94. Kimlar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin?
Ish beruvchilar — xodimni ishga olish huquqi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar. OʻzR Mehnat kodeksiga kura: korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida; mulkdorlarning oʻzi ayni bir vaqtda rahbar boʻlgan xususiy korxonalar; 18 yoshga toʻlgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda I.b. boʻlishi mumkin. I.b.ning huquq va burchlari, majburiyatlari, xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish shartlari Oʻzbekiston Respublikasining MK va mehnatga oid qonunlarida belgilab berilgan.
95. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchasi
HUQUQIY ONG - bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir.
Huquqiy madaniyat kishilarning huquq to’-risidagi bilimga , qonunga bo’lgan hurmati, huquqiy me’yorlarni bajarishi, ularga amal qilmaganda huquqbuzarliklar sodir qilinsa, tegishli jazo choralari olishiga aytiladi.
Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarni qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qo’llashda ular bilan kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tarbibga solishda katta ahamiyatga ega. CHunki davlat miyyosidagi har qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan o’rganilib chiqiladi.
Huquqiy madaniyat umuminsoniy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Unda kishilar qanchalik madaniyatli bo’lsa, qanchalik huquq normalari va qonunlarni bilsa, yuridik adabiyotlarni bilib ularga amal qilsa, shunchalik huquq buzilishi kam bo’ladi. SHuning uchun respublikamizda kishilarning huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda
96. Jamoa shartnomasi tushunchasiga ta‘rif bering.
Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soladigan meʼyoriy hujjat. Ish beruvchi bilan J. sh. tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi (oʻz vakillik organi opqali), xodimlar vakolat bergan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasi umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) ega. J. sh. korxonalarda, ularning yuridik shaxe huquqi berilgan tarkibiy boʻlinmalarida bir tarafdan — kasaba uyushmalari va xodimlar tomonidan yuqoridagi vakillik organlari orqali, 2-tarafdan — bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar oʻrtasida tuziladi. Uning mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |