86. San'at ijtimoiy ong shakli sifatida. Tayanch atamalar: Ijtimoiy ong, iqtisodiy tuzumga bog‘liqlik, nisbiy mustaqillik, voqyelik in'ikosi, teskari ta'sir ko‘rsatish, o‘ziga xos xususiyatlar, san'at, tabiat dunyosi, ijtimoiy munosabatlar, san'at va madaniyat konteksti.
Ma’lumki, mavjud barcha san’at asarlari o‘z o‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga o‘tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi, tarbi- yalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga xos bo‘lib, ularni boshqa hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ya’ni bunday san’at asarlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi. Shuning uchun xalq amaliy san’atiga e’tibor kuchayib bormoqda. Mustaqillikdan so‘ng kandakorlik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik kabi amaliy san’at turlariga e’tibor ortdi. «Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligini kelgusidagi rivojini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon, «Oczbekiston xalq ustasi» unvonining ta’sis etilishi, sohaga oid xalqaro konfe- rensiyalarning o‘tkazilishi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Vazirlar Mahkamasining 2010—2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish masalasini Davlat dasturi ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Amaliy-bezak san’ati va hunarmandchilik bozor iqtisodiga moslashib, uning tur va janrlari bozor iqtisodi bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. Shaxsiy ustaxona va korxona- lar tashkil etilmoqda. Mustaqillik yillari yog‘och o‘ymakorligi, uning maishiy va monumental turlarining keng rivojlanish davri boMdi. Mahobatli yog‘och o‘ymakorligi keng rivoj topdi. Barpo etilgan me’moriy majmualarda bu san’at o'zining salmoqli o‘rnini egalladi. 0‘zbekistonda muntazam o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda ham xalq amaliy san’atining bir qancha turlari namoyish etilmoqda. Misgarlik, kashtado‘zlik, yog‘och kandakorligi buyumlari- da qadim ustalarimiz an’analarining zamonaviy uslublar bilan uyg‘unlashtirilgani turmush estetikasining yuksalishida katta ahamiyat kasb etadi. Bu buyumlar xorijliklarning ham e’tiborini tortmoqda. Bugun milliy hunarmandchiligimiz nafaqat 0 ‘zbekistonda balki jahonga ham mashhur bo‘lib bormoqda. Hindiston, Xitoy, Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari tashkil qilinayotgani fikrimiz dalil- lidir. Dizayner va ustalarimiz nafaqat respublikamizdagi zamonaviy inshootlarda, balki chet ellarda masjid va madrasalar, islom san’ati muzeylari interyerlarini bezashda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |