Saydullayev-99bet Odilqoriyev-191-bet
20. Huquqning funktsiyalari – bu jamiyatda ijtimoiy munosabatlarga va kishilarning yurish-turishlariga huquqiy taʼsir qilishning asosiy yoʼnalishlaridir. Huquq funktsiyalarining ijtimoiy munosabatlarga taʼsir oʼtkazish yoʼnalishi sifatidagi rolini tavsiflovchi quyidagi belgilari mavjud: 1. Huquq funktsiyasi uning mohiyatidan kelib chiqadi va huquqning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. 2. Huquqning funktsiyasi uning ijtimoiy munosabatlarga taʼsirining shunday yoʼnalishiki, bunda uning amalga oshirilishiga boʼlgan ehtiyoj ijtimoiy hodisa sifatida huquqning zaruratini taqozo etadi. 3. Funktsiya huquqning eng muhim xususiyatlarini ifodalaydi va u huquq taraqqiyotining muayyan bosqichida uning oldida turgan tub masalalarni hal etishga yoʼnaltiriladi. 4. Huquq funktsiyasi faol harakat yoʼnalishidan iborat boʼlib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Аynan shuning uchun ham joʼshqinlik, harakat, faoliyat kabilar huquq funktsiyasining eng muhim xususiyatlari hisoblanadi. 5. Huquq funktsiyasi oʼzining muntazamliligi bilan ajralib turadi. Uni qoʼllashning uzluksizligi va davomiyligi aynan ushbu jihat bilan tavsiflanadi. Huquq funktsiyalarini maxsus yuridik (tor maʼnoda) va umumijtimoiy (keng maʼnoda) turga tasniflash mumkin. 1. Maxsus yuridik funktsiyalarning quyidagi turlari mavjud: tartibga soluvchi (regulyativ) va qoʼriqlovchi. Tartibga soluvchi funktsiya – bu shunday huquqiy taʼsir qilish yoʼnalishi boʼlib, unda jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos keladigan ijtimoiy munosabatlar amalda boʼlishi taʼminlanadi va rivojlantiriladi. Tartibga solish funktsiyasi doirasida ikki kichik funktsiya – statik tartibga solish va dinamik tartibga solish funktsiyalari ajralib turadi. Huquqning statik tartibga solish funktsiyasi ijtimoiy munosabatlarni muayyan huquqiy institutda mustahkamlash yoʼli bilan taʼsir oʼtkazishida namoyon boʼladi. Dinamik tartibga solish funktsiyasi huquqning ijtimoiy munosabatlar harakatini, yaʼni dinamikasini rasmiylashtirish yoʼli bilan ularga taʼsir oʼtkazishida ifodalanadi. Qoʼriqlovchi funktsiya – bu umumahamiyatga molik eng muhim iqtisodiy, siyosiy, milliy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni, ularning daxlsizligini muhofaza qilish, shuningdek mazkur jamiyatga yot boʼlgan munosabatlarni siqib chiqarishni maqsad qilib olgan huquqning ijtimoiy vazifasi bilan bogʼliq huquqiy taʼsir yoʼnalishidir. 2. Umumijtimoiy funktsiyalar orqali jamiyat hayotining turli xil yoʼnalishlarida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy taʼsir oʼtkaziladi. Huquqning umumijtimoiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, siyosiy, tarbiyaviy, ekologik va boshqalar. Huquqning ijtimoiy funktsiyalarini ijtimoiy hayotning tegishli sohalariga huquqiy taʼsir oʼtkazish yoʼnalishi sifatida taʼriflash mumkin. Jumladan, iqtisodiy funktsiya iqtisodiy sohaga, siyosiy funktsiya siyosiy sohaga, tarbiyaviy funktsiya maʼnaviy sohaga huquqiy taʼsir oʼtkazadi.
21. Ҳуқуқий онг тушунчаси ва унинг функциялари. Saydullayev-108 odilqoriyev-271
21. Huquqiy ong-bu ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lib,kishilarda huquqqa ,qonunchi-likka ,huquq-targ`ibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo`lgan g`oyalar,his tuyg`ular,tasavvurlar yig`indisidir.Huquqiy ong tarkibiga to`rtta baholash bilan bog`liq munosabat kiradi.Bular-huquq va qonun hujjatlari(uning prinsiplari,shakllari,institutlariga)nisbatan;atrofdagilarning huquqiy xatti-harakati(masalan,jinoyatchilik,davlat hokimiyati tuzilmalarining o`zaro munosabatlari xususiyati)ga nisbatan ;huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning faoliyatiga nisbatan;o`zining hatti-xarakatiga nisbatan munosabatdir.Huquqiy ong ,birinchidan,huquqning jamiyat ehtiyojlarini ifodalovchi manbaidir;ikkinchidan,huquqni ijtimoiy voqelikka tatbiq etishning zarur omillaridan biridir;uchinchidan,shaxslarning xulq atvori huquq normalariga qay darajada mos kelishini tushunib olishga ko`maklashadi,baholash vositasi sifatida xizmat qiladi.Huquqiy ong funksiyalariga to`xtaladigan bo`lsak bular:
- Axborot olish funksiyasi ketma-ket paydo bo`luvchi ruhiy hodisalardan tuzilgan birinchidan,sezish,eshitish,ko`rish;ikkinchidan,qabulqilish,xotira,esda saqlash;va uchinchidan tafakkur oliy darajadagi bilish bo`lib,huquqiy g`oya,tushuncha va e`tiqodlar uning mahsulidir.
- baholash funksiyasi huquqiy o`sishi natijasida insonlarning huquqiy va huquqqa zid bo`lgan ko`rinishlarni bir-biridan ajrata olishishga erishishga xizmat qiladi.
- tartibga solish funksiyasi esa,shaxslarning yuqori darajadagi huquqiy ongga ega bo`lishi ,ularni huquqqa asoslangan holda harakat qilishlarini ta`minlaydi.Shuningdek,adabiyotlarda huquqiy ongning gnotseologik ,boshqaruv va huquqiy va huquqiy shakllantirish funksiyalari alohida shaklda ajratib ko`rsatiladi.
- gnotseologik funksiya obyektiv borliqdagi mavjud huquqiy holatlarni bilishni tavsif etadi.Boshqaruv -o`z fe`l-atvorini huquq talablari bilan qiyoslash orqali o`z xatti-harakatlarini o`zgartirishdir.
-o`zini boshqarish funksiyasi mavjud obyektiv borliq,jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalarni muvofiqlashtirish,maqsadni aniqlash,qaror qabul qilish va qarorni ijro etish kabilarni o`z ichiga oladi.
- tashkil etish, uyushtirish funksiyasi -huquq subyektlari xulqi,xatti-harakatlarini shakllantirish,uyushtirish,tashkil etishdan iborat bo`lib,uijtimoiy hayot va taraqqiyot uchun juda muhim hisoblanadi.
22. Ҳуқуқий маданият тушунчаси ва даражаларини муҳокама қилинг. Saydullayev-115 odilqoriyev-285
22. Huquqiy madaniyat- bu kishilarning huquqiy bilim darajasi,huquqqa nisbatan ongli munosabati,huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir.Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir.Shu bois huquqiy madaniyat deganda jamiyatning huquqiy hayoti,uning huquqiy voqeligi,normative-huquqiy hujjatlar huquqiy ong darajasida erishilganlik darajasini ifodalovchi ma`naviy-axloqiy va huquqiy qadriyatlar tizimi hamda unga muvofiq tarzda qaror topadigan qonunga itoatgo`ylik va malakatda huquiy-tartibot muhitini o`rganish uchun ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning amalga oshirilishi tushuniladi.Huquqiy madaniyat o`z navbatida bir qancha darajalarga bo`linadi.
Odatdagi daraja huquqiy madaniyat kishilarning kundalik hayoti doirasi bilan chegaralanadi.Kishilar undan o`z kundalik faoliyatida subyektiv huquqlarni ro`yobga chiqarish,zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda foydalanadi.
Kasbiy darajadagi huquqiy madaniyat yuridik faoliyat bilan o`z kasbiy faoliyaatini amalga oshirish jarayonida doimiy shug`ullanuvchi shaxslarga xosdir.Mazkur daraja huquqni bilish va huquqiy muammolar ,huquqiy faoliyatning maqsad va vazifalarini tushunish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi.
Nazariy daraja bu nafaqt huquqni bilish ,balki uning teran xossalari va qadriyatlari ,amal qilish mexanizmi,huquqning samaradorligiga ta`sir etuvchi omillarni tushunishning yuksak darajasidir.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish,yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va manfaatlariga rioya etish,huquqiy normalarni bajarish,huquqiy talablarni bilsh hamda ularga hurmat bilan munosabatda bo`lishga oid barcha masalalar kishilarning huquqiy madaniyati darajasiga bog`liqdir.
23. Ҳуқуқий нигилизм ва ҳуқуқий идеализм тушунчаларини ёритинг ҳамда уларни атрофлича муҳокама этинг.saydullayev-119 odilqoriyev-271 dan
23. Huquqiy nigilizm jamiyat huquqiy taraqqiyotining tizimli va maqsadga muvofiq rivojlanishiga jiddiy xavf tug`diruvchi hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuksalishiga to`siq bo`luvchi salbiy hodisalardan biridir.Nigilizm (lotincha “nihil”so`zidan olingan bo`lib ,”hech narsa”,”inkor” degan ma`noni anglatadi).Huquqiy nigilizm shaxslarning ,ijtimoiy guruhlarning muayyan huquqiy qadriyatlarga ,normalarga belgilangan tartib va qoidalarga salbiy munosabatini,mensimaslik va ishonchsizlik kayfiyatini ifodalaydi.Huquqiy nigilizm quyidagi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi:
-nazariy shakl(olimlar,mutafakkirlar,siyosatshunoslar tomonidan muayyan manbalarda huquni inkor etilishi)
-amaliy shakl(faol va sust)
Faol huquqiy nigilizm -ijtimoiy munosabatlarda huquqni ochiqdan-ochiq inkor qilish;
Sust huquqiy nigilizm-jamiyatdagi kishilar tomonidan amaldagi huquq normalarini mensimaslik.
Huquqiy idealizm-huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta`sir ko`rsatish imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborilishi bilan ajralib turadiganhuquqiy ong holatidir.
Huquqiy nigilizmda qonular nazar pisand qilinmaydi,ular ochiq-oydin buziladi,ijro etilmaydi,qadrlanmaydi,izzat-hurmat qilinmaydi.Huquqiy idealizmda ,aksincha ,qo-nunlarga barcha muammolarni bir zumda hal qilishga qodir mo`jizakor kuchga ega bo`lgan hujjat sifatida qaraladi.Ular go`yoki bir biriga qarama-qarshi yo`nalishga egadek tuyulsada natijada ular birlashadi va huquqiy ongning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.N.Matuzov ta’biri bilan aytganda,bizning oldimizda bitta medalning ikkita tomoni namoyon bo`ladi.
24. Ҳуқуқий психология ва ҳуқуқий мафкура – ҳуқуқий онгнинг таркибий қисми сифатида. Фикрингизни амалий мисоллар билан асосланг.saydullayev-109 odilqoriyev-278
24. Huquqiy ruhiyat(psixologiya)-bu alohida ijtimoiy guruh,shaxs yoki butun jamiyatda stixiyali ravishda vujudga keladigan huquqiy tuyg`ular,hissiyotlar,kayfiyatlar,fikrlar yig`indisidan iborat bo`lgan huquqiy ongning tarkibiy elementi.Huquqiy ruhiyat jamiyatdagi mavjud huquqiy muhitning bevosita ta’siri ostida vujudga keladi va huquqiy ongning boshlang`ich pog`onasi hisoblanadi.Shaxs huquqiy ongning aynan shu darajasidan huquqiy reallikni anglash,u bilan dastlabki tanishuvi boshlanadi.Huquqiy ruhiyat jamiyat va davlatning huquqiy asoslarini mustahkamlash,huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda ularga qarshi kurash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Psixologiya bilimlarini har tomonlama chuqur egallash ,ko`nikmalar hosil qilish huquqshunosning yuksak muomala madaniyatini ta`minlaydi.
Huquqiy mafkura -bu muayyan ijtimoiy guruhlarning,jamiyatning huquqiy qarashlari ,g`oyalari,tasavvurlari va talablarining ilmiy tizimlashtirilgan ifodasidir.Huquqiy mafkura g`oyalar,konsepsiyalar,huquqiy tamoyillar,huquqni rivojlantirish istiqbollarini baholash,huquqiy aktlarni qabul qilishning maqsadlari,vazifalari ko`rinishida namoyon bo`ladi.Huquqiy mafkura huquqni bilish darajasini va tabiatiga ko`ra huquqiy ruhiyatdan ancha yuqori turadi.Agar huquqiy ruhiyat huquqiy hodisalarning tashqi,ko`pincha hissiy jihatini,muayyan bir qismini qayd etagigan bo`lsa ,huquqiy mafkura huquqning huquqning mohiyatini,ijtimoiy mazmunini,tabiatini ochib berishga ,uni mukammal madaniy-tarixiy falsafa va aqida ko`rinishida taqdim etishga intiladi.Shu jihatdan Gegelning huquq falsafasi ,davlat va huquqning tabiiy-huquqiy ,pozitiv ta`limotlari,boshqa ko`pgina huquqiy konsepsiyalar huquqiy mafkura sifatida namoyon etiladi.O`zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpoetish konsepsiyasi huquqiy mafkuraga yaqqol misol bo`la oladi.Bunday davlat va jamiyat demokratiya ,inson huquqlarini ta`minlash ,insonparvar va adolatli huquq-targ`ibot to`g`risidagi ham umuminsoniy,ham milliy tasavvurlarga mos kelishi kerak.Mazkur holatda huquqiy davlat ta`limoti milliy davlatchiligimizni rivojlantirishning mafkuraviy asosi bo`lib xizmat qiladi.
25. Ҳуқуқий тарбия тушунчаси ва унинг воситаларини тушунтиринг. Унинг жамият ҳаётидаги тутган ўрнини ёритиб беринг.saydullayev-117 odilqoriy282
25. Huquqiy tarbiya shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko`rsatiladiladigan,aniq maqsadga yo`naltirilgan,rejalashtirilgan va maxsus huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta`sir jarayonidir.Huquqiy tarbiya fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi muhim ijtimoiy vositadir.Huquqiy tarbiya-bu huquqiy tajriba almashish bo`yicha davlat,jamoat tashkilotlari ,alohida fuqarolarning bir maqsadga yo`naltirilgan faoliyati:huquq normalariga rioya qilish,ularni bajarish va bu normalardan foydalanishni ta`minlovchi muayyan ijobiy tasavvurlar,qarashlar,qadriyatlarni tushunish,yo`l-yo`riqlarni shakllantirish maqsadida shaxs ongi va xulq atvoriga doimiy ta`sir o`tkazib borishdir.
Huquqiy targ`ibot,huquqiy ta`lim,yuridik amaliyot va o`zini-o`zi tarbiyalash huquqiy tarbiyalar vositasiga kiradi.Huquqiy ta`sir mexanizmining tarkibiy elementi bo`lgan huquqiy tarbiyaga ,shuningdek huquqiy munosabatlarda subyektlarning axloqi va huquqiy ongiga ta`sir qiluvchi vosita sifatida ham qarash mumkin.Yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha vositalarni qo`llash asosida huquq haqidagi axborotlarni yetkazish,qabul qilish,o`zgartirish va undan foydalanish hamda amalda ro`yobga chiqarishni ko`zda tutuvchi huquqiy xabardorlikni amalga oshirish masalalari yotadi.Huquqiy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi:
-o`zini o`zi tarbiyalash;
- yuridik amaliyot
-huquqiy ta`lim
-huquqiy targ`ibot va tashviqot
26. Ҳуқуқнинг белгиларини аниқлаш орқали унинг ҳуқуқий табиатига баҳо беринг. Saydullayev-. 134 Odilqoriyev-169
` 26. Huquqqa turli yondashuvlarning tahlili uning quyidagi muhim xususiyatlari va belgilarini qayd etish imkonini beradi:
1. Huquq – normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Boshqa har qanday tizim singari, u ham bir tartibli, o‘zaro uzviy bog‘langan va o‘zaro ta’sirga kirishuvchi qismlardan tash-kil topadi. Tizimning ayrim tarkibiy qismlari o‘rtasida yuzaga keluvchi aloqalar yagona maqsadlarga erishishga qaratilishi lozim. Har qanday normalar (xulq-atvor qoidalari) tizimi zamirida obyektiv va subyektiv omillar yotadi. Obyektiv omillar orasida muayyan mamlakatda huquqiy normalar tizimi vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratuvchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy va boshqa omillar alohida o‘rin egallaydi. Ayrim normalar ham, ularning tizimi ham amalda o‘z-o‘zidan, muayyan shaxslarning xohishi yoki ko‘rsatmasiga binoan vujudga
kelmaydi, ular jamiyat va davlat hayotining obyektiv ehtiyojlari ta’sirida vujudga keladi. 2. Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangan normalar tizimi. Jahonda turli ijtimoiy normalar tizimlari juda ham ko‘p. Biroq, faqat huquqiy normalar tizimigina davlat tomonidan yaratiladi. Huquq normalarini o‘rnatar ekan, davlat bevosita o‘z vakolatli organlari orqali ish ko‘radi. Huquqiy normalar tizimining davlat tomonidan o‘rnatilganligi va ma’qullanganligi ularning davlatga to‘la bog‘liqligini va unga bo‘ysunishini anglatadimi? Bu masalaga ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi yondashuvga ko‘ra, huquq normalariga «davlat talablari» sifatida qaraladi. Bunda davlat huquq manbayi sifatida ta’riflanadi. Davlat hokimiyati huquqqa tobe emas, balki undan ustun bo‘lib qoladi. Shunday qilib, davlatga birlamchi, huquqqa – ikkilamchi hodisa sifatida qaraladi. Ikkinchi yondashuvga ko‘ra, davlat, davlat hokimiyati huquqiy xususiyat kasb etadi. Davlat hokimiyati zamirida fakt emas, balki huquq yotishi kerak.
Davlat, garchi u huquqiy hujjatlar qabul qilsada, huquqning manbayi bo‘lishi mumkin emas. Chunki, davlat hokimiyatining o‘zi huquqdan kelib chiqadi, ya’ni uning vakolatlari huquq vositasida rasmiylashtiriladi. Davlat huquqdan emas, balki huquq davlatdan ustun turadi, uni muvozanatga soladi va chegaralaydi. 3. Huquq – umummajburiy xususiyatga ega normalar yoki xulqatvor qoidalari tizimi. Umummajburiylik (ya’ni, normativlik) huquq normalarida ifodalangan talablar jamiyatning barcha a’zolari tomonidan bajarilishi shartligini anglatadi. U huquq normasi bilan birga yuzaga keladi, u bilan birga rivojlanadi va huquq normasi ifodalangan hujjat bekor qilinishi bilan bir vaqtda barham topadi. Umummajburiylik nafaqat oddiy fuqarolar, mansabdor shaxslar, turli nodavlat organlari va tashkilotlari, balki davlatning o‘ziga nisbatan ham tatbiq etiladi. Basharti, huquqiy davlat, agar u og‘izda emas, balki amalda ma’rifatli va huquqiy bo‘lsa, u muqarrar tarzda o‘zini va o‘z organlarini huquq normalari talablarining umummajburiyligi bilan cheklaydi, o‘z faoliyatini qonun talablariga qat’iy muvofiq tarzda tashkil etadi va bu talablar ular ifodalangan normalar bilan birga belgilangan tartibda o‘zgartirilmagunicha yoki bekor qilinmagunicha ularga rioya qiladi. 4. Huquq – normativ xususiyatga ega rasmiy talab yig‘indisi. Normativlik barcha ijtimoiy normalarga taalluqli xususiyatdir, ammo, huquqning normativligi boshqa ijtimoiy normalardagiga qaraganda o‘zining qat’iyligi, imperativ (buyruq mayliga ega)ligi, davlat hokimiyatining kuchiga tayanganligi bilan ajralib turadi. Normativlik, ya’ni hayotiy munosabatlarni (vaziyatlarni) muayyan aniq tarzda me’yorlash, umumiy kelishilgan va rasmiy o‘rnatilgan qolip doirasiga kiritish hisoblanadi. 5. Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi. Huquq normalarida ifodalangan talablar buzilgan hollarda davlat majburlovi qo‘llaniladi. Davlat o‘zi qabul qilgan yoki tasdiqlagan hujjatlarga befarqlik bilan qaray olmaydi, u mazkur hujjatlarni amalga oshirishga katta kuch-g‘ayrat sarflaydi, ularni muhofaza qiladi va bajarilishini kafolatlaydi. Bunda keng qo‘llaniladigan usullardan biri – ishontirish, ikkinchisi – davlatning jismoniy va ruhiy majburlovi hisoblanadi.
27. Ҳуқуқ нормасининг таркибий элементлари бўлган гипотеза, диспозиция ва санкция тушунчаларини ёритиб беринг.saydullayev-125 odilqoriyev248
27. Gipoteza huquq normasining bir qismi boʼlib, unda dipozitsiyada koʼrsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur boʼlgan aniq hayotiy holat (voqea, harakat, hodisalar) oʼz ifodasini topadi”. Shuningdek, gipoteza huquq normasining harakatini, amal qilish shartini koʼrsatuvchi (vaqt, joy, subʼekt va boshqalar) yuridik faktlarni ifoda etuvchi tarkibiy qism sifatida ham eʼtirof etiladi. Taʼkidlash lozimki, gipoteza matni “agar”, “agarda”, “u holatda” kabi soʼzlari yoki shunga yaqin soʼzlar bilan boshlanishi ham mumkin. Oʼz navbatida, gipoteza ham bir necha turlarga boʼlinadi. Huquq normalarining amal qilishi bilan bogʼliq boʼlgan bitta shart-sharoit aks etgan gipoteza oddiy gipoteza hisoblanadi. Masalan, Prezident Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʼilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab oʼz lavozimiga kirishgan hisoblanadi (Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 92-modda
Murakkab gipotezada esa huquq normasining amal qilishi ikki yoki undan ortiq holatlarning mavjud yoki mavjud emasligiga bogʼliq ekanligi koʼrsatiladi Masalan, “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʼz ota-onalari haqida gʼamxoʼrlik qilishga majburdirlar” (Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 66-modda).
Аlternativ (muqobil) gipoteza esa huquq normalarining amal qilishi sanab oʼtilgan shart-sharoitlardan biriga bogʼliq ekanligini bayon etadi
Dispozitsiya huquq normasining bir qismi boʼlib, unda gipotezada koʼrsatilgan holatlar mavjud boʼlganida huquq subʼektlari rioya etishlari lozim boʼlgan xatti-harakat qoidasi (huquq va majburiyatlari) ifodalangan boʼladi
Oddiy dispozitsiya xulq-atvor, yurish-turishning konkret variantini, uning mazmunini toʼla ochib bermagan holda koʼrsatib oʼtadi. Masalan, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi mazmuniga binoan, Oʼzbekiston Respublikasi xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Murakkab dispozitsiya huquqiy munosabat subʼektining subʼektiv huquq va yuridik majburiyatlarining keng doirasini oʼz ichiga qamrab oladi, yaʼni bunda huquq subʼektining huquqlari yoki majburiyatlari sanab oʼtiladi
Muqobil dispozitsiyada xulq-atvor, yurish-turishning bir nechta variantlari koʼrsatib oʼtiladi va munosabat ishtirokchilari ulardan biriga amal qilishlari mumkin yoki shart.
Tavsiflovchi dispozitsiya – huquq subʼektlarining subʼektiv huquq va yuridik majburiyatlari hamda xatti-harakatlarining toʼliq bayonini ifoda etiladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 169-moddasi “Oʼgʼrilik”, yaʼni oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (qonunda, garchand bu mantiqan oʼrinli boʼlmasada, talon-toroj qilish deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushunarli boʼlishi uchun maʼlum bir maʼnoda, qisqa shaklda izoh beriladi.
Blanket dispozitsiya huquq normasida koʼrsatilgan huquq subʼektlarining subʼektiv huquq va yuridik majburiyatlarining mazmunini aniqlash uchun boshqa hujjatlarning normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi.
Havola etuvchi dispozitsiya deganda qoʼllanayotgan huquq normasi mansub boʼlgan normativ-huquqiy hujjatning boshqa normasiga (masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi – “Qiynash”) yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.
Sanktsiya – dispozitsiyada koʼrsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin boʼlgan taʼsir chorasi yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun ragʼbatlantirishning turi va oʼlchovi hisoblanadi.
Mutlaq aniq sanktsiyali huquq normalarida davlatning aniq bitta majburlov chorasi koʼrsatiladi
Nisbatan aniq sanktsiyali huquq normalari esa turli xil jazo turlaridan birini yoki huquqiy taʼsir choralaridan birini qoʼllashni nazarda tutadi
Kumulyativ sanktsiyali huquq normalari oʼzida asosiy jazodan tashqari qoʼshimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi.
28. “Ҳаракатлар стратегияси”да давлат ва жамият қурилишини такомиллаштиришга йўналтирилган демократик ислоҳотлар мазмунини амалий мисоллар орқали ёритиб беринг.
28. Yurtimizda ochiq va odil demokratik jamiyatni barpo etish, bozor munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asoslarda amalga oshirilmoqda. Bu asoslar iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng qo‘lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarni ta’minlab beradi. Konstitutsiya va mustaqillik yillari mobaynida qabul qilingan fundamental qonunlar hayotimizning barcha jabhalarini demokratlashtirishning, jamiyatni tubdan yangilash, uni modernizatsiya qilishning qudratli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Demokratik jamiyat, bozor iqtisodiyoti sari boshlangan sa’y-harakatning ortga qaytmasligi va barqarorligi uning huquqiy asoslarini mukammal tarzda
shakllantirishga bevosita bog‘liqdir. «Mustahkam huquqiy asos bo‘lgandagina, o‘z umrini yashab bo‘lgan tuzumni to‘la ishonch bilan qayta qurish, rivojlangan yuqori samarali bozor iqtisodiyotiga ega yangi jamiyatni qurish mumkin bo‘ladi». Yuqoridagi mulohazalar islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashning zarurligi va ahamiyatini to‘la tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra, qabul qilingan qonunlar va huquqiy normalarni uch yo‘nalishda guruhlashtirish mumkin: – siyosiy islohotlarni, davlat qurilishiga oid faoliyatni huquqiy ta’minlash; – iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta’minlash; – sud-huquqiy tizim sohasidagi islohotlarni, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini isloh qilishni huquqiy ta’minlash. Boshqacha aytganda, islohotlarni huquqiy ta’minlash deganda, barpo etilayotgan demokratik davlatchilik qurilishini, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni, mustaqil sud hokimiyati qaror topishi hamda inson huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish mexanizmini huquqiy rasmiylashtirish nazarda tutiladi.
Bugungi sharoitda mamlakatda islohotlarning mustahkam huquqiy bazasi vujudga keltirildi. Bular – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, huquqning asosiy sohalari manbayi bo‘lmish 16 ta kodeks, 850 dan ziyod qonunlar, 5000 ga yaqin Prezident farmonlari va 1500 dan ziyod qarorlari, 11000 ga yaqin Vazirlar Mahkamasi qarorlari, 2700 dan ortiq vazirliklar va davlat qo‘mitalarining normativ hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlardir. «Harakatlar strategiyasi» amalga oshirila boshlangach, 2017-yilning birinchi yarim yilida besh ustuvor yo‘nalishda amaliy faoliyatni ta’minlash doirasida 20 dan ortiq qonunlar, Prezidentning 180 dan ortiq farmon va 450 dan ziyod qarorlari qabul qilinib, faol qo‘llana boshlandi1. «Huquqiy islohot» iborasi o‘z mazmuniga jamiyat huquqiy tizimini isloh qilish, uni demokratik yangilash va ma’rifiy dunyo qadriyatlari hamda umume’tirof etilgan prinsiplar asosida takomillashtirish degan ma’noni qamrab oladi.
29. Давлат ва ҳуқуқ назариясида давлат-ҳуқуқ ҳодисаларини ўрганиш методларини баён этинг. Saydullayev-18 odilqoriyev 20
29. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari davlat va huquq hodisalarini oʼrganish usullari hisoblanadi.
Ular davlat va huquqning turli sohalari va jihatlarini ochib berishga koʼmaklashadi.
Davlat va huquq nazariyasining metodlarini toʼrt guruhga boʼlib koʼrsatish mumkin: 1) eng umumiy metodlar: metafizik va dialektik metodlar; 2) umumilmiy metodlar: analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya, tizimli, funktsional va boshqalar; 3) xususiy metodlar: sotsiologik, qiyoslash, statistik, mantiqiy va boshqalar; 4) xususiy-huquqiy metodlar: formal yuridik, qiyosiyhuquqiy, huquqiy modellashtirish va boshqalar.
Davlat va huquq nazariyasining metodlari uning predmeti bilan chambarchas bogʼliqdir. Аgarda fanning predmeti u nimani oʼrganadi degan savolga javob bersa, metod (usul)lari esa qanday oʼrganilishi haqidagi savolga javob beradi. Davlat va huquq nazariyasi xususiy ilmiy metodlardan ham foydalanadi. Bu metodlarga quyidagilar kiradi: formal-mantiqiy; formal-yuridik; qiyoslash; davlat va huquqni modellashtirish; sotsial-eksperiment va boshqalar.
Formal-mantiqiy usul – davlat va huquq obʼektining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy shaklda, mavhumlik va mantiqiy qonuniyatlarga asosan oʼrganadi. Formal-yuridik usul – huquq nomalarini va huquqning ichki tuzilishini oʼrganadi, huquqning shakllari va manbalarini tahlil qiladi. Umuman, bu usul davlat va huquqning tabiatidan kelib chiqqan holda davlat va huquqning fenomenini ochib berishga va maʼlum tizimga solishga yordam beradi. Qiyoslash usuli orqali davlat va huquq haqidagi hodisa va qarashlar (fikrlar) qiyoslab oʼrganiladi. Davlat va huquqni modellashtirish usulining mohiyati shundaki, turli davlat va huquq hodisalari oʼrtasida maʼlum bir oʼxshashlik mavjudligi bois ulardan birining xususiy belgilari (modeli)ni oʼrgangan holda boshqalari haqida yetarlicha fikr yuritish mumkin boʼladi. Sotsial-eksperiment usuli – davlat va huquqqa doir biror norma qoʼllanishining maqsadga muvofiqligini tajriba (eksperiment) yoʼli bilan muayyan hududlarda sinab koʼrish.
30. Ижтимоий фанлар тизимида давлат ва ҳуқуқ назариясининг тутган ўрни ва роли odilqoriyev-28 - saydullayev 23
30. Davlat va huquq nazariyasining falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, politologiya va boshqa fanlar bilan mustahkam bogʼliqligini koʼrish mumkin. Falsafa tabiat va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini oʼrganadi. Davlat va huquq nazariyasi esa falsafa qonuniyatlariga tayangan holda jamiyatda davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini oʼrganadi. Sotsiologiya fani jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etadi, jamiyat aʼzolarining huquqqa, huquqiy amaliyotga, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga boʼlgan munosabatini hamda ularning davlat va huquq hodisalarining bugungi holati va istiqboliga oid qarashlari va istaklarini oʼrganuvchi fandir. Mazkur fan davlat va huquq nazariyasi fani uchun tegishli maʼlumot va xulosalarni beradi.
. Siyosatshunoslik fani jamiyat siyosiy tizimini, siyosiy institutlar, siyosiy partiyalar, davlat hokimiyati, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyatini, davlat va shaxsning siyosiy-huquqiy munosabatlarini oʼrganadi. Mazkur fanlar jamiyatning iqtisodiy tizimini, yaʼni ishlab chiqarish munosabatlari, moliya, kredit, tadbirkorlik va boshqa shu kabi masalalarni oʼrgansa, davlat va huquq nazariyasi fani esa jamiyat siyosiy tizimining muhim tarkibiy qismi boʼlgan davlat va huquq hodisalariga oʼzining asosiy predmeti sifatida qaraydi.
31. Давлат ва ҳуқуқ назариясининг функциялари ёритиб беринг. Saydullayev19 odilqoriyev 33
31. Davlat va huquq nazariyasi fundamental fan sifatida bir qator funktsiyalarni bajaradi. Bularga ontologik, gnoseologik, evristik, metodologik, siyosiy-boshqaruvlik, mafkuraviy, prognozlash funktsiyalari kiradi. Ontologik funktsiya. Ontologiya – bu ijtimoiy hayot haqidagi qarashlar. Bunda uning printsiplari, tuzilishi va qonuniyatlari oʼrganiladi. Davlat va huquq nazariyasi ushbu funktsiyani bajara turib, davlat va huquq qanday va nima uchun yuzaga keldi, bugungi kunda ushbu hodisalar qanday qonuniyatlar asosida namoyon boʼlmoqda va kelajakda ularning rivojlanish tendentsiyalari qanday kechadi degan savollarga javob beradi. Gnoseologik funktsiya. Ushbu funktsiya bilishning tabiatiga, uning real muhitga munosabatini oʼrganishga qaratilgan. Evristik funktsiya (nazariy bilish). Evristika – bu haqiqatni, yangiliklarni izlab topish sanʼati. Ushbu funktsiya yordamida davlathuquq hodisalarni oʼrganibgina qolmasdan, balki uning bugungi kundagi rivojlanish qonuniyatlariga oid yangi bilimlarni ochish mumkin boʼladi. Metodologik funktsiya. Yurisprudentsiya uchun fundamental fan hisoblanadigan davlat va huquq nazariyasi sohaviy yuridik fanlarga nisbatan metodologik funktsiyasini bajaradi. Bunda ushbu fanlarni zaruriy tushuncha va kategoriyalar bilan qurollantiradi, ularning oʼrganish obʼekti va predmeti doirasini chegaralab beradi. Siyosiy-boshqaruvlik funktsiyasi. Davlat va huquq nazariyasi davlat ichki va tashqi siyosatining ilmiy asosini shakllantirishga hamda davlat boshqaruvining ilmiyligini taʼminlashga, davlat qurilishidagi koʼpgina muammolarni yechishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Mafkuraviy funktsiya. Davlat va huquq nazariyasi ushbu funktsiya orqali ijtimoiy hayotga, kishilarning xulqiga nafaqat davlat va huquq orqali, balki toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsir oʼtkazadi, huquq subʼektlarining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda hamda ijtimoiy hayotni tartibga solishda gʼoyaviy omil sifatida yuzaga chiqadi. Prognozlash funktsiyasi. Davlat va huquq sohasining kelajakdagi holatini ilmiy oʼrganish va bashoratlash muhim ahamiyatga ega. Chunki buning natijasida davlat va huquqning istiqboliga oid ilmiy maʼlumotlarga ega boʼlish mumkin.
32. Давлат ва ҳуқуқнинг пайдо бўлиши тўғрисидаги таълимотлар ва уларнинг моҳияти. Saydullayev-. 34Odilqoriyev 47 bet
32. davlat kelib chiqishining “osiyocha” va “evropacha” yoʼllari mavjudligini koʼrsatib oʼtish mumkin. “Osiyocha” yoʼl. Osiyoda dastlabki davlatlar bundan besh ming yillar oldin Nil, Tigr, Hind, Ganga, Yantszi, Yevfrat kabi yirik daryolarning havzalarida yuzaga kelgan. Ushbu hududlarda davlat vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi: -sugʼorma dehqonchilikning rivojlanishi natijasida yirik irrigatsion tarmoqlarni tashkil etish yuzasidan ommaviy ishlarni yoʼlga qoʼyishning zarurati; -mazkur ishlarga aholini keng miqyosda jalb etilishi; -irrigatsion ishlarga jalb etilgan kishilar ustidan yagona va markazlashgan rahbarlikni amalga oshirishning zarurati va boshqalar; “Evropacha” yoʼl. Yevropada davlatlarning vujudga kelishida asosiy omil boʼlgan xususiy mulkning shakllanishi jamiyatda mulkiy tengsizlikning va shu asosda turli xil tabaqalarning yuzaga kelishiga sabab boʼlgan. Shu bilan birga, turli xalqlarda davlatning vujudga kelishida yuqoridagi omillar bilan bir qatorda boshqa omillar ham muhim oʼrin tutgan. Davlatlarning kelib chiqishi quyida koʼrsatib oʼtiladigan turli xil nazariyalar doirasida tadqiq etiladi. Teologik nazariya. Teologik (diniy) nazariya (yunoncha theos – xudo, logos – tushuncha, taʼlimot, xudo toʼgʼrisidagi taʼlimotni anglatadi. Diniy taʼlimotlar davlat va huquqning vujudga kelishi toʼgʼrisidagi ilk taʼlimotlardir. Davlatchilik va huquq shakllanishi bilan uni diniy, ilohiy tarzda tushunish yuzaga kelgan. Аvreliy Аvgustin (354–430), Аl-Mavardi (974–1058), Ibn Rushd
(1126–1198), Foma Аkvinskiy (1225–1274), Ibn Xaldun (1332–1406) kabi mutafakkirlar hamda yahudiylik, xristianlik va islom dini vakillari tomonidan davlat va huquqning kelib chiqishi diniy asosda tushuntiriladi. Ushbu nazariya vakillarining fikricha, butun olam, shu jumladan davlat va huquqning kelib chiqishi ham xudoning irodasi bilan bogʼliq. Podsho va din vakillari xudoning irodasini ifodalovchilardir. Shuning uchun ham fuqarolar ularning amriga soʼzsiz boʼysunishlari lozim boʼladi. Ushbu nazariya XII–XIII asrlarda yuqori mavqega ega boʼldi. Bu davrda Gʼarbiy Yevropada esa “ikki qilich” nazariyasi keng ommalashgan. Unga koʼra cherkov bitta qilichni oʼzida saqlagan boʼlsa, ikkinchi qilichdan foydalanish huquqini hukmdorlarga jamiyatdagi masalalarni hal qilish uchun taqdim etadi. Shu bois Yevropa davlatlari monarxlari hokimiyati qonuniy boʼlishi uchun katolik cherkovi boshligʼi Rim papasidan yorliq olishlari lozim boʼlgan. Shu bilan diniy tashkilot boʼlgan cherkovning dunyoviy davlat ustidan ustunligi taʼminlangan. Patriarxal nazariya. Mazkur nazariyaning asoschilari Аristotel, Аflotun va Konfutsiy hisoblanadi. Lekin ushbu nazariya XVII–XVIII asrlarda Genri Men, Mixaylovskiy kabi olimlarning asarlari orqali keng tarqaldi. Mazkur nazariya namoyandalarining fikricha, davlat oilaning rivojlanishi asosida vujudga kelgan. Ibtidoiy oilaga ota boshchilik qilib, keyinchalik davlat vujudga keladi va ota hokimiyati merosiy boʼladi. Аflotun oʼzining “Davlat” deb nomlangan mashhur asarida oiladan oʼsib chiqqan yuksak adolatli davlatni tasvirlaydi. Unda podsho hokimiyati otaning oʼz oila aʼzolari ustidan hukmronligiga oʼxshatiladi.
Patriarxal nazariya gʼoyalari XVII asrda ingliz olimi Filmerning “Patriarx” asarida rivojlantirildi. U mazkur asarida hokimiyatning xudodan olingani, keyin uning toʼngʼich oʼgʼli – Patriarxga, undan keyingina oʼz avlodlari – qirollarga berilganini isbotlaydi. Mazkur nazariyada davlat katta oila sifatida tavsiflanadi. Hukmdorning hokimiyatiga millat otasining hokimiyati sifatida qaraladi. Hukmdor xuddi oila boshligʼi kabi jamiyat aʼzolari haqida qaygʼurishi, oʼz navbatida, oila aʼzolari otaga qanday boʼysungan boʼlsa, davlat boshligʼiga ham shunday sodiq va itoatkor boʼlishlari lozim. Ijtimoiy shartnoma nazariyasi. Mazkur nazariya XVII–XVIII asrlardan boshlab keng tarqalgan boʼlsada, u dastlab Hindiston va qadimgi Xitoy mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan. Ushbu nazariya vakillarining (J.Lokk, T.Gobbs, B.Spinoza, А.Radishchev, J.Russo, G.Grotsiy) fikricha, davlat hokimiyati kishilarning oʼzaro birlashib ixtiyoriy shartlashganliklarining ifodasidir. Bunda davlat va jamiyat oʼrtasida oʼzaro huquq va majburiyatlar tizimi vujudga kelib, oʼz navbatida, ularda shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun javobgarlik tugʼiladi. Davlatning vujudga kelishi toʼgʼrisidagi shartnoma nazariyasi tabiiy huquq nazariyasi negizida vujudga kelib, oʼrta asrlarda shakllanib kelayotgan yangi tabaqa uchun hukmdorning mutlaq hokimiyatini cheklash, insonning hokimiyatdan mustaqil erkin iroda egasi ekanligini asoslashga xizmat qildi. Mazkur nazariyaning mazmuni inson huquqlari ular tugʼilganidan yuzaga keladi degan gʼoyani oʼz ichiga qamrab oladi. Rim huquqshunoslari fuqarolar huquqlari va xalqlar huquqlari bilan birga tabiiy huquqni ham ajratib koʼrsatgan. Bugungi kunda tabiiy huquqlar har qanday davlat uchun umummajburiy norma sifatida eʼtirof etiladi va ularning bu boradagi majburiyatlari xalqaro huquq normalari bilan belgilab qoʼyilgan. Ijtimoiy shartnoma nazariyasining koʼpgina gʼoyalari demokratik davlatlarning konstitutsiyalarida oʼz ifodasini topgan. Shu maʼnoda davlatning asosiy qonuni hisoblanadigan konstitutsiyalarni muayyan darajada ijtimoiy shartnoma deb taʼriflash mumkin. Chunki unda inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari bilan bir qatorda ularning burchlari koʼrsatib oʼtiladi. Oʼz navbatida, davlatning jamiyat va fuqarolarga nisbatan huquq va majburiyatlari ham konstitutsiyalarda mustahkamlanadi. Bir soʼz bilan aytganda, demokratik davlatda davlat va fuqaro oʼzaro huquq va majburiyat orqali bogʼlangan boʼladi. Materialistik nazariya. Ushbu nazariyaning asosiy qoidalari F.Engelьs (“Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi” asari) K.Marksning asarlari masalan, “Kapital”da ifodalangan. Ularning fikricha, davlat, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, bir-biriga qarama-qarshi sinflarning yuzaga kelishi natijasida vujudga kelgan. Bunda davlat iqtisodiy va siyosiy jihatdan hukmron boʼlgan tabaqalarning quyi tabaqalarni bostirib turish vositasi sifatida maydonga chiqadi. Mazkur nazariyaga koʼra murosasiz sinfiy qarama-qarshiliklar faqat muayyan tarixiy sharoitlardagina davlat vujudga kelishi sababi sifatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Shuningdek, umumiy ishlarni ado etish, jamiyatni boshqarishni takomillashtirish, mehnat taqsimotining bir shakli sifatida ushbu boshqaruvni ixtisoslashtirish zarurati davlatning vujudga kelishi sabablari sifatida keltirib oʼtiladi. Zoʼravonlik nazariyasi. Mazkur nazariya vakillari (E.Dyuring, L.Gumplovich, K.Kautskiy (XIX asr)) davlatning vujudga kelishiga harbiy-siyosiy omillar sabab boʼlgan deb hisoblaydi. Yaʼni zoʼravonlik nazariyasining asosida davlat va huquqni kelib chiqishining bosh sababi – bosqinchilik, zoʼravonlik va bir qabilani ikkinchi qabila tomonidan zulmga duchor etish degan gʼoya yotadi. Bunda davlat bosib olingan hududlar (xalqlar)ni boshqarish uchun zoʼrlov apparati vazifasini oʼtaydi. Taʼkidlash joizki, Yevropadagi ayrim xalqlar, xususan, german qabilalari va vengerlarda davlatning kelib chiqishida aynan harbiy-siyosiy omillar muhim rolь oʼynagan. Psixologik (ruhiy) nazariya. Mazkur nazariya XIX asrlarda yuzaga kelgan boʼlib, uning asosiy gʼoyalari G.Tard, L.Petrajitskiy va boshqalarning asarlarida oʼz ifodasini topgan. Ularning fikricha, kishilarning ruhiyati jamiyatning, shu jumladan axloq, huquq, davlatning rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omildir. Psixologik nazariya vakillari jamiyat va davlatni insonlarning ruhiy uyushmasi sifatida ham talqin etadilar. Unga koʼra, huquqning negizi boʼlib individual ong hisoblanadi. Ularning fikricha, davlat hokimiyati biror-bir kishining irodasi emas, balki fuqarolarning davlatga bogʼliqligi toʼgʼrisidagi ruhiy tasavvurlaridan kelib chiquvchi kuchdir. Irrigatsion nazariya. Ushbu nazariyaning asosiy namoyandasi nemis olimi K.Vittfogelь hisoblanadi. Uning fikricha, davlat Sharq xalqlarida yirik irrigatsion inshootlarini barpo etish zarurati asosida kelib chiqqan. Mesopatamiya, Misr, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlarda yirik irrigatsion qurilish ishlarini tashkil etish uchun kuchli, markazlashgan boshqaruv apparati tashkil etilgan. Mazkur nazariya vakillarining fikricha, geografik va iqlim omillari ham davlatning kelib chiqishiga taʼsir oʼtkazadi. Shu bois noqulay boʼlgan shart-sharoitlarda qishloq xoʼjaligini tashkil etish muammolarini hal etish Sharqdagi ayrim hududlarda davlatning kelib chiqish jarayonini tezlashtirgan.
33. Давлат, унинг моҳияти ва белгиларини тушунишда ёндашувлар хилма-хиллигини баён этинг. Saydullayev- 46 odilqoriyev-69
33. Давлатнинг моҳияти деганда унинг мазмуни, мақсади, давлат ҳокимиятининг қайси ижтимоий-сиёсий гуруҳларга мансублиги ва у кимнинг манфаатларига хизмат қилиши каби масалалар мажмуи тушунилади.
Давлатнинг моҳиятига оид замонавий ёндашувларга кўра жамиятнинг хавфсизлигини таъминлаш, турли ижтимоий гуруҳлар манфаатларини мувофиқлаштириш ва ижтимоий муросага эришиш жамият ва давлат ўртасида ҳамкорликда намоён бўлади. Шунингдек, давлатнинг моҳияти муайян ижтимоий гуруҳнинг манфаатларига нисбатан умуминсоний қадриятларнинг устуворлигини тақозо этади, бунда давлат ижтимоий барқарорлик кафили, жамиятнинг узлуксиз ривожини таъминлаш механизми сифатида намоён бўлади.
давлат (умумижтимоий мазмунда) – бу муайян ҳудудда олий ҳокимиятни амалга оширувчи, махсус бошқарув аппаратига эга бўлган, жамиятдаги барча ижтимоий-сиёсий гуруҳларнинг манфаатларини ифода этувчи, уларни бирлаштириб ва мувофиқлаштириб турувчи сиёсий ташкилот;
давлат (юридик мазмунда) – бу муайян ҳудудда оммавий ҳокимиятни амалга оширадиган, умуммажбурий нормалар ўрнатадиган ва суверенитетга эга бўлган сиёсий ташкилот.
34. Замонавий Ўзбекистон давлатининг асосий функциялари.saydullayev-67 odilqoriyev-104 dan
34. Маълумки, давлат функциялари билан боғлиқ масалаларни ўрганиш унинг мазмун-моҳияти, жамиятда тутган ўрни ва ижтимоий вазифасини янада чуқурроқ англаб олишга хизмат қилади. Ҳар қандай давлатнинг моҳияти, энг аввало, унинг фаолиятида, функцияларида намоён бўлади. Давлатнинг фаолият соҳалари хилма-хил бўлганлигини ҳисобга олиб, унинг фаолияти бош йўналишларини алоҳида ажратиш зарурати келиб чиққан. Ана шу бош йўналишларда давлат моҳияти мужассам бўлади, амалга оширилади ва ривож топади ҳамда улар давлатнинг мавжуд бўлиш тарзини ифода этади.
Давлат функциялари – бу давлатнинг мақсад ва вазифаларини амалга оширишга қаратилган давлат фаолиятининг асосий (бош) йўналишларидир. Давлат ўз олдига қўйган мақсадга эришиши учун маълум бир вазифаларни ҳал қилиши лозим, бу эса, ўз навбатида, ушбу вазифаларни бажаришга қаратилган тегишли функцияларни амалга оширишни тақозо этади.
Давлат функциялари фаолият доираси бўйича ички ва ташқи функцияларга бўлинади.
Ички функциялар давлатнинг ички вазифаларини ечишга йўналтирилган бўлиб, давлатнинг жамият ҳаёти устидан раҳбарлигини амалга оширишга қаратилган фаолиятининг асосий йўналишларини намоён қилади.
Ташқи функциялар эса халқаро-ҳуқуқий муносабатларнинг субъекти сифатида иштирок этаётган давлатнинг давлатлараро миқёсдаги вазифаларни ҳал қилиши билан боғлиқдир.
Давлат функциялари амал қилиш давомийлиги бўйича доимий ва муваққат (вақтинчалик)га бўлинади.
Доимий функциялар қаторига давлат мавжудлигининг ва ривожланишининг барча босқичларига хос бўлган функциялар (масалан: иқтисодий функция) киритилса, муваққат функцияларга эса давлат ўз олдига қўйган муайян мақсад ва вазифаларни амалга ошириши билан ўз аҳамиятини йўқотадиган функциялар киритилади (масалан, табиий ёки техноген ҳалокат ва уларнинг оқибатларини бартараф этиш ва бошқалар).
Ижтимоий аҳамиятига кўра давлат функциялари асосий ва асосий бўлмаган функцияларга бўлинади.
Давлатнинг асосий ва асосий бўлмаган функциялари ўзаро бир-бири билан боғлиқ бўлиб, давлат тараққиётининг муайянбосқичида у ёки бу функциялар ижтимоий аҳамияти юзасидан устувор аҳамият касб этади. Албатта, бундай таснифлаш шартли аҳамият касб этади.
Давлат функцияларини амалга оширишнинг ҳуқуқий шакллари бўйича қуйидагиларга бўлиш мумкин:
ҳуқуқ ижодкорлиги;
ижро этиш;
ҳуқуқни муҳофаза қилиш.
Ҳуқуқ ижодкорлиги бу норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни тайёрлаш ва уларни қабул қилиш бўлиб, мазкур фаолиятсиз давлатнинг бошқа функцияларини амалга ошириб бўлмайди.
Ҳуқуқни ижро этиш функцияси норматив-ҳуқуқий ҳужжатларда мустаҳкамлаб қўйилган қоидаларни амалга оширишга қаратилган фаолиятдир.
Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолиятига ҳуқуқ-тартиботни сақлаш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш, қонун ҳужжатларига риоя этилишини таъминлаш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш бўйича чора кўриш, юридик ишларни кўриб чиқиш ва улар юзасидан қарорлар қабул қилиш кабиларни киритиш мумкин.
35. Давлатгача бўлган жамиятларда ижтимоий нормалар ва ижтимоий ҳокимият saydullayev-.30 Odilqoriyev
35. Ижтимоий нормалар тизими – бу жамиятда кишилар хулқ-атворини, муайян гуруҳ ва жамоалар ўртасидаги муносабатларни тартибга солувчи қоидалар мажмуидир.
Ижтимоий нормаларнинг қуйидаги турлари мавжуд:
1) ахлоқ нормалари;
2) сиёсий нормалар;
3) диний нормалар;
4) корпоратив нормалар;
5) урф-одат нормалари;
6) анъана нормалари;
7) ҳуқуқ нормалари ва бошқалар.
Ахлоқ нормалари – адолат ва адолатсизлик, яхшилик ва ёмонлик, эзгулик ва ёвузлик, мақтов ва иснод, жамият томонидан рағбатлантириладиган ёки қораланадиган хатти-ҳаракатлар, ор-номус, виждон, бурч, қадр-қиммат кабилар кўринишида ижтимоий ҳаёт шароитларининг бевосита таъсири сифатида кишилар онгида шаклланадиган қарашлар, тасаввурлар ва қоидалардир.
Сиёсий нормалар – жамиятни бошқариш жараёнида сиёсий ҳокимият субъектларининг ўзаро ва шахслар билан бўладиган муносабатларини тартибга солувчи қоидалар.
Диний нормалар – шахсларнинг ибодатга, муайян дин ҳукмрон мафкура бўлган мамлакатларда эса ўзаро муомаласига оид муносабатларни ҳам тартибга солишга қаратилган қоидалар.
Корпоратив нормалар – шахсларнинг муайян уюшмалари, гуруҳлари доирасида юзага келадиган муносабатларни тартибга солишга қаратилган хулқ-атвор қоидалари.
Урф-одат нормалари – кишилар ўртасида кўп марта такрорланганлиги сабабли одатга айланган ва шу тариқа авлоддан-авлодга ўтиб келаётган хулқ-атвор қоидалари.
Анъанавий нормалар – жамиятда қарор топган илғор, ижобий анъаналарни асраш муносабати билан юзага келадиган умумлашган ва барқарор хулқ-атвор қоидалари.
36. Давлат ҳокимияти – ижтимоий ҳокимиятнинг муҳим шакли сифатида saydullayev-50 odilqoriyev
36. Hokimiyat deganda umumiy maʼnoda muayyan subʼektning (individ, jamoa, tashkilot) boshqa subʼekt (individ, jamoa, tashkilot)
irodasini va yurish-turishini shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yuzasidan boʼysundirishi tushuniladi. Muayyan hodisa sifatida hokimiyat quyidagi belgilarga ega: 1. Hokimiyat ijtimoiy hodisa hisoblanadi. 2. Hokimiyat jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlariga xos boʼlgan hodisadir. 3. Hokimiyat faqat ijtimoiy munosabatlar doirasidagina amalda boʼladi. 4. Hokimiyat munosabatlari ikki tomonlama koʼrinishga ega boʼlib, uning muayyan bir subʼekti hokimiyat subʼekti boʼlsa, ikkinchi tomoni esa hokimiyatga boʼysunuvchi subʼekt hisoblanadi. 5. Hokimiyatning eng muhim belgilaridan biri, bu uning muayyan kuchga egaligidadir. Bunday kuch turli xil shaklda boʼlishi mumkin, yaʼni jismoniy kuch, harbiy kuch, avtoritet kuchi, ishonch, estetik taʼsir va boshqalar. Hokimiyatni turli xil mezonlar boʼyicha tasniflash mumkin. Xususan, ijtimoiy darajalariga koʼra u quyidagicha tasniflanadi: a) butun jamiyat doirasidagi hokimiyat; b) u yoki bu jamoa doirasidagi hokimiyat; v) ikki individ munosabatlari oʼrtasidagi hokimiyat. Hokimiyat, shuningdek siyosiy va nosiyosiy turlarga boʼlinadi. Siyosiy hokimiyatning shakllari sifatida davlat hokimiyati, muayyan siyosiy partiyalar hokimiyati, siyosiy liderlar hokimiyatlarini koʼrsatib oʼtish mumkin. Hokimiyatni amalga oshirish usul va vositalaridan kelib chiqib, uning demokratik yoki nodemokratik shakllari mavjud.
37. Глобаллашув жараёни ва давлат функцияларининг замонавий концепциялари saydullayev- odilqoriyev
38. Ҳокимиятлар бўлиниши – давлат ҳокимиятини ташкил этишнинг ҳуқуқий шакли сифатида saydullayev-83 odilqoriyev-138
38. Hokimiyatlar boʼlinishi printsipi – bu davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlariga taqsimlanishidir. Davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi (mohiyati) – bu hokimiyat har uchala tarmogʼining muvozanatini, tengligini hamda ularning oʼzaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi taʼsir etishini taʼminlovchi tizimdir. Аyni paytda ushbu organlar vakolatlari shundayki, ular bir-biridan xoli harakat qila olmaydi va davlat hokimiyati uch mustaqil tarmoq kooperatsiyasi jarayonida amalga oshiriladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi printsipi mazmunini tavsiflochi quyidagi jihatlarni koʼrsatib oʼtish mumkin: demokratik davlatlarda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari oʼzaro yagona davlat mexanizmi bilan chambarchas bogʼlanibgina qolmay, balki ular nisbatan mustaqil hamdir; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funktsiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari oʼrtasida hokimiyatlarning muayyan nisbati mavjud boʼladi hamda cheklovlar va muvozanat tizimi amal qiladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi printsipi davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri boʼlib, unga koʼra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga boʼysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinadi (ular bilan bir qatorda baʼzan taʼsis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu printsipning vazifasi davlat hokimiyati toʼlaligicha bir shaxs yoki organ qoʼlida jamlanishiga yoʼl qoʼymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning toʼliq bir shaxs yoki organ qoʼlida jamlanishi demokratiya va inson huquq hamda erkinliklariga bevosita xavf tugʼdiradi, avtoritar tuzum oʼrnatilishiga olib keladi. Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash nazariyasi frantsuz mutafakkiri Sh.L.Monteskьening “Qonunlar ruhi haqida” asarida bayon etilgan. Uning fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha bir-biriga tobe boʼlmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud boʼlishi shart. Ularning har qanday koʼrinishda biron-bir organ yoki shaxs qoʼlida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiisteʼmolliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qoʼlda birlashtirilishi qonunning ustun boʼlishiga zarar yetkazadi, agar, sudьyalar faqat sudlov bilan mashgʼul boʼlmay, qonun yaratish ishi bilan shugʼullansa, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi printsipi ilk bor 1787 yilgi АQSh Konstitutsiyasida oʼz ifodasini topgan. Ushbu printsipga koʼra hokimiyat vakolatlari nafaqat uning turli tarmoqlari oʼrtasida taqsimlanadi, balki “oʼzaro muvozanat va cheklovlar tizimi” orqali ular bir-birini nazorat qiladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi tamoyili Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qoʼyilgan. Unga koʼra “Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinishi printsipiga asoslanadi”. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi printsipini Oʼzbekiston Respublikasida joriy qilishdan maqsad mamlakatda demokratiyalashtirish jarayonini tezlashtirish, davlat mexanizmini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinlarining ustuvorligini tan olish va pirovardida huquqiy davlat barpo etishdir. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi printsipi hokimiyatning suiisteʼmol qilinishidan, byurokratizmdan va siyosiy hayotdagi bosh-boshdoqlikdan qutulish, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini taʼminlash, ularning oʼzaro munosabatlarini tartibga solish imkoniyatini beradi.
39. Ҳуқуқ тушунчаси, белгилари, моҳияти ва принципларини ёритиб беринг.saydullayev-98 odilqorieyv-184
39. Huquq (yuridik maʼnoda) – bu davlat tomonidan himoya qilinadigan, oʼzida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy xulq-atvor qoidalari yigʼindisi. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator boʼlib, uning bu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan boʼladigan muntazam aloqadorlikni taʼminlaydi. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil, biroq shunga qaramay ular maʼlum darajada ixtisoslashadi, mazmunan muayyan guruhlarga birlashadi. Ushbu obʼektiv jarayonni parallel ravishda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq ham oʼz boshidan kechirishini kuzatishimiz mumkin. Yaʼni umummajburiy xulq-atvor, yurish-turish qoidalari ham tegishincha guruhlanadi, tizimlanadi va yaxlit huquqni tashkil etadi. Huquq printsiplari – bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi mohiyatini ifodalovchi boshlangʼich normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, gʼoyalar va qoidalardir. Huquq printsiplari, avvalambor, huquq qonuniyatlarini ifodalaydi, qolaversa, butun huquqiy tartibga solish sohasida amal qiladigan va barcha subʼektlarga nisbatan qoʼllanadigan eng umumiy normalardan iborat boʼladi. Huquq printsiplari huquq ijodkori uchun dasturiy gʼoyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini takomillashtirish yoʼllarini belgilab beradi. Huquq printsiplari, qoida tariqasida, Konstitutsiyada, qonunlar va kodekslarning muqaddima yoki umumiy qoidalar qismida maxsus tartibda belgilab qoʼyiladi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmunidan quyidagi huquqiy printsiplarni, yaʼni huquq ustunligi, demokratizm, inson huquqlari va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari va normalarining amal qilishi, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi, teng huquqlilik, barcha mulk shakllarining tengligi, odil sudlov printsiplarini anglash mumkin. Huquq printsiplari taʼsir etish doirasiga koʼra umumhuquqiy, sohalararo va sohaviy tamoyillarga boʼlinadi. Umumhuquqiy printsiplar huquq tizimining barcha sohalariga tegishli boʼlib, jumladan adolatlilik, fuqarolarning qonun oldida huquqiy jihatdan tengligi, insonparvarlik, qonuniylik, demokratizm, huquq va majburiyatlar birligi kabilarni koʼrsatib oʼtish mumkin; Sohalararo printsiplar huquq tizimining ikki yoki undan ortiq sohalariga oid boʼlib, ular quyidagilar: javobgarlikning muqarrarligi, oshkoralik, fuqarolik protsessual va jinoiyprotsessual huquqdagi tortishuvlilik tamoyili va boshqalar; Sohaviy printsiplar huquq tizimining muayyan bir sohasi mazmun-mohiyatining rahbariy qoidasi sifatida namoyon boʼladi. Masalan, mulkiy munosabatlarda tomonlarning tengligi (fuqarolik huquqi); jinoyat jarayoni huquqida aybsizlik prezumptsiyasi va boshqalar. Huquqning mohiyati deganda uning mazmuni va maqsadi tushuniladi. Huquqning mazmuni va mohiyati uning asosiy va barqaror xususiyatlarini namoyon etadi. Shu bilan birga, huquqning mohiyatini belgilashda quyidagi ikkita jihat, yaʼni har qanday huquq, eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi vazifasini bajarishi hamda mazkur vosita kimning manfaatlariga xizmat qilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqning mohiyati davlatning ijtmioiy-iqtisodiy tuzumi, siyosati, axloq, madaniyat va boshqa hodisalar bilan oʼzaro bogʼliq boʼladi. Oʼz mohiyatiga koʼra huquq umumijtimoiy xarakterga ega.
40. Ўзбекистон Республикасининг Конституциясида жамият, давлат ва ҳуқуқ масалаларининг ифодаланиши
40. Konstitutsiya mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida shaxs – jamiyat – davlat tizimida oʼzaro uygʼunlikka va mutanosiblikka erishini taʼminlashga xizmat qiladi. Unda shaxs, jamiyat va davlat oʼrtasidagi munosabatlarning asosiy printsiplari, davlat hokimiyatining tuzilishi, subʼektlari, hokimiyatni amalga oshirish mexanizmi belgilangan hamda jamiyat, inson va fuqaroning davlat tomonidan qoʼriqlanadigan huquqlari mustahkamlangan. Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda yashayotgan xalqning irodasini aks ettiradi. Konstitutsiya, avvalambor, umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro huquqning ustunligi printsipiga amal qiladi. Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi olti boʼlimdan iborat boʼlib, unda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (ikkinchi boʼlim), jamiyat va shaxs (uchinchi boʼlim), maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishi (toʼrtinchi boʼlim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (beshinchi boʼlim) bilan bogʼliq qoidalar oʼz ifodasini topgan. Ularda jamiyat, davlat va huquqqa oid asosiy konstitutsiyaviy tamoyillar belgilab qoʼyilgan. Konstitutsiyaning muqaddimasida uning asosiy maqsadi “insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish” ekanligi alohida taʼkidlanadi. Suveren, demokratik huquqiy davlat shaxs hamda jamiyat huquq va erkinliklarining himoyachisidir. Shu maʼnoda, Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat oʼrtasidagi oʼziga xos ijtimoiy shartnoma sifatida namoyon boʼladi. Konstitutsiyaga binoan davlat fuqarolarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng huquq va erkinliklar beradi hamda ularning amalga oshirilishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, uning 19-moddasida koʼrsatilganidek, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʼyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʼyishga hech kim haqli emas. Konstitutsiyaning 44-moddasiga binoan har bir shaxsga oʼz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʼayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Davlat fuqarolarga huquq va erkinliklar berish bilan birga, ularning zimmasiga muayyan masʼuliyat ham yuklaydi. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga hamda Konstitutsiyada koʼzda tutilgan boshqa burchlarni ogʼishmay bajarishga majburdirlar. Har qanday davlatda inson va jamiyat, shaxs va jamoa oʼzaro aloqador boʼlib, shaxs jamoaning bir aʼzosi hisoblanadi. Shaxsning ham, jamoaning ham oʼz manfaatlari boʼladi. Konstitutsiyamiz ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uygʼunligini kafolatlaydi. Shu bilan birga, shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlarga ziyon keltirmasligi lozimligini qonunlashtirib beradi. Аynan Konstitutsiyaning 20-moddasi fuqarolar oʼz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart deb belgilaydi. Demak, har bir fuqaro Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklardan foydalanar ekan, boshqa shaxslarning manfaatlari bilan ham hisoblashmogʼi lozim. Ushbu printsip Konstitutsiyaning boshqa moddalarida ham belgilangan. Masalan, 48-moddaga koʼra fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadrqimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Konstitutsiyada mustahkamlab koʼyilgan shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar va demokratik erkinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar fuqarolik jamiyatida inson shaxsining moddiy, maʼnaviy, ijtimoiy-siyosiy jihatlardan shakllanishi va rivojlanishi, oʼzidagi barcha qobiliyat va isteʼdodni toʼla roʼyobga chiqarishi, Vatanimiz, xalqimiz va millatimizning fidoyi, jasur kishisi, komil inson boʼlishiga keng imkoniyat ochib beradi. Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining uygʼunligi oʼz aksini topib, bunda, avvalo, shaxs, soʼngra jamiyat va undan keyin davlat manfaatlari himoya qilinishi nazarda tutiladi.
41. Ҳуқуқнинг моҳияти ҳақидаги турли назарияларни муҳокама қилинг. Saydullayev-101 odilqoriyev 173
41. Huquq ( yuridik ma’noda ) – bu davlat tomonidan himoya qilinadigan, o’zida erkinlik, tenglik va adolat tamoillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy xulq – atvor qoidalari yig’indisi.
моҳияти деганда унинг мазмуни ва мақсади тушунилади. Ҳуқуқнинг мазмуни ва моҳияти унинг асосий ва барқарор хусусиятларини намоён этади. Шу билан бирга, ҳуқуқнинг моҳиятини белгилашда қуйидаги иккита жиҳат, яъни ҳар қандай ҳуқуқ,энг аввало, ижтимоий муносабатларни тартибга солувчи воситасифатидаги вазифасини бажариши ҳамда мазкур восита кимнинг манфаатларига хизмат қилиши алоҳида аҳамият касб этади.
Ҳуқуқнинг моҳияти давлатнинг ижтмиоий-иқтисодий тузуми, сиёсати, ахлоқ, маданият ва бошқа ҳодисалар билан ўзаро боғлиқ бўлади. Ўз моҳиятига кўра ҳуқуқ умумижтимоий характерга эга. Бу демократик давлатларнинг моҳиятида қуйидагичанамоён бўлади: ўзаро келишилган умумижтимоий иродани ифода этади;аҳолининг барча қатламлари манфаатларига хизмат қилади; ижтимоий алоқаларнинг ташкилийлиги ва ривожланиб боришини таъминлайди; ҳуқуқий муносабатлар субъектларининг эркинлиги ва жавобгарлигининг ўлчови ҳисобланади; турли-туман эҳтиёж ва манфаатларни қондириш воситаси сифатида майдонга чиқади.Юридик фанда ҳуқуқнинг моҳиятиюзасидан турли хил назариялар мавжуд.Табиий ҳуқуқ назарияси(Локк, Руссо, Монтескье, Радишчев(XVII–XVIII асрлар)).Илмий йўналиш сифатида ушбу назария узоқ тарихга эга. Унинг асосий қоидалари қадимги даврдаёқ шаклланиб улгурган. Ушбу назариянинг моҳияти шундан иборатки, давлат томонидан яратиладиган позитив (ижобий) ҳуқуқдан ташқари барчаучун умумий бўлган ва позитив ҳуқуқдан устун турувчи табиий хуқуқ ҳам мавжуд. Позитив ҳуқуқ табиий ҳуқуқ талабларига, яъни яшаш ҳуқуқи, эркин ривожланиш, меҳнат қилиш, жамият ва давлат ишларида қатнашиш ва бошқаҳуқуқларга асосланади. Қадимги Рим ҳуқуқшунослари табиий ҳуқуқни фуқаролик ҳуқуқлари ҳамда халқлар ҳуқуқлари билан бир қаторда табиат қонунлари ва нарса-ҳодисаларнинг табиий тартиби ифодаси сифатида алоҳида ажратиб кўрсатган. Шунингдек, инсоннинг табиий, туғма ҳуқуқлари кўпчилик давлатларда конституциявий тарзда мустаҳкамлаб қўйилган. Хусусан, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг24-моддасида яшаш ҳуқуқи “ҳар бир инсоннинг узвий ҳуқуқи” сифатида мустаҳкамланган. Юксак маданиятли жамиятда табиий ва позитив ҳуқуқларни бир-бирига қарама-қарши қўйишга ҳеч қандай асос йўқ. Чунки табиий ҳуқуқ ижтимоий муносабатларни ҳуқуқий тартибга солишнинг ягона умуминсоний тизимини ташкил этиб, инсоннинг табиий ҳуқуқларини мустаҳкамлайди ва муҳофаза қилади. Реалистик ҳуқуқ мактаби(Р.Иеринг, С.Муромцев в.б.). Мазкур йўналиш вакиллари ҳуқуқнинг тадрижий тарзда ривожланиши ҳақидаги тарихий тасаввурлардан фарқли ўлароқ, ҳуқуқ ташқи омиллар таъсирида юзага келадива ривожланадидеб ҳисоблайди. Ҳуқуқшунос Рудольф Иерингушбу назариянинг мазмун-моҳиятини ўзининг “Рим ҳуқуқи руҳи”, “Ҳуқуқ учун кураш”, “Ҳуқуқда мақсад” каби асарларида баён қилган. Иерингнинг таъбирича, ҳуқуқ –ҳимояланган давлат манфаатидир. У шахс манфаатларини кафолатлайди, одамларнинг турли хил эҳтиёжларини қондиришга ёрдам беради. Ҳуқуқнинг вазифаси ҳуқуқдан фойдаланишни кафолатлашдан иборат. Ҳуқуқнингмазмун-моҳияти замирида қонунсизликка қарши халқлар кураши, давлат ҳокимияти, индивидлар кураши ётади. Шу муносабат билан Иеринг ҳуқуқ тарихидаги барча улкан ютуқлар –қулликнинг, крепостнойликнинг барҳам топтирилиши, ер мулки эркинлиги, ҳунармандчилик, эътиқод ва ҳоказолар эркинлиги –буларнинг ҳаммаси шафқатсиз, кўпинча асрлар оша давом этадиган курашларда қўлга киритилиши лозимлигини, бундай ҳолларда ҳуқуқнинг йўли ҳамиша ҳуқуқлар қолдиқлари орқали белгиланишини алоҳида таъкидлаган.Унинг эътироф этишича, мутлақ адолатли ҳуқуқ йўқ ва бўлиши ҳам мумкин эмас, ҳуқуқнинг қиммати унинг асосида ётган мақсадни амалга оширишдан иборатдир. Манфаатлар кураши асосида дунёга келган ҳуқуқ жамият ҳаётида адолат принципига,албатта,риоя қилиш шарти билан муайян бир шахслариродасини бошқаларнинг манфаатларига бўйсундирувчи куч сифатида майдонга чиқади. Мазкур илмий йўналиш намояндалариҳуқуқ учун курашиш қонуний ҳуқуққа эга бўлган шахснинг ўз олдидаги мажбуриятидир, зеро ҳуқуқни ҳимоя қилиш, яъни ҳуқуқбузарликка қарши ҳаракат қилиш эса фақат ўз-ўзига нисбатангина эмас, балки умуман жамиятга, давлатга нисбатан ҳам мажбуриятдир: ҳар бир шахс ҳуқуқни ҳимоя қилар экан, аввало,ўзининг субъектив ҳуқуқи асоси бўлган объектив ҳуқуқ нормаларини муҳофаза этади деб ҳисоблайди.Психологик ҳуқуқ мактаби(Петражицкий, Росс, Рейснер, Дюги, Мерилл). Ушбу назария ХХ аср бошларида кенг тарқалган. Мазкур назария вакилларининг фикрича, кишиларнинг руҳияти жамият, ахлоқ, ҳуқуқ ва давлатнинг ривожланишини белгилаб берадиган омилдир, ҳақиқий ҳуқуқ кишиларнинг ўз ҳуқуқ ва мажбуриятлари тўғрисидаги руҳий кечинмаларидир. Л.Петражицкийнинг таъкидлашича, тажрибаларга асосланувчи фан турмушнинг икки кўриниши –моддий ва руҳий томонларини ўрганади. Ижтимоий воқелик ҳодисаларининг бири сифатида ҳуқуқ руҳий дунёга тааллуқли бўлиб, у одамларнинг императив-атрибутив (мажбурийлик-даъвогарлик) кечинмаларидан ташкил топади. Инсон хатти-ҳаракатлари эркин ва ўзаро боғлиқ бўлиши мумкин. Унинг фикрича, нормалар, буйруқ ва тақиқлар шахснинг ички кечинмалари ва ҳиссиётлари ифодасидир.
Ҳуқуқни тушунишда нормативлик назарияси(Г.Кельзен, Р.Штаммлер, П.Новгородцев (XX аср)). Ушбу йўналиш бир қарашда ҳуқуқ ва унинг ижтимоий ҳаётдаги аҳамияти ҳақидаги турли қарашларни жамлагандай туюлади. Бироқ синчиклаб қаралгандаулардаги муайян бирлик ҳам кўзга ташланади. Нормативликнинг назарий қоидалари Р.Штаммлернинг“Хўжалик ва ҳуқуқ” китобида баён қилинган. У ўз қарашларида ҳуқуқнинг асосий мақсади шахслар эҳтиёжини қондиришдан иборат бўлган ижтимоий ҳаётни ташқи тартибга солиш дебтаърифлайди.Жамиятда ўзаро алоқада бўлган шахсларнинг биргаликдаги ҳаракатлариниу ижтимоий материя ёки хўжаликдеб атайди. Ҳуқуқ билан хўжаликнинг ўзаро нисбатини белгилар экан, Штаммлерҳуқуқниижтимоий ҳаёт шакли ва шахсларнинг моддий неъматга оид муносабатинитартибга солувчи восита сифатидаифодалайди.Ҳуқуқнинг социологик мактаби.Ушбу назария XXаср ҳуқуқшунослигининг асосий йўналишларидан биридир. Юридик фанлар вазифасини амалдаги ҳуқуқни расмий мантиқий ўрганишдан иборатдеб кўрсатувчи ҳуқуқий позитивизмдан фарқли ўлароқ, социологик мактаб диққатмарказини “жонли ҳуқуқ”, яъни ҳуқуқий муносабатлар тизимини, ҳуқуқ доирасидаги одамлар хулқ-атвориниўрганишга кўчириш керакдеган фикр ташкил қилади. Эрлих ушбу йўналишнинг асосчиси бўлиб, унинг “Ҳуқуқ социологияси” (1911) китобида мазкур йўналишнингасосий ғоялари тартибли баён қилинган. Россиялик олим Г.Ф.Шершеневич ҳам социологик мактаб вакилидир.Ҳуқуқнинг тарихий мактаби. Ушбу назария XIX аср юридик фанидасезиларли даражада ривожланган йўналиш ҳисобланади. Ҳуқуқнинг тарихий мактаби намояндалари (Г.Гуго, Ф.Савиньи, Г.Пухта в.б.) табиий ҳуқуқ ғояларига қарши чиққан. Мазкур назарияга кўра урф-одатваанъаналар ҳуқуқнинг муҳим манбаидир.Кодификация ва бошқа “сунъий” усуллар рад этилган, ҳуқуқ эса “халқ руҳи”нинг изчил ривожланиши натижаси сифатида ифодаланганваҳуқуқнинг ривожланиши тилнинг ривожланишига ўхшатилган. Тарихий мактаб вакиллари урф-одатларни қонундан юқори қўйиб, реал мавжуд ҳуқуқни қонунчилик йўли билан ўзгартириш мумкинлигини инкор этади. Улар ижтимоий муносабатларни норматив тартибга солиш тизимида урф-одатлар аҳамиятини ғоятда бўрттириб кўрсатади. Бироқ ушбу назариянинг ижобий томонларини ҳам таъкидламаслик адолатдан бўлмайди. Айтайлик, мазкур назарияга кўрақонун чиқарувчи ўзининг субъектив хоҳиши бўйича нормаларни ярата олмайди. Бунинг учун у ижтимоий ривожланишнинг объектив эҳтиёжларини, алоҳида одамлар манфаатларини билиши ва англаши ҳамда уларни ҳуқуқ нормаларида тўғри ифодалашлари лозим бўлади.Ислом ҳуқуқ доктринаси. Муайян даражада рухсат бериладиган ва қўллаб-қувватланадиган шаклда диний шаклда ифодаланувчи нормалар тизимисифатида ислом ҳуқуқи VII–Xасрларда арабмамлакатларида шаклланган ва у ислом динига асосланган. Исломҳуқуқ доктринасига кўра ҳуқуқ Аллоҳ томонидан белгиланади. Аммо ислом ҳуқуқининг шаклланишида Қуръон оятларининг Пайғамбар(с.а.в.), саҳобалар, уламолар томонидан талқин этилиши катта аҳамиятга эга бўлган. Ислом ҳуқуқшунослари бўлган фақиҳларнинг меҳнатлари асрлар давомида мана шу улкан масъулиятли ишга сарфланган. Уларнинг саъй-ҳаракатлари янги ҳуқуқни яратишга эмас, балки Аллоҳ томонидан берилган ҳуқуқни амалда фойдаланишга мослаштиришга йўналтирилган.Ислом ҳуқуқини белгиловчи фиқҳ соҳаси фақатгина Аллоҳнинг инсонларга қўйган ўзароҳуқуқий қонун-қоидаларини акс эттириш билан чекланиб қолмай, балки ижтимоий ҳаётнинг барча соҳаларини қамраб олади. Мазкур назария вакилларининг фикрича ҳар бир ҳуқуқни қўлловчи, муайян масалани ҳал қилишда асосан қуйидаги манбаларга таяниши лозим:Қуръони карим–мусулмонларнинг муқаддас китоби, мусулмон ҳуқуқи учун раҳбарий қоидалар тўплами (Аллоҳ томонидан Муҳаммад пайғамбар(с.а.в.)га нозилқилинган); ҳадис ёки сунна–Муҳаммад пайғамбар тўғрисидаги ҳамда унинг панд-насиҳатлари, ўгитлари ва кўрсатмалари билан боғлиқ ахлоқий, диний меъёрлар бўлиб, улар Қуръони каримни аниқлаштиришга ёрдам берувчи, ҳуқуқий муносабатларни тартибга солишга кўмаклашувчи қоидалар тўплами ҳисобланади; ижмоъ–халифалар, билимдон кишиларнинг Қуръон қоидалари асосида турли муносабатлар бўйича чиқарган ҳукмлари, қарорлари; қиёс–аналогия, ўхшатиш йўли билан чиқарилган ҳукм (олдинги манбаларда ўз ифодасини топмаган фикр-мулоҳазаларни қамраб олади). Қуръон, сунна, ижмоъ ва қиёсдан ташқарифиқҳнинг бошқа ёрдамчи манбаларидан фойдаланиш ҳам мустасно этилмаган. Уларга ҳуқуқий одатлар, қонунлар ва фатволар киради. Юқорида қайд этилган манбалар билан бирга,янги бир фан –усулифиқҳ, яъни мусулмон ҳуқуқшунослиги вужудга келган. Фиқҳ ўз ичига шахснинг диний расм-русмларни бажариш билан боғлиқ масалаларни тартибга соладиган ибодатнормаларива шахслар ўртасидаги муносабатларнинг қоидаси сифатида муомалотнормаларини қамраб олади. Исломназариясига кўра ҳуқуқий масалалар шариатнинг муомалот қисмига тегишли ҳисобланади.
42. Ҳуқуқий тарбия – ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданиятни шакллантиришнинг зарурий шарти saydullayev-117 odilqoriyev282
42. Ҳуқуқий тарбия ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданиятнинг шаклланиши ва ўзгаришида муҳим восита ҳисобланади. Ҳуқуқий тарбия ҳуқуқий билимларни ёйиш, тўғри хулқнинг муҳимлиги ва қиммати, уларни қабул қилиш ва кейинчалик ўзлаштириб олиш мақсадида шахс ва жамият ҳаётидаги қонунийлик ва бошқа ҳуқуқий ҳолатлардан иборат.Ҳуқуқий тарбия –бу жамият аъзоларининг юриш-туриш маданиятига ва онгига ҳуқуқ ҳақидаги билимларни доимий равишда мақсадга мувофиқ таъсир этиш орқали сингдириб бориш жараёнидир. Ҳуқуқий тарбия–бу ҳуқуқий тажриба алмашиш бўйича давлат, жамоат ташкилотлари, алоҳида фуқароларнинг бир мақсадга йўналтирилган фаолияти: ҳуқуқ нормаларига риоя қилиш, уларни бажариш ва бу нормалардан фойдаланишни таъминловчи муайян ижобий тасаввурлар, қарашлар, қадриятларни тушуниш, йўл-йўриқларни шакллантириш мақсадида шахс онги ва хулқ-атворига доимий таъсир ўтказиб боришдир.Ҳуқуқий тарғибот, ҳуқуқий таълим, юридик амалиёт ва ўзини ўзи тарбиялаш ҳуқуқий тарбия воситаларига киради. Ҳуқуқий таъсир механизмининг таркибий элементи бўлган ҳуқуқий тарбияга, шунингдек ҳуқуқий муносабатларда субъектларнинг ахлоқи ва ҳуқуқий онгига таъсир қилувчи восита сифатида ҳам қараш мумкин. Юқорида кўрсатиб ўтилган барча воситаларни қўллаш асосида ҳуқуқ ҳақидаги ахборотларни етказиш, қабул қилиш, ўзгартириш ва ундан фойдаланиш ҳамда уни амалда рўёбга чиқаришни кўзда тутувчи ҳуқуқий хабардорликни амалга ошириш масалалари ётади.
Ҳуқуқий тарбия методлари.Тарбиявий жараён олдига қўйилган мақсад ва вазифаларни амалга ошириш учун методлар, усуллар ва воситаларнинг турли бирикмаларидан фойдаланиш мумкин. Ҳуқуқий тарбия воситалари ва шакллари билан бир қаторда тарбия методларини, шунингдек уларни қўллашнинг илмий асослантирилган тавсияларини тадқиқ этиш ҳуқуқий тарбия назариясини ишлаб чиқишда катта аҳамиятга эга. Юридик фанда ҳуқуқий тарбиянинг асосий ва қўшимча методлари фарқланади. Бунда асосий методларга ишонтиришдан ташқари намуна ва одатлантиришга ўргатиш, қўшимча методларга эса бош вазифаси асосий методларнинг ҳаракатини кучайтириш ва таъсирини қўшимча ошириш бўлган рағбатлантириш методлари киради. Рағбатлантириш методлари тақдирлаш ва жазолаш кабиларни ўз ичига олади.
43. Ҳуқуқ нормаларини турли асосларга кўра таснифлаб беринг. saydullayev- 131odilqoriyev262
43. Ҳуқуқ нормаси–давлат томонидан ўрнатиладиган ёки маъқулланадиган, муайян шаклда ифодаланадиган, ижтимоий муносабатни тартибга солишга қаратилган умуммажбурийхулқ-атворқоидаси.
Ҳуқуқ нормалариуларда мустаҳкамланган қоидаларнинг характерига қараб ҳуқуқ ва ваколат берувчи, мажбурият юкловчи ва тақиқловчи (ман қилувчи) нормаларгаажратилади:
1.Ҳуқуқ субъектига муайян ҳаракатларни содир этиш мумкинлигини кўрсатувчи ҳуқуқ нормалариҳуқуқ ва ваколат берувчинормалардейилади. Масалан, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 29-моддасига биноан, “Ҳар ким фикрлаш, сўз ва эътиқод эркинлиги ҳуқуқига эга...”
2.Ҳуқуқ субъектига муайян ҳаракатларни содир этиш лозимлиги (шартлиги)никўрсатувчи ҳуқуқ нормаларимажбурият юкловчи нормалардейилади. Масалан, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 51-моддасида “Фуқаролар қонун билан белгиланган солиқлар ва маҳаллий йиғимларни тўлашга мажбурдирлар”дейилган ва бу қоида мажбурият юклаш характерига эга.
3.Ҳуқуқ субъектига муайян хатти-ҳаракатларни содир этишни ман қилувчи нормалар тақиқловчи нормалардеб аталади. Масалан, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 57-моддасида мустаҳкамлаб қўйилган “Конституциявий тузумни зўрлик билан ўзгартиришни мақсад қилиб қўювчи, республиканинг суверенитети, яхлитлиги вахавфсизлигига, фуқароларнинг конституциявий ҳуқуқ ва эркинликларига қарши чиқувчи, урушни, ижтимоий, миллий, ирқий ва диний адоватни тарғиб қилувчи, халқнинг соғлиғи ва маънавиятига тажовуз қилувчи, шунингдек ҳарбийлаштирилган бирлашмаларнинг, миллий ва диний руҳдаги сиёсий партияларнинг ҳамда жамоат бирлашмаларининг тузилиши ва фаолияти тақиқланади”деган қоида бунга яққол мисол бўла олади.
Булардан ташқари, ҳуқуқ нормаларибошқа бир қатор мезонлар асосида ҳам таснифланади. Жумладан, ҳуқуқ нормалариўзидахатти-ҳаракатни шакллантиришнинг мавҳумлигига қараб абстракт(мавҳум)ваказуистик нормаларга, гипотезада мустаҳкамланган ҳолатнинг фактик жиҳатлари аниқ ёки нисбий эканлигига қараб аниқ ва нисбий аниқ нормаларга, гипотезанинг ҳажмига қараб оддий, мураккаб ва альтернатив нормаларга,диспозициянинг аниқлигига қараб мутлақ аниқ, нисбатан аниқ ва бланкет нормаларга,ҳуқуқ нормалари санкцияларнинг аниқлигига қараб мутлақ аниқ ва нисбатан аниқ нормаларгаҳам бўлинади. Ҳуқуқий тартибга солиш усулига кўра императив ва диспозитивнормаларга,субъектларига қараб умумий ва махсус нормаларга,ҳаракатланиш ҳудудига қараб мамлакатнингбутун ҳудудида ва маҳаллий миқёсда амал қилувчи нормаларгаажратилади.
Шунингдек, ҳуқуқ соҳалари нуқтаи назаридан ҳуқуқ нормаларининг конституциявий, маъмурий-ҳуқуқий, фуқаровий-ҳуқуқий, жиноий-ҳуқуқий, халқаро ва бошқа турларини кўрсатиб ўтиш мумкин
44. Ҳуқуқ нормасининг норматив-ҳуқуқий ҳужжатларда ифодаланиш усулларини таҳлил этинг. Saydullayev-139 odilqoriyev 327
44. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ҳуқуқ манбалари тизимида алоҳида ўринга эга. Бошқа ҳуқуқ манбаларига нисбатан норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг қуйидаги афзал жиҳатларини кўрсатиб ўтиш мумкин:
биринчидан, норматив-ҳуқуқий ҳужжатларбаён этишнинг муайян қоидаларига асосланиб яратилганлиги боис уларда ҳуқуқ нормалари аниқ ифода этилади. Бу эса норматив-ҳуқуқий ҳужжатлардаги қоидаларни турли маъноларда тушунишнинг олдини олади ва уни бир хил қўлланилишини таъминлайди. Айнан шу жиҳат ҳуқуқнинг расман аниқликхусусиятига мос келад.
иккинчидан, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар биргаликда қонунчиликнинг яхлит бир тизимини ташкил қилади. Ҳар бир норматив-ҳуқуқий ҳужжат қонунчиликнинг иерархик тизимида ўзинингбелгиланган ўрнига эга бўлиб бошқа ҳужжатлар билан бирга муайян муносабатларни комплекс асосда тартибга солишга қаратилгандир. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ҳуқуқнинг муайян соҳаси доирасида қабул қилинади. Бу эсазарур ҳолатларда тегишли норматив ҳужжатларни излаб топишни осонлаштиради. Ҳуқуқ соҳаси доирасидаги ҳужжатлар ўртасида бўшлиқ ва зиддиятлар юзага келишининг олдини олади. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг ушбу жиҳати ҳуқуқнинг тизимлилик хусусиятига мос келади.
учинчидан, норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни бошқа ҳуқуқ манбаларидан фарқли ўлароқ тез ва қисқа муддатларда қабул қилиш, ўзгартиришлар киритиш ёки зарур ҳолатларда бекор қилиш мумкин. Бунинг натижасида норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар бошқа ҳуқуқ манбаларига нисбатан ижтимоий тараққиётнинг эҳтиёжларига кўпроқ мос келади. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг ушбу жиҳати тезкорлик деб номланади ва у ҳуқуқнинг ўзгарувчанлик хусусиятига мос келади.
Норматив-ҳуқуқий ҳужжат–ваколатли давлат органи (ёки мансабдор шахс)нинг белгиланган тартибда қабул қилган, ижтимоий муносабатларни тартибга солишга қаратилган, умуммажбурий тусдаги қоидаларни ўрнатувчи, ўзгартирувчи ёки бекор қилувчи юридик ҳужжати.
Ўз навбатида, давлат органлари ёки мансабдор шахслар томонидан чиқарилган барча ҳуқуқий ҳужжатлар ҳам норматив-ҳуқуқий ҳужжат бўла олмайди. Фақатгина умумий ҳуқуқ ва мажбуриятларни ўрнатувчи, ўзгартирувчи ёки бeкор қилувчи ҳужжатларгина норматив-ҳуқуқий ҳужжат сифатида эътироф этилади.
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатнинг қуйидаги хусусиятларини кўрсатиш мумкин:
давлат номидан қонунда белгиланган тартибда қабул қилинади;
ваколатли субъектларнинг ҳуқуқ ижодкорлиги фаолияти маҳсули ҳисобланади;
барча учун умуммажбурий қоидаларни ўрнатади, ўзгартиради (такомиллаштиради) ёки бекор қилади;
махсус процессуал тартибда амалга оширилади; расмий шаклга эга (қонун, фармон, қарор вабошқалар);
муайян турдаги ижтимоий муносабатларни тартибга солишга қаратилган; ҳуқуқий қоиданинг мазмуни, яъни ҳуқуқий муносабат иштирокчиларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари баён этилади;
унда мустаҳкамланган қоидалар бажарилмаган ёки бузилган тақдирда муайян ҳуқуқий оқибатлар келиб чиқади ва қоида бўйичадавлатнинг мажбурлов кучи ишга солинади.
45. Ҳуқуқий маданиятнинг таркибий тузилишини баён этинг.saydullayev-115 odilqoriyev-285
45. Ижтимоий муносабатларни ҳуқуқий тартибга солиш, юридик ва жисмоний шахсларнинг ҳуқуқ ва манфаатларига риоя этиш, ҳуқуқий нормаларни бажариш, ҳуқуқий талабларни билиш ҳамда уларга ҳурмат билан муносабатда бўлишга оид барча масалалар кишиларнинг ҳуқуқий маданиятидаражасига боғлиқдир. Жамиятнинг ҳуқуқий устқурмасида ҳуқуқий маданият ҳодисаси, ҳуқуқий ҳаётнинг даражаси алоҳида ўрин тутади.
Ҳуқуқий маданият –бу кишиларнинг ҳуқуқий билим даражаси, ҳуқуққа нисбатан онгли муносабати, ҳуқуқни ҳурмат қилиши ва унга риоя қилишидир. Ҳуқуқий маданият жамият умумий маданиятининг узвий таркибий қисмидир. Шу боисҳуқуқий маданиятдеганда жамиятнинг ҳуқуқий ҳаёти, унинг ҳуқуқий воқелиги, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар, ҳуқуқий онг ривожида эришилганликдаражасини ифодаловчи маънавий-ахлоқий ва ҳуқуқий қадриятлар тизими ҳамда унга мувофиқ тарзда қарор топадиган қонунга итоатгўйлик ва мамлакатда ҳуқуқий-тартибот муҳитини ўрнатиш учун ижтимоий муносабатларни тартибга солишнинг амалга оширилиши тушунилади.
Субъектив таркибига кўрашахс (индивидуал), гуруҳ, жамият ҳуқуқий маданиятларини кўрсатиб ўтиш мумкин.
Шахc хуқуқий маданиятиҳуқуқни ҳурмат қилиш, ҳуқуқдан лозим даражада хабардорликни назарда тутади. Ҳуқуқий маданиятга эга шахc: 1)юридик нормаларни муайян даражада билиши; 2) ижобий ҳуқуқий онг эгаси бўлиши, яъни ҳуқуқни ҳурмат қилиши; 3)ҳуқуқни ҳурмат қилишга асосланган хулқ-атвор билан тавсифланади.
Гуруҳ ҳуқуқий маданияти айрим ижтимоий гуруҳларга, хусусан, профессионал юристларга хос. У мазкур гуруҳнинг ҳуқуқий онгига боғлиқ. Унга жамиятда эътироф этилган ҳуқуқий қадриятлар, айрим шахсларнинг ҳуқуқий интилишлари бевосита таъсир кўрсатади.
Жамиятнинг ҳуқуқий маданияти–бу жамият яратган маънавий қадриятларнинг таркибий қисмидир. У ўз ичига ҳуқуқий мулоқот ва ижтимоий муносабатларни тартибга солишнинг ҳуқуқий воситалариданфойдаланиш билан боғлиқ хулқ-атвор ҳамда ҳаракатларнинг барча турларини қамраб олади. У ижтимоий онг даражаси, қонунчиликнинг ҳолати ва хусусияти, мамлакатда мавжуд ҳуқуқий тартиботнинг мустаҳкамлик даражаси билан белгиланади. Жамиятнинг ҳуқуқий маданияти аҳолининг умумий маданий даражаси билан бевосита боғлиқ бўлиб, аҳоли маданиятининг сиёсий, маънавий, эстетик ва бошқа турлари билан ўзаро алоқадор ҳамда инсон (фуқаро) ҳуқуқлари ва эркинликларининг тўлиқлиги, ривожланганлиги ва таъминланганлиги; қонунийлик ва ҳуқуқий тартибот ҳолати; жамиятда юридик фан ва юридик таълимнинг ривожланиш даражаси билан тавсифланади.
Юқоридагилар билан бирга, субъектларнинг ҳуқуқий маданияти савияси (даражаси)гакўра унинг одатдаги, профессионал (касбий), назарий турларини кўрсатиб ўтиш мумкин.
Одатдаги даражаҳуқуқий маданият кишиларнинг кундалик ҳаёти доираси билан чегараланади. Кишилар ундан ўз кундалик фаолиятида субъектив ҳуқуқларни рўёбга чиқариш, зиммаларига юклатилган вазифаларни бажаришда фойдаланади.
Касбий даражадагиҳуқуқий маданиятюридик фаолият билан ўз касбий фаолиятини амалга ошириш жараёнида доимий шуғулланувчи шахсларга хосдир. Мазкур даража ҳуқуқни билиш ва ҳуқуқий муаммолар, ҳуқуқий фаолиятнинг мақсад ва вазифаларини тушуниш даражасининг юқорилиги билан тавсифланади.
Назарий даража–бу нафақат ҳуқуқни билиш, балки унинг теран хоссалари ва қадриятлари, амал қилиш механизми, ҳуқуқнинг самарадорлигига таъсир кўрсатувчи омилларни тушунишнинг юксак даражасидир.
46. Давлат органларинг турли мезонларга кўра таснифланишини таҳлил қилинг.Saydullayev-
Do'stlaringiz bilan baham: |