1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi


Dars turi: aralash Dars uslubi



Download 3,99 Mb.
bet204/243
Sana29.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#83159
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   243
Bog'liq
@yosh ustozlar fizika 8 sinf konspekt

Dars turi: aralash

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Chap qo’l qoidasini izohlang

2) Eng oddiy ampermetr qanday tuzilishiga ega?

3) Eng oddiy ampermetrning ishlash prinsipini aytib bering


3. Yangi mavzu bayoni:

O'zgarmas tok elektr dvigateli ikki asosiy qism - stator va rotordan iborat qurilma bo'lib, o'zgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi.



«Stator» lotinchadan «qo'zg'almas» degan ma'noni bildiradi. Stator doimiy magnitdan (170- a rasm) yoki elektromagnitdan (170- b rasm) iborat. Stator dvigatel korpusiga mahkamlangan bo'ladi.

«Rotor» lotinchadan «aylantirmoq» degan ma'noni anglatadi. Rotor dvigatelning aylanuvchi qismlarini tashkil etadi. Rotorning asosiy qismi bir yoki bir nechta g'altakli ramkadan va kollektordan iborat. Ramka chulg'amidagi simlarning uchlari kollektor qoplamalariga ulangan

Kollektor ramka bilan birgalikda aylanadi. Ikkala kollektor qoplamalari qarshisiga qo'zg'almas qilib ikkita ko'mir cho'tka mahkamlangan. Ular maxsus prujinalar yordamida kollektor qoplamalariga zich qilib siqib qo'yiladi. Zanjirdagi elektr toki shu cho'tkalar orqali kollektor qoplamalariga o'tadi.

Elektr dvigatellarning issiqlik dvigatellariga nisbatan afzal tomonlari ko'p. Birinchidan, elektr dvigatellari issiqlik dvigatellariga qaraganda ixcham va foydalanish uchun qulaydir, ularni istalgan qulay joyga o'rnatish mumkin. Ikkinchidan, ishlaganda gaz, tutun va bug' chiqarmaydi. Uchinchidan, ular uchun yoqilg'i va suvning keragi yo'q. To'rtinchidan, elektr dvigatel­larning foydali ish koeffitsienti 80% dan ortiqdir, issiqlik dvigatellarniki esa 20% dan ortmaydi

Elektr dvigatellarning afzalliklari: ixcham va foydalanishga qulay, havoni ifloslantirmaydi, moddiy mahsulot talab qilmaydi, foydali ish koeffitsienti yuqori.

Elektr dvigatellar istalgan quvvatga mo'ljallab ishlab chiqariladi. Masalan, elektr ustaralarda dvigatel quvvati bir necha vattli bo'lsa, elektrovoz, kemalarning elektr dvigatellari bir necha megavattli boiadi.

Turli maishiy elektr asboblari - drel, charx, fen, magnitofon, ventilator, muzlatkich, tikuv va kir yuvish mashinalariga elektr dvigatellar o'rnatilgan bo'ladi. Korxonalarda elektr dvigatellari turli dastgoh va mashinalarni harakatga keltiradi. Qishloq xo'jaligida elektr dvigatellaridan nasoslarni, g'alla yanchadigan mashinalarni, elevatorlarni yurgizish uchun foydalaniladi. Transportda elektr dvigatellari tramvay, trolleybus, metro poyezdlari va elektrovozlarni harakatga keltiradi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish