4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Elektr isitgich spirallaridan o'tayotgan tok kuchi 5 A ga teng. Isitgichning spirallari ketma-ket ulangan bo'lsa, unga tok olib keluvchl simlaridagi tok kuchi nimaga teng?
A) 2,5А; В) ЗА; С) 4A; D) 5A; E) 10 A.
2. Reostat deganda nimani tushunasiz?
O'zgarmas qarshilik;
Tok kuchini o'lchaydigan asbob;
Kuchlanishni o'lchaydigan asbob;
Qarshilikni o'lchaydigan asbob; E) O'zgaravchan qarshilik.
3. O'tkazgichdan o'tadigan tok kuchi 4 marta kamaysa, undan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori qanday o'zgaradi?
A) 4 marta kamayadi; B) 4 marta ortadi; C) 16 marta kamayadi; D) 16 marta ortadi; E) o'zgarmaydi.
4. Elektr pechkasiga 220 V kuch- lanish ulansa, undan 30 A tok kuchi o'tadi. Pechkada 10 minutda qancha issiqlik ajraladi?
A) 40000 J; B) 39600 J; C) 3960000 J; D) 400000 J; E) 660000 J.
Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi
13-mashq
Berilgan: U= 220 V; I = 10 A.
Topish kerak: P-?
Formulasi: P = IU.
Hisoblash:= 10 • 220 W = 2200 W = 2,2 kW. Javo
Javob:= 2,2 kW.
Berilgan: U= 220 V; Pi = 60 W; P2 = 100 W.
Topish kerak: I - ?
Formulasi: I = P/U-,P=Pl + P2; I = (P1, + P2)/U.
Hisoblash: I = (60 + 100)/220) A = 0,72 A.
Javob: I = 0,72 A.
15-mashq
2) Berilgan: 5= 0,1 mm2; I = 2 m; p = 1,1 ῼ-mm2/m; U = 220 V.
Topish kerak: P-?
Formulasi: P= U2/R-, R = pl/S; P = U2S/pl.
Hisoblash: P = (2202 • 0,1/1,1- 2) W = 2200 W = 2,2 kW.
Javob: P = 2,2 kW.
4) Berilgan: U= 60 V; I = 50 A.
Topish kerak: P - ? /
Formulasi: P = IU.
Hisoblash: P = 50 • 60 W = 3000 W = 3 kW.
Javob: P = 3 kW.
17 – mashq
Berilgan:
R=10 kῼ = 104ῼm; U1=220 V; U2=36 V
Topish kerak: I1-? I2-?
Formulasi: I1=U1/R; I2=U2/R
Hisoblash:
I1=(220/104)A=0.022A=22mA
I2=(36/104)A=0,0036 A =3,6 mA
Javob: I1=22 mA; I2=3,6 mA
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uyga vazifalar.
Darslikdan 30- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozishMasalalar yechish.
Bob oxirida keltirilgan «III bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollaiga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechjJadiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechislilari tavsiya etiladi.
42-dars sana: 8-sinf
Mavzu: Nazorat ishi
Darsning maqsadi:
a) O'quvchilarning III bobda o'tilgan mavzular bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlash, fizikadan masalalar yechish ko'nikmalarini rivojlantirish.
b) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish
d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi:yozma ish darsi
Dars metodi: Nazorat qilish
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism
2.Nazorat ishi
Nazorat ishi uchun yozma ish
1-variant.
1Zanjirning biror qismidagi kuchlanish 3 V bo'lganda, 6 A tok 4 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajariladi?
2Kuchlanish 4 V bo'lganda lampochkadagi tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka iste'mol qiladigan quwati necha vatt?
3Qarshiligi 48Ωbo'lgan o'tkazgich 120 V kuchlanishli tarmoqqa ulandi. O'tkazgichda 10 minut ichida qancha issiqlik ajraladi?
4FIK 87% quwati 800 W bo'lgan elektr choynakda 18°C temperaturali 3 litr suv bor. Ana shu suv qaynashi uchun necha minut vaqt kerak bo'ladi? (c = 4200 J/kg-K).
2-variant
1.Zanjirning biror qismidagi kuchlanish 4 V bo'lganda 2 A tok 10 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajaradi?
2.Kuchlanish 20 V bo'lgan lampochkadagi tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka iste'mol qiladigan quwat necha vatt?
3.Qarshiligi 20 Ω bo'lgan o'tkazgichdagi tok kuchi 2 A bo'lganda 5 s da undan qancha issiqlik ajraladi?
4. Elektr asbob tarmoqqa ulanganda elektr hisoblagich diski bir minutda 30 marta aylanadi. Shu asbobning quvvati necha kW ga teng? Hisoblagichda I kW- soat diskning 1200 aylanishiga teng deb yozilgan.
Uy vazifasi.
O’tilgan mavzularni takrorlash. Ta'rif va formulalarni yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |