Tayanch so'zlar: issiqlik, issiqlik uzatish, issiqlik miqdori, issiqlik sig'imi, solishtirma issiqlik sig'imi.
Dars jihozlari: mavzuga oid slaydlar.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Aqliy hujum» interfaol metodlari.
Dars rejasi:
Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
Tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash, «Aqliy hujum» metodidan foydalanish uchun o'quvchilarni 3 guruhga bo'lish.
O’tilgan mavzuni eslash. O'qituvchi kichik guruhlarda ishlab, ularga «Aqliy hujum» interfaol metodini qo'llash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
1.1 guruhga: ichki energiya va uni o'zgartirish usullarini aytib bering.
IIguruhga: real va ideal gazlarning ichki energiyasi nimalarga bog'liq?
Ill guruhga: termodinamik ishning energiyaga ekvivalentligini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |