4. Mustaqil ish:
1.O'choqda ovqat pishirish uchun 10 kg quruq o'tin yoqildi. O'tin yoqilganda ajralib chiqqan issiqlikning to'rtdan bir qismi ovqatga, qolgan qismi o'choqni, qozomii va havoni isitishga sarflangan. Ovqat pishguncha o'ziga qancha issiqlik olgan?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar ishlagan masalalariga ko’ra baholanadi.
6. Uy vazifalari.
7-13- § larni takrorlash.
Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari uqtiriladi.
14-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash
Laboratoriya ishi
Darsning maqsadi.
a) Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig'imini aniqlashni o'rganish, solishtirma issiqlik sig'imi haqida olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash.
b) O’quvchilarni ehtiyotkorlikka o’rgatish, ekologik tarbiya berish
d) O’quvchilarni fanga qiziqtirish
Dars turi: ko’nikmalarni shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |