Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1) Elektromagnit relening tuzilishini tushuntiring
2) Yong’in haqida xabar beruvchi qurilma qandya ishlaydi?
3) Elektromagnit qurilmaning ishlash prinsipini ayting.
4) Tajribada yig'ilgan elektromagnit detallarining har bin qanday vazifani bajaradi?
5) Rele zanjiri uzib-ulanganda lampaning o'chib-yonishi hodisasini tushuntiring.
3. Yangi mavzu bayoni:
Magnit maydondagi tokli o'tkazgichga kuch ta'sir etadi. Uni o'rganish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik.
163- a rasmda tasvirlangan zanjirni va qurilmani yig'aylik. Unda egiluvchan AB o'tkazgich shtativga osib qo'yilgan. O'tkazgich uchlari zanjirga ulangan. AB o'tkazgich magnit qutblari orasiga qo'yilgan, ya'ni magnit maydonga joylashtirilgan.
Zanjir ulanganda o'tkazgich harakatga keladi, ya'ni o'tkazgich magnitga tortiladi (163- b rasm). Agar magnit tortib olinsa, tokli o'tkazgich o'z holatiga qaytadi. Magnitning qutblari almashtirilsa, o'tkazgich magnitdan itariladi. Agar zanjirda tokning yo'nalishi o'zgartirilsa, o'tkazgich magnitga tortiladi.
Magnit maydonning tokli o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchining yo'nalishini chap qo'l qoidasidan foydalanib aniqlash mumkin
Chap qo'Ining kaftini unga magnit kuch chiziqlari kiradigan qilib tutib, to'rt barmoq tokning yo'nalishi bo'yicha tutib turilsa, 90°ga kerilgan bosh barmoq o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchning yo'nalishini ko'rsatadi
Agar tokning yo'nalishi o'zgartirilsa, ramka 180° ga buriladi. Magnit maydonda tokli ramkaning burilishi xossasidan elektr o'lchov asboblarida foydalaniladi.
166- rasmda eng oddiy ampermetrning tuzilishi tasvirlangan. Bunda (1) magnitda (2) qutb uchliklari mahkamlangan. Harakatlanuvchi qism - ramka (3) aluminiy karkasdan iborat, unga ingichka mis sim o'ralgan. Ramka qo'zg'almas (4) o'zak atrofida erkin aylana oladi. Ramka (5) o'qqa biriktirilgan. Chulg'amdagi (6) simning uchlari zanjirga ulanadi. Ramkaning o'z holicha aylanishiga (7) spiral qarshilik qiladi.
Ramka chulg'amlaridan tok o'tganda, magnit maydon ta'sirida ramka magnit qutblariga perpendikular holatga o'tishga harakat qiladi. Ramkaning 90° ga burilishiga spiral (7) qarshilik qiladi. Zanjirdagi tok qancha katta bo'lsa, o'q (5) ga mahkamlangan strelka (8) shuncha katta burchakka buriladi. Strelka darajalangan shkala (9) da tok kuchining tegishli qiymatini ko'rsatadi. Zanjirdagi tok uzilganda spiral ta'sirida ramka dastlabki holatiga, strelka esa 0 qiymatga qaytadi. Voltmetrning ishlash prinsipi ham ampermetrga o'xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |