Yuqoridagi muhokamadagi fikr yuritish tartibi quyidagilardan qaysi biriga o'xshash?
A Bino qurilishi faqat odamlar iqtisodiyotning yaxshi ekanligiga ishonch hosil qilganda ortadi. Odamlar endi iqtisodiyotga ishonganliklari sababli, biz binolar qurilishining ko'payishini kutishimiz mumkin.
В Ishchilarga allaqachon qonunan xavfsiz va sog'lom ish joyida ishlash kafolatlanganligi sababli, hukumat kun bo'yi kompyuter bilan ishlaydigan odamlar uchun sog'liqni saqlash bo'yicha yanada qimmatga tushadigan qoidalarni belgilashga hojat yo'q.
С Hukumat aviakompaniya sanoatini tartibga solmagan mamlakatlarda ko'plab aviakompaniyalar bankrot bo'lgan. Boshqa transport sohalaridagi ko'plab kompaniyalar ushbu aviakom- paniyalarga qaraganda zaifroq iqtisodiy sharoitga ega bo'lganligi sababli, ularni tartibga solmaslik bu sohalarni bankrotlikka olib kelishi mumkin.
«Silicon» kompaniyasining direktori ehtimol kelgusi yilda kompaniyadagi aksiyalarni bonus sifatida qabul qilmaydi, chunki kelgusi yilgi soliq qonunchiligi kompaniyalardan rahbarlarga berilgan aksiyalarga yangi soliq to'lashni talab qiladi.
E Talabalar shaharchasida yorqin nurli chiroqlarning o'rnatilishi astronomiya bo'limining teleskopini foydasiz holga keltirar edi. Astronomiya bo'limi o'zining teleskopini foydasiz qiladigan har qanday taklifni qo'llab-quvvatlamaydi; shuning uchun u talabalar shaharchasida yorqin svetoforlarni o'rnatish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlamaydi.
Yusuf, Ahmad va Jasur 11 dan 19 gacha yozilgan kartalardan bir xil miqdorda olishdi va ular quyidagicha holatda:
Yusufning kartalaridagi sonlari yig‘indisi Jasurning kartalaridagi sonlari yig'indisidan 6 ga kam.
Ahmadning kartalaridagi sonlari yig'indisi Yusufning kartalaridagi sonlari yig'indisidan 3 ga ko‘p.
Bunga ko‘ra, Ahmadning olgan kartalari ichida eng kichigi qaysi?
A 11 В 12 С 13 D 14 E 15
Laylo 08:00, Qosim 10:00 va Dilyor 12:00 da ishlay boshlaydilar va shu kuni soat 18:00 da ishni tugatishadi. Layloning ish tezligi Qosimning ish tezligiga teng. Layloning ishtezligi Dilyor ish tezligining yarmiga teng.
Shunga ko'ra, Dilyorning o‘zi barcha ishni necha soat ichida yakka o‘zi tugatishi mumkin?
A 9 В 11 С 15 D 22 E 30
Uyga vazifa .
Alisher: Shahrimiz tashqarisidagi kimyoviy chiqindilarni zudlik bilan tozalash kerak. Tan olish kerakki bu bizga qimmatga tushadi, ammo shahrimiz atrofidagi o'rmonzorlarga va yovvoyi tabiatga yetkazilgan zararni hal qilishimiz kerak.
Tamila: Lekin bizning asosiy vazifamiz insonlarning sog'ligi haqida o'ylash. Garchi chiqindilar tabiatga zarar yetkazayotgan bo'lsa-da, agar insonlarga zarar qilmas ekan, biz qimmatli manbalarimizni ularni hal qilishga sarflamasligimiz kerak. Mabodo insonlarga zarar yetkazsa, faqat shundagina biz bu muammoni hal qilishimiz kerak.
Tamilaning mantig'i quyidagi qaysi tamoyilga ergashadi?
A Jamiyatimizga iqtisodiy naf keltirsagina, atrof - muhit muam- molarini hal qilishi mumkin.
В Manbalarimizni eng asosiy muammolarimiz yo'lidagina sarflash kerak.
С Jamoat sog'lig'ini saqlash uchun pulni ayamasliki kerak.
D Insonga zararli atrof muhit muammolari texnologiya yordami- da hal qilinishi kerak.
E Jamoat sog'ligiga zararli muammolarni hamma birgalikda hal qilishi kerak.
Aksariyat odamlar buyumlarning narxini ushbu buyum sifatining bevosita ko'rsatkichi deb hisoblashadi: mahsulot qancha qimmat bo'lsa, shuncha yaxshi ishlaydi va u uzoqroq xizmat qiladi. Ular hatto o'sha qimmatroq mahsulotlar hamma jihatdan boshqa arzon mahsulot bilan bir xil bo'lsa ham shunday fikrlashda davom etishadi.