88. Etika va boshqa ijtimoiy fanlar. Tayanch atamalar: axloq va huquq, axloq va din, axloq va san'at, axloq va iqtisod, axloq va fan, axloq va pedagogika, axloq va psixologiya.
Etika - ruscha – moral, lotincha «mores», «moralis» so’zlaridan olingan bo’lib, ma’nosi xulq, odat demakdir.Etika - ijtimoiy ongning muayyan shakli bo’lib, kishilarning ijtimoiy va shaxsiy hayotida bir-birlariga bo’lgan munosabatlarining, ya’ni xatti-harakat prinsiplari va normalarining yig’indisidir. Etika so’zi, tushunchasi ham arabcha bo’lib, xulq so’zining ko’pligidir.Etika kishilarning fe’l-atvori, yurish-turishi, ularning ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabatlarini tartibga solib turadi. Etika normalari jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan shaxs fe’l-atvoriga qo’yiladigan talabdir. Bu normalar shaxsning jamiyatga – Vatan, davlat, millat, guruhga munosabatini, shuningdek, shaxsning turmushdagi, ayrim kishilarga, kasbi-koriga, mutaxassisligiga, hatto o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlardagi xatti-harakatni ham o’z ichiga oladi.Kishilik jamiyatining ilk davrlarida etika normalari – yurish-turish qoidalari va odob prinsiplari kishilarning mehnat qilish jarayonida vujudga kelib, ularga rioya qilish urf-odatga, an’anaga aylanib boradi. Keyinchalik jamiyat, ijtimoiy hayot taraqqiy etib, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralgach, mehnat taqsimoti yuz bergach, odamlarning yurish-turish qoidalari, odam etikaining mohiyati haqidagi masalalar bir butun falsafiy bilimlar sistemasiga solinadi, ma’lum darajada mustaqil fanga aylanadi. Shu tariqa etika, ya’ni etika haqidagi ta’limot paydo bo’ladi.Etika – grekcha-yunoncha «ethos» degan so’zdan olingan bo’lib, buning ma’nosi xulq-odat demakdir. Etika, ya’ni etika haqidagi fan, o’zbek tilida hozirgi paytda etika fani deb ham yuritiladi. Lekin biz etika fani deb yuritishimizni ma’qul topdik. Sabab bu nom dunyoda yuritiladigan standartga mos keladi, deb o’ylaymiz, garchi fanning nomlari qanday yo’sinda yuritilmasin, uning mazmuniga putur yetmaydi, shakl mazmunni, mohiyatni tubdan o’zgartirib yubormaydi, garchi ta’sir etsa ham.Etika odamlarning yurish-turishida, etikaida tarixan o’zgarib turadigan, rivoj topib, taraqqiy etib boradigan prinsiplarni, etikaiy norma, qoidalarni; etikaning manbai va kelib chiqishini, etikaiy kategoriyalarni ya’ni yaxshilik va yomonlik, or-nomus, vijdon kabi umumiy tushunchalarni, etikaiy e’tiqod, maslak va his-tuyg’ularni izohlab beradi. Shuningdek, etikaning abadiy muammolari bo’lgan – etikaiy bahoning mezoni nimada, etikada haqiqat bormi, etikaiy erkinlik nima, inson o’z xatti-harakati uchun javobgarmi, mas’ulmi kabi savollarga javob axtaradi.Etika fan sifatida etikani, odob-xulqni, etikaiy munosabatlarni aks ettiribgina qolmay, balki odam intilishi lozim bo’lgan maqsadni, ya’ni yuksak etikaiy g’oyani, bu g’oyani, ya’ni bizning pirovard strategik maqsadimiz bo’lgan – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g’oyasini amalga oshirmoq uchun qanday yashab, qanday harakat qilmoqlikni ma’nosi ochib beriladi, odamlarning yurish-turishi qanday degan savolgagina emas, balki qanday bo’lishi kerak degan savolga ham javob beradi. Shuning uchun ham etikaiy illatlar tanqid qilinadi, odamlarning xatti-harakatiga yuksak etikaiy g’oya va maqsad nuqtai nazaridan qat’iy baho beriladi.Xulq, odob deganda iqtisodiy tuzum taqozosi bilan, turmush sharoitining alohida tarzidan, tradisiyalaridan, an’analaridan, urf-odatlaridan paydo bo’lgan, biroq muntazam qarashlar, qoidalar, yo’l-yo’riqlar sistemasiga kirmagan munosabatlar xususiyati tushuniladi.Demak, xulq odamlarning amaliy xatti-harakatlari, odamlar o’rtasidagi amaliy munosabatlar, etika ijtimoiy ong bilan bog’liq bo’lib, mazkur xatti-harakat prinsiplari va normalarining etika talablari shaklida ifodalab berilganidir, etika bo’lsa etika prinsiplari va normalarining izohlab va asoslab berish demakdir, ya’ni etika haqidagi nazariyadir.Etika normalari passiv emas, balki ular ham jamiyat hayotida, ham shaxs turmushida faol ta’sir ko’rsatadigan muhim faktordir. Ilg’or, taraqqiyparvar etika normalarining ta’lim-tarbiyaga ta’siri ijobiy bo’ladi, reaksion xulq normalarining ta’siri esa jamiyatda ham, shaxs tarbiyasida ham salbiy bo’ladi.Ma’lumki, kishilik jamiyati doimo taraqqiyotda ekan, uning etikaiy. Ma’naviy
Do'stlaringiz bilan baham: |