1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Gedonizm va evdemonizm ta'limotlari. Tayanch atamalar



Download 310,56 Kb.
bet158/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184
Bog'liq
falsafa

173. Gedonizm va evdemonizm ta'limotlari. Tayanch atamalar: rohat, farog'at, zavqlanish, hohish-istak, individial axloq

Qadimgi davr axloq- shunosligida paydo bolgan falsafiy-axloqiy ta’limotlardan biri gedonizm bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra inson faqat jismoniy rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo- nizm ta’limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.). U Suqrotning zamondoshi bo‘lib, insonning ruhiy holati ikki turda bo‘lishini aniqlaydi. Birinchisi, inson ruhining rohatlani- shi bo‘lsa, ikkinchisi noxush og‘riqli holatidir. Insonning butun hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone - zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta’limotiga ko‘ra, inson o‘z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida huzurbaxshlikka, rohat-farog‘atga intiladi. Aristipp fikri- cha, rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa, ruhiyatnig noxush og‘riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo- ratdir. Aristipp fikricha, inson og‘riqdan qochishi va iloji bori- cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin, jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun- mohiyatini tashkil etadi. Bu ta’limotga binoan, huzur-halovat, rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e’tibor qaratish va kuch sarflash arzimaydi. Gedonizmning psixologik talqinida insonni harakatga un- dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish, deya e’tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o‘zining yoki o‘zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak, degan g‘oyani targ‘ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizmni huzurbaxshlik, rohatlanish sifatida targ‘ib etuvchi yondashuvlardan biri- ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan xalos boMishi bu - xohish-istaklarni qondirish, deya talqin etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas, balki azob va baxtsizlikdan xalos bo‘lish maqsadi ifoda etilgan. Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa- fa tarixida markaziy masalalardan biri bo‘lib kelgan va ko‘plab faylasuf-mutafakkirlar ijodida o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan. Fransuz faylasufi I.Bentamning yozishicha, «Tabiat insonni ikki asosiy borliq: azob va. rohat girdobiga tushirgan. Ular bugun biz nima qilishimiz va ertaga nima bilan shug‘ullanishimizni belgilab beradi. Hatto haqiqat va yolg‘on, sabab va oqibat mezonlari ham ana shu ikki asosiy negizga tayanadi». Gedonizm ta’limotida insonning mayl va ehtiyojlari jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlarga qarama-qarshi qo‘yiladi, inson erkinligini cheklovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etishga to‘sqinlik qiluvchi har qanday ijtimoiy shart va me’yorlar inker etiladi. Ular faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish hayotining mazmuni deb biladi va bu yo‘lda mavjud ijtimoiy qonun-qoi- dalarga bepisandlik bilan qarash, hatto ularni inkor etishgacha boradi.




Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish