ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-shavq ulashib,

Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish