1. Давлат функциялари билан унинг мақсад ва вазифалари ўртасида қандай алоқадорлик мавжуд? Фикрингизни мисоллар билан баён этинг



Download 311 Kb.
bet3/3
Sana06.07.2022
Hajmi311 Kb.
#744004
1   2   3
Bog'liq
dhn javoblar toplami

87 odilqorieyv-130
46.Davlat organi – bu qonuniy asosda tashkil etiladigan, davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida muayyan vakolatlarga ega boʼlgan, davlat apparatining mustaqil boʼgʼini.
Davlat organi – bu davlat hokimiyat vakolatiga ega boʼlgan va belgilangan tartibda hamda oʼziga berilgan vakolatlar doirasida kompetentsiyasini amalga oshiradigan davlat apparatining bir qismi.
Davlat organlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
– shakllanish usuliga koʼra: birlamchi (Oliy Majlis, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti) va hosilaviy (birlamchi organlar tomonidan tashkil etiladigan boshqa barcha organlar);
– faoliyat hududiga koʼra: markaziy (Oliy Majlis, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa respublika miqyosidagi organlar) va mahalliy (viloyat, tuman, shahar hokimliklari, xalq deputatlari kengashlari, respublika idoralarining mahalliy boʼgʼinlari);
– kompetentsiyasining xarakteriga koʼra: umumiy kompetentsiyali (Oliy Majlis, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hokimliklar, mahalliy xalq deputatlari kengashlari) va maxsus kompetentsiyali (vazirliklar, davlat qoʼmitalari, agentliklar va boshqalar);
– hokimiyat vakolatlari boʼlinishi printsipiga koʼra: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud;
– qaror qabul qilish tartibiga koʼra: kollegial (Oliy Majlis, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy xalq deputatlari kengashlari) va yakka tartibda qaror qabul qiladigan (Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, hokimlar) davlat organlari va institutlari.
47. Давлат механизми ва унинг таркибий элементларини ёритиб беринг saydullayev-82 odilqoriyev-125
47. Davlatga oʼz hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy – moddiy kuch – bu davlat apparati (mexanizmi) dir. Bu apparat (mexanizm) davlatning nimadan tashkil topganligini anglatadi. Davlat apparati – davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar tizimi. U davlat oldida turgan maqsad va vazifalarni bajarishga qaratilgan asosiy funksiyalarni ado etadi. Аpparat – jamiyatda boshqaruvni amalga oshiruvchi lavozimli xodimlar va boshqaruv organlari yigʼindisidir. Davlat va huquq nazariyasida davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi maxsus tashkilot “davlat apparati” va “davlat mexanizmi” atamalari bilan ifodalanadi. Davlat mdexanizmining tarkibiy qismiga to’xtaladigan bo’lsak. Davlat mexanizmi turli tuzilmalardan iborat boʼlib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
• davlat apparati;
• davlat muassasa va tashkilotlari;
• davlat korxonalari.
Davlat apparati - bu davlat mexanizmining tarkibiy qismi boʼlib, u davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun berilgan vakolatlarga ega boʼlgan davlat organlari majmuidan iboratdir. Masalan prokratura, sud, ichki ishlar organlari va boshqa hokimyat vakolatiga ega bo’lgan davlat organlari.
Davlat tashkilotlari – bevosita ishlab chiqarish hamda taʼminot bilan shugʼullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchun strategik ahamiyatga ega boʼlgan funksiyalarni bajaradi. Mazkur tashkilotlarning asosiy qismini davlat oʼz monopoliyasida qoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energiyasi tarmogʼini boshqarish, aloqa tizimi shular jumlasidandir.
Davlat muassasalari – davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga ega boʼlmay, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni bajaruvchi idoralar, masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. Ushbu muassasalar hokimiyat vakolatiga ega boʼlmasada, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan muhim vazifalarni bajaradilar.
48. Давлат функцияларини амалга ошириш шаклларини муҳокама қилинг. Saydullayev-64 odilqoriyev-107
48. Davlat oʼz funksiyalarini amalga oshirishda muayyan shakl va
usullardan foydalanadi. Davlat funksiyalarini amalga oshirish
shakllarining huquqiy va huquqiy xarakterga ega boʼlmagan turlari mavjud.
Davlat funktsiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari boʼyicha quyidagilarga boʼlish mumkin:
1. huquq ijodkorligi;
2. ijro etish;
3. huquqni muhofaza qilish.
Huquq ijodkorligi bu normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish boʼlib, mazkur faoliyatsiz davlatning boshqa funktsiyalarini amalga oshirib boʼlmaydi. Huquqni ijro etish funktsiyasi normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qoʼyilgan qoidalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Bunda qonunchilikda belgilangan talablarni kundalik hayotda bajarishga va boshqaruv xarakteriga ega boʼlgan turli xil masalalarni hal qilishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi. Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga huquq-tartibotni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish boʼyicha chora koʼrish, yuridik ishlarni koʼrib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish kabilarni kiritish mumkin.
Davlat funksiyalari muayyan usullarni qoʼllash orqali amalga oshiriladi. Ushbu usullar sifatida ishontirish va majburlov, tavsiya va ragʼbatlantirishlarni koʼrsatib oʼtish mumkin
1.Ishontirish subʼektlarni ularning irodasiga mos ravishda tanlash erkinligini taʼminlagan holda muayyan faoliyat yuritishga undashdir. Ishontirish subʼektiv huquq, qonuniy manfaatlar, imtiyozlar va boshqa ijobiy yuridik vositalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Davlat asosiy usul sifatida, avvalo, ishontirish usulidan maksimal tarzda foydalanishi lozim. Ishontirish manfaatdorlikka, qonuniylikning isbotlanishiga va huquq normalariga mos keladigan ongli yurish-turishning maqsadga muvofiqliligiga asoslanadi.
2. Majburlash – kishilarni tanlov huquqini cheklagan holda kuch ishlatish orqali muayyan faoliyat yuritishga undashni nazarda tutadi. Majburlov toʼxtatib qoʼyish, jazolash, mahrum qilish kabi yuridik vositalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ragʼbatlantirish – kishilarni ragʼbatlantirish tizimi orqali jamiyat va davlat manfaatdor boʼlgan ijtimoiy foydali faoliyat yuritishga undashdir.
3.Tavsiya qilish – kishilarni jamiyat va davlat nuqtai nazaridan istalgan va ijobiy xatti-harakatni amalga oshirishga yoʼnaltirishdir.
49. Демократик сиёсий режим тушунчаси ва унинг ўзига хос хусусиятлари.saydullayev-77 odilqoriyev-98
49. Siyosiy (davlat) rejim(i) – bu siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda qoʼllaniladigan usul, uslub va vositalar yigʼindisidir.
Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan oʼzaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon boʼladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari oʼz hududlarida yashovchi aholini boshqarish boʼyicha amalda qanday rol oʼynaydilar, degan savollarga javob beradi.
Davlat va huquq nazariyasi davlatchilikning koʼp asrlik tarixida maʼlum boʼlgan siyosiy rejimning bir qator turlarini ajratib koʼrsatadi. Barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xil koʼrinishdagi, yaʼni demokratik va nodemokratik turlarga boʼlinadi. Demokratik siyosiy rejim. Demokratiya (yunoncha demo- kratia «demos – xalq, kratos – hokimiyat» – «xalq hokimiyati») siyosiy rejimi barcha insonlarning tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, davlat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning dav- latni boshqarishda ishtirok etishiga asoslanganligida aks etadi. Demokratik davlat oʼz fuqarolarining huquq va erkinliklarini rasmiy ravishda konstitutsiya va qonunlarda eʼlon qiladi, ayni paytda, ularning iqtisodiy zaminini taʼminlaydi hamda kafo- latlaydi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.
Demokratik rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazkur turiga quyidagi belgilar xos:
• iqtisodiy faoliyat sohasida shaxsning erkinligi;
• davlat hokimiyati faoliyatiga xalq tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsir qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi;
• jamiyat hayotiga oid boʼlgan eng muhim masalalar yuzasidan qarorlarning koʼpchilik tomonidan ozchilikning manfaatlari maksimal darajada eʼtiborga olingan holda qabul qilinishi;
• shaxsiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi;
• shaxsning qonunsizlik va hokimiyatning har xil suisteʼmol qilishliklaridan himoyalanganligi;
• oshkoralik, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va ular faoliyatining senzuradan xoli ekanligi;
• barcha davlat organlari faoliyatining huquqiylik tamoyiliga asoslanishi;
• hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi va boshqalar.
Demokratik rejimning quyidagi turlari mavjud: sotsial - demokratik (tenglik, davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan kam taʼminlangan shaxslarga nisbatan kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi va boshqalar); liberal - demokratik (erkinlik, birodarlik, tenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarning taʼminlanishi bilan birga, davlatning iqtisodiyotga taʼsiri minimal darajada boʼladi va boshqalar).
50. Ижтимоий нормаларнинг тартибга солиш, баҳолаш ва бошқа функцияларини ёритиб беринг. Saydullayev-77 odilqoriyev-98
50. Har qanday jamiyatda uning aʼzolari munosabatlarini tartibga solish jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Ijtimoiy hayotda tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yoʼnalishlar berish, uni muayyan bir qolipga tushirish, aniq maqsadni koʼzlagan holda tartibga solib borish demakdir. Ijtimoiy tartibga solish ikki xil – normativ va individual koʼrinishga ega. Normativ tartibga solish umumiy xususiyatga ega boʼlib, bunda normalar (qoidalar) jamiyatning barcha aʼzolariga yoxud uning muayyan qismiga tegishli boʼladi. Shu oʼrinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi – ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri boʼlib, uning taraqqiyotida yirik sifat oʼzgarishlarini, tub burilishlarini boshlab berganligini alohida taʼkidlash joiz.
Individual tartibga solish esa aniq subʼektga taalluqli hisoblanadi, yaʼni tegishli tarzda harakat qilish uchun berilgan individual buyruqdan iborat boʼladi. Tartibga solishning har ikki turi bir-biri bilan chambarchas bogʼliq boʼlib, ular oʼzaro bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birining mavjudligini taqozo etadi.
Download 311 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish