123. Borliq haqidagi konsepsiyalar. Tayanch atamalar: vulgar materializmi, borliqning shakllari, borliqning atributlari.
- vulgar materializm (Fogt, Byuxner, Moleshott);
Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O’z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o’rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko’rish, ya’ni abstrakt fikrlash va o’zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo’ladi. Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o’rin oladigan o’ziga xos piramida hosil bo’ladi. Ya’ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig’i kabilardir Borliqning bu umumiy shakllari o’ziga xos xususiyatga, o’zining betakror mohiyatiga egadir. 1) tabiat borlig’i. U mufassallashtiriladi va o’z navbatida ,birlamchi tabiat borlig’i (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo’lgan narsalar va jarayonlar borlig’i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig’i)ga bo’linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig’i – bu butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko’zgudagi aks va sh.k.)dir. Birlamchi tabiat borlig’i ikki darajani o’z ichiga oladi.Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko’payish qobiliyatiga ega bo’lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo’lmagan barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz hayvonot va o’simliklar dunyosini o’z ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig’i bo’lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki o’zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog’liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda obyektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o’z ifodasini topgan. Ikkinchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir; 2) inson borlig’i. Unda tahlilga qulaylik yaratish uchun insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig’ini farqlash o’rinli bo’ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga bo’ysunadi. Tananing mavjudligi inson o’limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo’qlik dialektikasi bilan bog’lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo’lish holatlaridan o’tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o’z ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o’tadi. Inson tanasi mavjud bo’lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o’z-o’zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo’lish ehtiyojida o’z ifodasini topadi;3) ma’naviy borliq. U subyektiv individuallashgan va obyektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko’ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig’ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g’oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo’ljallar, andozalarning ko’rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo’lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon
124. Harakat va rivojlanish bir biridan qanday farq qiladi? Tayanch atamalar: orqaga qaytmaydigan, ilgarilanma, kompleks, miqdoriy, o'zaro ta'sir, muayyan tartib va birlik.
Harakatning bir-biridan farq qiluvchi bir qancha shakllari mavjuddir. Harakat shakllarini turkumlash falsafada muhimdir. Faylasuflar harakat shakllarini turkumlashda quyidagi qoidalarga tayanadilar: 1) harakat shakllari bir-biri bilan sifat jihatdan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilish daraja- lalining muayyan bosqichida namoyon bo‘ladi; 2) harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jihatidan (genetik jihatdan), ketma- ket bog‘langandir, ya’ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir; 3) harakatning yuqori shakllari tarkibida quyi darajadagi harakat shakllari qatnashadi, ya’ni harakatning quyi shakllari, uning yuqori shakl- lariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o‘zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir. Shu qoidalarga tayangan holda, harakatning bir necha shaklini ajratib ko'rsatish mumkin. Ular quyidagilardir: 1) mexanik harakat (jismlarning fazodagi siljishi); 2) fizik harakat (issiqlik, yorug‘lik, elektr, magnitizm); 3) kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat holatlarning bir-biriga o'tishi); 4) biologik harakat (organik hayot); 5) ijtimoiy harakat. Harakat fazo va vaqt bilan uzviy bog‘langandir.Borliqdagi harakat va rivojlanishning mohiyati, asosiy qonunlari Bizni qurshab turgan barcha narsa va hodisalar: galaktikalardan tortib yulduzlargacha, yulduzlardan tortib Yer va Quyoshgacha, Yerning o'zidan tortib undagi turli-tuman moddalar, o'simliklar va hayvonot dunyosigacha, kishilik jamiyatidan tortib to inson va uning tafakkurigacha — hamma-hammasi doimo harakat, o'zgarish va rivojlanishdadir. Butun borliqda sodir bo'ladigan harakat, o'zgarish va rivojlanish umumiy xarakterga ega. Kundalik hayotda „harakat" deganda, odatda, narsa va hodisalarning oddiy o‘rin almashuvi tushuniladi. Bunda „o'zgarish" tushunchasi hajm jihatdan „harakat" tushunchasiga kiradi. Chunki, har qanday harakat o'zgarish emas. O'zgarish — narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchi holatga, bir ко 'rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishidir. Biroq, har qanday o'zgarish rivojlanish bo'lmasa ham, o‘z ichiga rivojlanishni ham oladi. Rivojlanish — progressdan iborat o‘zgarish bo‘lib, keng ma’noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir. Umuman, biz „rivojlanish" atamasini juda ko'p ishlatamiz, u bizga tushunarlidek tuyuladi. Aslida esa, bu tushuncha ifodalagan jarayon, biz o'ylagandek, unchalik sodda emas. „Rivojlanish" tushunchasi ko'p hollarda olg‘a qarab borishning sinonimi sifatida „progress" tushunchasiga tenglashtiriladi. Bugungi kunda insoniyat jamiyatining rivojlanishi, unda sodir bo'layotgan o'zgarishlar rivojlanishning murakkab jarayon ekanligidan dalolat bermoqda. Maxsus fanlar sohalariga oid bunday rivojlanishning naza- riyalari, ularning umumiy jihatlari falsafaning taraqqiyot nazari- yasida ifodalanadi. Falsafaning taraqqiyot nazariyasi esa, butun borliqning harakati, o'zgarishi va rivojlanish qonunlari va prin- siplarini o'z ichiga olgan ta’limotdir. Taraqqiyot nazariyasi borliqdagi harakat, o'zgarish, o'sish va rivojlanishning bosqichlari, sabablari va asosiy yo'nalishini bir-biri bilan bog'langan jarayon sifatida o'rganadi. Borliqning rivojlanishi miqdor va sifat o'zgarishlarining, qarama-qarshiliklar kurashi va birligi, inkomi inkorlar asosida amalga oshadi. Bunda miqdor va sifat o'zgarishlari taraqqiyotning dastlabki bosqichlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |