Fanning vazifasi talabalarni fanga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda o‘zbek adabiy tili me’yorlarga mos tarzda nutq yaratish amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish; talabalarni mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Respublikamiz ijtimoiy hayoti va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida davlat tilida jahon o‘lchovlariga mos tarzda ish yurita olish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni puxta egallash, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay bilish kabi talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir. Shu maqsadda amaldagi o‘quv dasturi asosida barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ilk marotaba mazkur fan alohida kurs sifatida o‘qitilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni o‘zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8, 9, 10-moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalaming o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallashi, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishishi uchun hujjat matnlarini tuzish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Jumladan, akademik litseylarda “Davlat tilida ish yuritish” dasrlari joriy etildi. Bu fanning tadrijiy rivoji sifatida esa, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fani yuzaga kelib, undagi beriladigan nazariy va amaliy bilimlar talabalarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me’yorlari asosida to‘g‘ri shakllantirishga, hujjatchiJik — munshaot ishini puxta egallashlariga qaratilgan. Ushbu maqsadda adabiy til me’yorlari, matn qurilishi, huijat turlari va ularning tarkibiy qismlari, to‘g‘ri hujjatlashtirish yo‘llari kabi masalalar yuzasidan ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar berib boriladi. Fanni o‘qitish davomida rejalashtirilgan mashq va topshiriqlar orqali rasmiy-idoraviy uslubga xos turlicha qurilishdagi matnlar tuzish, uni ijodiy o‘zgartira olish, ya’ni qisqartirish va kengaytirish, asosiy mazmunni saqlab qolish, to‘ldirish, yangilash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratiladi
Nazariy mavzular sifatida ajratilgan nazariy ma’lumotlar yagona uslubiyotga bo‘ysundirilgan tarzda talabalaming ham nazariy bilimlarini oshirishga, ham nutqiy savodxonlik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Talabalaming davlat tilida ish yuritish qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan nazariy-amaliy materialga turli shakl va mazmundagi matnlar, ish qog‘ozlari, hujjatlar namunasini tuzish, ularda mantiqiy izchillikni ta’minlash hamda zarur leksik-sintaktik vositalardan o‘rinli foydalanish usullarini o‘rgatishda fan o‘qituvchisi darslikdagi mashq va topshiriqlami to‘liq bajartirishi, ularni to‘ldirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tegishli matnni hujjat turiga va uning zaruriy qismlari mazmuniga mos tarzda mustaqil ravishda tuza olish, jo‘natilgan hujjatga tashkilot munosabatini aniq ifodalagan holda to‘g‘ri javob yozish, taklif yoki e’tiroz bildirish, o‘z fikrini dalillar bilan asoslash, xulosalash, umumlashtirish va bunda kirish so‘zlardan, iqtibos, ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana bilish ko‘nikmalarini o‘stirishga oid uslubiy materiallarni talabaga qiziqarli tarzda yetkazish taqozo etiladi.
Respublikamizda milliy tilga munosabat tubdan о‘zgargan hozirgi davrda rasmiy tashkilot, idoralarda davlat tilida ish yuritishga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. 2019-yil 21-oktabrdagi “О‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmonda ilmiy asoslangan yangi sо‘z va atamalarni iste’molga kiritish, о‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qо‘llanishini ta’minlash kabi vazifalarning kun tartibiga qо‘yilishi ham bu yо‘nalishda muayyan ishlarni amalga oshirish, idoraviy ish hujjatlari uslubi va tilini yanada takomillashtirish lozimligini kо‘rsatadi. Zero, har bir davlatda ish yuritishga doir hujjatlarni milliy til, uning qonun-qoidalari asosida yozish va rasmiylashtirish ushbu davlat mustaqilligini kafolatlovchi mezonlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, rasmiy-idoraviy ish hujjatlari kishilarning mehnat faoliyatini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlaboq rasmiy-idoraviy ish hujjatlarini takomillashtirish, uni tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Sir emaski, uzoq yillar davomida yurtimizda idoraviy ish hujjatlari, asosan, rus tilida yuritildi, juda kam turdagi ish hujjatlarigina о‘zbek tilida yozildi. Rus tilining idoraviy ish hujjatlari andozasi asosida yozilgan rasmiy ish hujjatlarida shu tilning terminologik birliklari, uning grammatik qoidalariga mos ifodalar о‘rin oldi. Buning natijasida о‘zbek idoraviy ish hujjatlari takomillashmay qoldi, uning leksik tizimi о‘zga til unsurlari bilan tо‘ldirildi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida qayd etilgan masalarlarni qamragan holda “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanining o‘quv dasturlariga kiritilishi va o‘qitilishi hozirgi kun til siyosati doirasidagi dolzarb masalalarni qamradi va ijrosini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |