1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi



Download 3,99 Mb.
bet155/243
Sana29.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#83159
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   243
Bog'liq
@yosh ustozlar fizika 8 sinf konspekt

Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Odam tanasi uchun necha voltdan yuqori kuchlanish xavfli hisoblanadi?

2) Ko’chada elektr tarmog’i simi yotgan bo’lsa nima qilish kerak?

3) Elektr toki urgan odamga qanday birinchi yordam ko’rsatiladi?

4) Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta’mirlashdan avval nima qilish kerak?

3. Yangi mavzu bayoni:

Ionli bog'lanish.

Kimyo darslaridan ma'lumki, modda atom va molekulalari bir-biri bilan uch xil bog'lanishda bo'ladi: metall bog'lanish, kovalent bog'lanish va ionli bog'lanish.

Ionli bog'lanishga misol qilib osh tuzi — natriy xlorid (NaCl)ni keltirish mumkin. Natriy (Na) atomida 11 ta elektron bo'lib, ulardan 1 tasi tashqi elektron qobig'ida bo'ladi. Xlor (CI) atomida esa 17 ta elektron bo'lib, ulardan 7 tasi tashqi elektron qobiqda aylanadi.

Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi barcha elementlarning alohida olingan atomi elektr neytraldir. Chunki, atom yadrosidagi musbat zaryadli protonlar nechta bo'lsa, shu atom yadrosining atrofida aylanib yurgan manfiy zaryadli elektronlar soni ham shuncha bo'ladi. Shunga o'xshash Na va CI atomlari alohida olinganda elektr neytraldir.

Xlor atomining tashqi elektron qobig'i to'lishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Xlor va natriy atomlari bir-biriga yaqinlashganda elektronlar almashishi yuz beradi. Xlor atomi natriy atomining tashqi elektron qobig'idan 1 ta elektronni tortib oladi. Natijada xlor atomi manfiy zaryadli xlor ioniga (CI ), natriy atomi esa musbat zaryadli natriy ioniga (Na+) aylanib qoladi. Bu jarayonni quyidagi tengliklar bilan ifodalash mumkin:

Na - e = Na+ CI + e = CI

Turli ishoraga ega bo'lgan natriy va xlor ionlari bir-biri bilan Kulon kuchi bilan tor- tishishib, NaCl kristall panjarasini hosil qiladi

Ionlar orasida Knlon kuchi tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog'lanish ionli boglanish deb ataladi

Ba'zi suyuqliklar elektr tokini o'tkazishi, boshqalari esa o'tkazmasligi mumkin. Suyuqlik- larning elektr tokini o'tkazishi yoki o'tkazmasligini 117- rasmda tasvirlangan oddiy asbob yordamida aniqlash mumkin. Bu asbob, asosan, shisha idish va unga tushirilgan ikkita ko'mir sterjen — elektrodlardan iborat. Elektrodlardan biri kalit orqali elektr manbaning bir qutbiga, ikkinchi elektrod esa lampochka orqali manba­ning boshqa qutbiga ulangan. Elektr manbaning musbat qutbiga ulangan elektrod anod deb, manfiy qutbga ulangan elektrod esa katod deb ataladi.

Elektrodli shisha idishga distillangan suv solamiz va kalitni ulaymiz. Bunda lampochka yonmaydi. Demak, distillangan suv elektr tokini o'tkazmaydi.

Kalitni uzamiz va idishdagi suvga osh tuzi solib, natriy xlorid eritmasini hosil qilamiz. So'ngra kalitni ulasak, lampochka yonganini ko'ramiz. Demak, natriy xlorid eritmasi elektr tokini o'tkazar ekan.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish