1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillarini misollar orqali tavsiflab bering.Tayanch atamalar:Guzallik elementlari,sifatlari,inson guzalligi



Download 310,56 Kb.
bet167/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   184
Bog'liq
falsafa

182. Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillarini misollar orqali tavsiflab bering.Tayanch atamalar:Guzallik elementlari,sifatlari,inson guzalligi

Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari. Ma’naviy va mod- diy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg‘unligi, hamohang- ligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadri- yat shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning markaziy mezoniy tushunchasi - asosiy kategoriyasi sifatida bar- cha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Chunki estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik ma- salasiga borib taqaladi. Go‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontolo 'iyasi bilan bog‘liq. Go‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki tabiatdagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning go‘zalligini inson takrorlashga ojiz. Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq. Ya’ni go‘zallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qan- day narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik, haqqoniylik mezonlari bilan o‘lchanadi. Inson go‘zallikni chi- nakam his etganda, uning mohiyatini bilgandagina zavqlanadi, huzur qiladi. Zero, go‘zallikni bilish, idrok etish insonning badi- iy-estetik tafakkurini o‘stiradi. Go‘zallikni tadqiqot doirasiga ko‘ra tabiat, jamiyat, san’at hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go‘zallik - bu tabiatdagi narsa, hodisa, jarayonlardagi uyg‘unlik, mukammallikning insonda yorqin va uzviy his-hayajon uyg‘onish jarayonidir. Bu go‘zallik inson uchun tabiatni asrash, undan bahra olishning manbayi bo‘lib, tabiatni estetik qadriyat sifatida qadrlashni taqo- zo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatdagi go‘zallik - bu shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg'unligini ta’minlovchi adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy muno- sabatlar majmuyi hisoblanadi. Insondagi go‘zallik - bu undagi ma’naviy va jismoniy vujudning uyg‘unligidir. Go‘zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: a) go‘zallik obyekiv mazmunga ega bo‘lgan subyektiv obrazlar, tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. Go‘zallik obyek- tivlik va subyektivlikning o‘zaro mutanosibligi, uyg‘unligidir; b) go‘zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning insonni ruhlantiradigan, ilhom bag‘ishlaydigan, yuksak oliyjanob maqsadlar sari yetaklaydigan, jo‘shqinlik baxsh etib jonlantiradi- gan tomonlaridir. Go‘zallik xuddi shu ma’noda jism va ruhning uyg‘unligidir. Ruhni oziqlantirib, jismni yanada ulug‘vor qiladigan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning xossasidir; d) go‘zallik — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o‘z huquqini, erkini, qadrini topgan insongina go‘zaldir. Erkin ijod, mehnat bo‘lmagan joyda go‘zallik yo‘qdir; e) go‘zallik — bu odamlarning jamiki yuksak axloqiy fazilat- larini o‘zida mujassamlashtirgan voqelikdir. Zero, shunday ekan go'zallik mavhum emas, balki muayyan shakl-shamoyil, ma’no- mazmunga, mohiyatga ega bo‘lgan real narsa, hodisadir. Go‘zallikda mujassamlashgan ana shu xususiyatlar uni oliy estetik qadriyat darajasiga ko‘taruvchi kuchdir. Ana shu kuchni axloqiy qadriyatlarning kuchi bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy estetik tafakkurning bosh vazifalaridan biridir. Go‘zallikning elementlari. Go‘zallikning namoyon bolishi, shakllanishi va his etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o‘taydi. Bular — me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va ho- kazo. Mazkur tushunchalar narsa-hodisalarda bevosita yoki bil- vosita ishtirok etib, undagi go‘zallikni namoyon ettiradi. Masalan, bahor faslining go‘zalligi tabiatning uyg‘onishi, ko‘klamning yuz ochishi bilan, qish fasli esa oppoq qor bilan o‘ziga xos go‘zallikni namoyon etadi. Tabiatning ikkala faslida ham go‘zallikning moslik va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish