– dars . Natural sonlarni ayirish va uning xossalari .
Berilgan yig’indi va qo’shiluvchilardan biri bo’yicha ikkinchi qo’shiluvchini topish amali ayirish deyiladi .
Ayirish amalining xossalari .
1 – xossa . Sondan yig’indini ayirish uchun :
– usul . Yig’indini hisoblash , sondan shu yig’indini ayirish mumkin .
– usul . Sondan qo’shiluvchilardan biri (qulayi)ni ayirish , natijadan ikkinchi qo’shiluvchini ayirish mumkin .
Misol .
1 – usul . 18 – (6 + 9) = 18 -15 = 3
2 – usul . 18 – (6 + 9)= (18 – 6) – 9 = 12 – 9 = 3
Bu xossa sondan yig’indini ayirish xossasi deyiladi . 2- xossa . Yig’indidan sonni ayirish uchun :
– usul . Yig’indini hisoblash , natijadan shu sonni ayirish kifoya.
- usul . Mumkin bo’lgan holda , qo’shiluchilarning biridan sonni ayirib , natijaga qo’shiluvchini qo’shish kifoya .
Bu xossa yig’indidan sonni ayirish xossasi deyiladi . Misol . 1 – usul . (12 + 6) – 5= 18 – 5 = 13
2 – usul . (12 + 6) – 5 = 12 + (6 -5) = 12 + 1 = 13.
1 . Ayirishni bajaring . 1) 775 – 92
2) 476 – 268
3) 650 – 62
4) 800 – 360
Kamaytiring . 1) 568 ni 219 ga ;
2) 7669 ni 669 ga ;
3) 482 ni 208 ga ;
4) 684 ni 120 ga .
Kamayuvchi 263 taga ortib , ayriluvchi 63 taga kamaysa , ayirma qanday o’zgaradi ? Misollar tuzing .
4 . Fermer xo’jaligi bir yer maydonidan 160 t bug’doy yig’ib oldi , bu ikkinchi maydondan yig’ib olingan bug’doyga qaraganda 65 t kam . Fermer xo’jaligi har ikkala yer maydonidan jami necha tonna bug’doy yig’ib olgan ?
Bir dastgohda 258 ta , ikkinchisida esa 297 ta mahsulot tayyorlandi . Birinchi dastgohda ikkinchisiga qaraganda nechta ko’p mahsulot tayyorlangan ?
Berilgan 8 ta sondan birinchisi 120 ga teng . Har bir keyingi son avvalgisidan 15 ta kam . Shu 8 ta sonning yig’indisini toping .
Uyga vazifa .
. Qo’ng’iz 25 minutda 3 m 6 dm 9 sm 5 mm ga o’rmalab bordi.
Bu necha millimetrga teng ?
. Qonuniyatni aniqlang va tushirib qoldirilgan sonlarni toping: 1 5 10 16 ? ? ? ? ?
Qulay usul bilan hisoblang . 1) 2827 + 7173 – 5000
2) 8149 + 1851 – 2000
3) 1938 + 3062 – 1000
4) 1500 + 3511 – 11
Kamaytiring .
1) 645 ni 312 ga ;
2) 678 ni 219 ga ;
3) 888 ni 555 ga ;
4) 961 ni 504 ga ;
5) 7032 ni 6509 ga ;
Bir savatda 26 kg , ikkinchisida undan 4 kg 500 g kam , uchinchisida esa ikkinchisidan 3 kg 500 g kam olma bor . Uchala savatda birgalikda necha kilogramm olma bor ?
Kamayuvchi 260 taga ortib , ayriluvchi 260 taga kamaysa , ayirma qanday o’zgaradi ? Misollar tuzing .
Zarafshon daryosining uzunligi 781 km , Norin daryosining uzunligi esa 334 km . Norin daryosi Zarafshon daryosidan necha kilometr qisqa ?
(166 + 534) yig’indini 80 ga kamaytiring .
Do'stlaringiz bilan baham: |