Til va taffakkur. Fikr almashish quroli bо‘lmish til tafakkur bilan uzviy bog‘langan. Til milliy madaniyat shakli sifatida tafakkurning harakati, uning faoliyati natijasida yaratilgan ma’naviy boylikni zamonda va makonda abadiylashtiradi. Bizning asrimizda barcha fanlarning katta odimlar bilan rivojlanib borishi ba’zi masalalarga yangicha yondashishni taqozo kilmoqda. Keyingi yillardagi mantiq, psixologiya, odamning bosh miyasi faoliyatini о‘rganishdagi izlanishlar shuni kо‘rsatadiki, tafakkurning bir-biridan farq qiluvchi ikki kо‘rinishi mavjud bо‘lib, ularning biri — predmet tafakkuri, ikkinchisi esa — mavhum tafakkurdir. Predmet tafakkuri odam va hayvon uchun umumiy bо‘lib, ularning kundalik amaliy hayotini belgilovchi, avloddan-avlodga instikt oraali о‘tib ochlikni, xavf-hatarni, issiq-sovuqni ajratishni ta’minlaydigan tafakkurdir. Mavhum tafakkur faqat odamlarga xos bо‘lib, u til bilan birga paydo bо‘lgan va u bilan birga rivojlanadi. Til bilan tafakkur orasidagi munosabat tо‘g‘risida gap borganda, ana shu tafakkur nazarda tutiladi. Bu ikki ijtimoiy xodisa doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashiga va rivojlanishiga yordam kiladi. Ma’lumki, fikr yuritishning asosiy maqsadi narsa, hodisalarning bizni о‘rab turgan muhit, borliqdagi о‘rnini aniqlash, ular orasidagi munosabatni о‘rganish, mavjud ilmiy farazlar yuzasidan fikr yuritish va ularni mukammallashtirishdir. Hozirgacha fan va texnika erishgan yutuqlar asosida tafakkurning ana shunday faoliyati yotadi. Lekin tafakkur erishgan ajoyib muvaffaqiyatlarni ilm olamiga yetkazish, abadiylashtirish tilsiz amalga oshmasligi tabiiy bir holdir. Til vositasi yordamida erishilgan amaliy, nazariy yutuqlar e’tirof etiladi, targ‘ib qilinadi, son-sanoqsiz о‘quvchi, eshituvchilarga yetkaziladi. Bu yangilikni о‘qigan va eshitganlar ular yuzasidan yana fikr yuritib, ularning kamchiliklarini topishadi, e’tirof etishadi va mazkur g‘oyani yanada rivojlantirishga о‘z hissalarini qо‘shishadi. Shuning uchun til va tafakkur orasidagi munosabat tо‘g‘risida gap borganda, ularni о‘zaro bir-biriga har tomonlama bog‘langan hodisalar deb yuritishadi. Bu ikki hodisa umuman mavjud bо‘lishi uchun ular orasida doimo ana shunday hamjihatlik bо‘lishi zarur; shu yо‘l bilan ular bir-biriga doimo ta’sir о‘tkazadi va bir-birini boyitib boradi. Shuni ham qayd etish kerakki, bu ikki juftlikdan birinchisi, ya’ni tafakkur doimo oldinda boradi, tilga nisbatan tezroq rivojlanadi. Ba’zi olimlar obraz tafakkuri, texnik hamda mantiq tafakkurlarini farqlashni tavsiya etishadi. Obraz tafakkuri о‘z aksini adabiy asarlar nazm, navo va tasvirlarda, texnika tafakkuri texnikaga oid adabiyotlarda, mantiq tafakkuri esa tushuncha va muhokamalarning tо‘g‘ri qо‘llanilishida topadi. Til tafakkurning hamma turlarini aks ettirishda yagona qurol va vositadir. Tilshunoslik fanining markaziy muammosi bо‘lmish til va tafakkur masalasida sо‘z yuritilganda ular bir-biriga tengmi yoki ular boshqa-boshqa narsalarmi, degan savolga javob berish kerak bо‘ladi. Bu masalaning о‘rganilish tarixida mazkur savolga bir-biriga zid bо‘lgan fikrlar izhor qilinadi. Ba’zi olimlar ularni bir-biriga teng deyishsa, boshqalar ularni bir-biridan umuman ajratib qо‘yishadi. Shu mulohazalar ustida biroz tо‘xtalib о‘tamiz. Til bilan tafakkurni bir-biriga teng deyish tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Chunki: 1) kishi uylab yurgan fikrini til orqali ifodalaydi deyish haqiqatga tо‘g‘ri kelmaydi. Kishi fikrining boshqalarga aytish mumkin bо‘lgan qisminigina til yordamida suhbatdoshiga yetkazadi; 2) til moddiy, tafakkur esa g‘oyaviy hodisadir; 3) ikki narsani teng deyish uchun ularning tarkibini ham bir-biri bilan kiyoslash va ular bir-biriga mos kelsa, ularni teng deyishga asos tug‘iladi. Ma’lumki, tafakkurni mantiq; fani, tilni esa tilshunoslik urganadi. Mantiq fani tafakkurni tarkibiy qismlarga ajratganda, u uch birlikdan: tushuncha, muhokama va xulosadan tarkib topganini qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |