1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Dars turi: Dars materiallari va jihozlari



Download 5,24 Mb.
bet169/217
Sana13.09.2021
Hajmi5,24 Mb.
#173718
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   217
Bog'liq
@yosh ustozlar fizika 9 sinf konspekt

Dars turi:

Dars materiallari va jihozlari:

  1. 9 – sinf “Fizika” darsligi

  2. Atom va atom yadrosi tuzilishiga doir plakatlar

  3. Yadro reaksiyalari yozilgan kartochkalar


Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism -1 minut.

2. O’tilgan mavzuni eslash -10 minut

3. Yangi mavzu bayoni-25 minut.

4. Mustahkamlash uchun savol-javoblar -5 minut.

5. O’quvchilarni baholash -3 minut

6. Uyga vazifa berish -1 minut

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism. O’qituvchi o’tilgan mavzularning asosiy muammolarini eslatadi va dars maqsadini e’lon qiladi.

2. O’tilganlarni eslash:

3. Yangi mavzu bayoni:

O'zbekistonda yadro fizikasi sohasi 1950-yillarda Toshkent Davlat universitetida (hozirda O'zbekiston Milliy universitetida) shakllanib, tez sur'at bilan rivojlana boshladi.

Akademiklar I. V.Kurchatov va U. O. Orifovning tashabbusi bilan Hukumat qaroriga binoan 1956-yilda O'zbekiston FA ning Yadro fizikasi instituti tashkil etildi. 1957-yildan boshlab yadro reaktori, siklotron, tajriba ustaxonasi qurila boshlandi. 1959-yilda quwati 2 MW bo'lgan yadro reaktori ishga tushirildi. 1960-64-yillarda siklotron ishga tushirilib, radioaktiv izotoplar ishlab chiqarila boshlandi. 1980-yilda yadro reaktori rekonstruksiya qilinib, quwati 10 MWga yetkazildi.

Institutda radioaktiv izotoplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Radio - preparat» va «Tezlatkich» sho'ba korxonalari, konstruktorlik byurosiga ega bo'lgan tajriba zavodi, og'ir ionlar fizikasi bo'limi tashkil etildi.

Olib borilayotgan tadqiqotlar yadro fizikasi, radiatsiyaviy qattiq jism fizikasi va materialshunoslik, aktivatsion tahlil va radiokimyo, ilmiy asbobsozlik hamda informatsion texnologiyalari yo'nalishlarini qamrab olgan. Bu yo'nalishlarning har birida olib borilgan tadqiqotlar nazariy jihatdangina emas, amaliy jihatdan ham ahamiyatga ega bo'lmoqda. Jumladan, metallar, konstruksion materiallar va yarimo'tkazgichlar, dielektriklar, keramikalar, optik, kompozitsion va yuqori temperaturali o'ta o'tkazgich materiallarning radiatsiya fizikasi, kristallar tuzilishi, radiatsiya texnologiyasi, kristallardagi nuqsonli holatlar va ularni matematik modellashtirish bo'yicha tadqiqot natijalari belgilangan parametrdagi materiallarni ishlab chiqarishda qo'llanilmoqda.

Yadro fizikasi institutida olib borilgan tadqiqotlardan olingan natijalar tibbiyotda, neftni qayta ishlash, tog'-kon metallurgiya kombinatlarida, qishloq xo'jalik, ekologiya, farmatsevtika, zargariik, elektrotexnika, materialshunoslik yo'nalishlari bo'yicha ishlayotgan respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida qo'llanilmoqda.

Yadro fizikasi sohasida olib borilgan yirik tadqiqot ishlari natijalariga ko'ra akademik S. A. Azimov va boshqalar (yuqori energiyalar fizikasi sohasida), akademik R. B. Bekjonov va boshqalar (atom yadrosi fizikasi sohasida), akademik P. Q. Habibullayev va boshqalar (amaliy yadro fizikasi sohasida) Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan.

O'zbekiston olimlari yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlarni olib borishda ko'pgina xorijiy mamlakatlar tadqiqot markazlari bilan faol hamkorlik qilmoqdalar. Bu markazlar jumlasiga Yevropa yadro tadqiqot markazi (Jeneva, Shveysariya), Fermi nomidagi tezlatgichlar ilmiy laboratoriyasi (Bataviya, Illinoys, AQSH), O'ta o'tkazuvchi superkollayderi laboratoriyasi (Dallas, Texas, AQSH), «Triumf» tezlatkich markazi (Kanada), Argon va Sandiya ilmiy laboratoriyasi (AQSH), Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Dubna, Rossiya) kiradi. Shu bilan bir qatorda, yadro fizikasi sohasida AQSH, Germaniya, Rossiya, Fransiya, Shvetsiya, Italiya, Belgiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya, Koreya va boshqa mamlakatlarning tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlik ishlari yo'lga qo'yilgan.




Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish