125. Ilk o‘rta asrlar falsafasining asosiy ta'limotlari: Tayanch atamalar: gnostika,dualizm,apologetika, patristika, realizm va nominalizm.
Bu davr falsafasida o’z o’rniga ega bo’lgan gnostisizm eramizning 150 yillarida o’zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o’z tabiatining ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostisizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar
Dualizm — gnostisizmning asosiy yo’nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o’rtasida mustahkam chegara mavjud, deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular Xudo hyech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb xisoblaydilar
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi "himoya qilish", demaqsir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’kib qilishi hyech qanday okdashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o’z asarlarida mushriklik (ko’p Xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni, inkor qilish va tasdiklash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo’yilgan ayblar — g’ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning "Birinchi apologeya", "Ikkinchi apologeya" asarlarini. Tulcan va_Anaksagor kabi fayla-suflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
Dualizm. Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g’oyalar va aql-idrokning alohida o’rnini aniqlash hamda ta’kidlashga harakat qilgan. Uning zamondoshlari – ma’rifatli absolyutizm g’oyalarining tarafdorlariga ta’siri juda katta bo’lgan. X.Volfning falsafaga oid qo’llanmalari barcha o’quv yurtlarida o’qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet ta’limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.
Fransuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o’zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U o’zida tajriba o’tkazgan – bezgak kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, piro vardida, insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bog’liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistik-materializmni himoya qilib, cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substansiya mavjud, degan g’oyani ilgari surgan. Substansiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo’ladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining o’zi tashqi jismlarning miyaga ta’siri bilan bog’liq. Shu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga ko’ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.
Ikki asos, aytaylik, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi g’oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida o’rin oldi. R.Dekartning radikal mexanisizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substansiya o’z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko’lamigagina ega. U mutlaq bo’shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya’ni jismoniy zarralarni bo’lish, joydan-joyga ko’chirish va o’zgartirish qobiliyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |