91. Qadimgi Sharq, Markaziy Osiyodagi axloqiy fikrlar rivoji. Tayanch atamalar: «Kalila va Dimna», Konfutsiy, Qobusnoma, Axura-Mazda, Axriman, Zardushtiylik.
Yurtimizda yetishib chiqqan Sharq uyg‘onish davri mutafak- kirlari qatorida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy o‘z asarlarida inson, uning ma’naviy kamolotida oila va undagi tarbiya, ilm, ma’naviy muhitning muhim ahamiyatga egaligini bir necha bor ta’kidlab o‘tadilar. Abu Rayhon Beruniy shaxs tarbiyasida mehnatga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha hayot va baxtni mexnatsiz tasav- vur etib bo‘lmaydi, mehnat bilan tarbiyalash — inson hayotining asosidir. Alloma ma’naviy tarbiyada ilmning rolini birinchi o‘ringa olib chiqadi. Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy manbalar ham oila tarbiyasi jamiyatdagi tarbiya jarayonining eng muhim va nozik jihati bo‘lganligini ko‘rsatadi. Sog‘lom avlod mamlakat kelajagini ta’minlovchi asosiy omil ekanligini yaxshi anglagan Amir Temur raiyatning tinch-osuda hayot kechirishini, xonadonlarning daxlsizligini, yangi barpo bolayotgan oilaning har jihatdan benuqson va poklik asosiga qurilishini davlat ahami- yatiga molik masala deb qaragan. Shaxsning ma’nan yetukligi uning oilada topgan tarbiyasiga bog‘liqligi xususida XX asr ma’rifatparvarlari ham o‘z asarlarida bir necha bor ta’kidlab o‘tganlar. Jumladan, Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida bola tarbiyasi xususida juda qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. Muallif bola tarbiyasida yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning roli katta ekanligini ko‘rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazardan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning axloqiga, xulq atvoriga kuchli ta’sir etishini e’tirof etadi va ota-onalarni o‘z bo- lalari tarbiyasida mas’ul ekanligini e’tirof etadi. Uning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo‘lish uchun badan tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Xususan, sog‘lom badanga ega bo‘lish uchun muallif kishining jismoniy tomoniga zarar keltira- digan narsalardan saqlanishni tavsiya qiladi. Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomon- dan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatiga alohida e’tibor qa- ratadi. Bolalarni jasoratli, qo‘rqmas, dovyurak qilib tarbiyalashda «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida muallif g‘oyat muhim fikrlarni beradi. Bu asarning «Shijoat» bobida bolani jasoratli qilib tarbiyalashni ilgari suradi va qo‘rqoqlikni qoralaydi. Jadid- chilik namoyandalarining fikricha yangi davr yangi tuzum uchun kurashda, eng avvalo, oilani isloh qilishdan boshlamoq zarur deb hisobladilar. Ularning fikricha, oila asosini to‘g‘ri qurmay turib va yosh avlodni tolaqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas
Do'stlaringiz bilan baham: |