1-dars. Morfologiya va uning o’rganish ob’yekti. So'Z turkumlari dars maqsadi



Download 0,51 Mb.
bet2/5
Sana20.04.2017
Hajmi0,51 Mb.
#7197
1   2   3   4   5

Savol va topshiriqlar
1. Kelishik qo'shimchalari deganda nimani tushunasiz?

2. Kelishik qo'shimchalari uyasi deganda nimani tushunasiz?

3. Qaysi kelishik o'zaro almashinishi mumkin va bu almashinuv ma'noga qanday ta'sir etadi?


EGALIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: egalik shakllari yuzasidan talabalar bilimlarini mustahkamlash, ularda egalik qo'shimchalaridan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
R e j a:

1. Egalik qo'shimchalari haqida.

2. Egalik qo'shimchalarining shaxs-son ma'nolari bo'yicha turlari.

3. Ko'plik shaklidagi egalik qo'shimchalarining birlik ma'nosida qo'llanilishi va buning sabablari.


Birikmalardagi nuqtalar o'rniga rnos kcladigan qo'shimchalarni qo'ying. Bu qo'shimchaiarning ma'nosi va vazifasini ayting.
Men... kitob... Biz... kitob...

Sen... kitob... Siz... kitob...

U... kitob ... Ular... kitob.
Bir shaxsga mansub bo'lgan egalik qo'shimchalari birlik va ko'plikni ifodalash bo'yicha o'zaro farqlanadi. Ularni quyidagicha ko'rsatish mumkin.


Shaxs-son

Birlik

Ko'plik

I shaxs

- (i) m

- (i) miz

II shaxs

- (i) ng

- (i) ngiz

III shaxs

- (s) i

- lari

Egalik qo'shimchalarining birlik va ko'plik ma'nolari asosida yuqoridagi kabi zidlanish ayrim vaqtlarda buziladi. Bunday vaqtda ko'plik shakli o'zi qo'llanayotgan narsa-hodisaning birdan ortiqligini emas, balki hurmat ma'nosini bildiradi. Masalan, Onamiz dam olgani ketdilar.

II shaxs egalik qo'shimchasining ko'plik shakli ko'pincha «siz»lash ma'nosida qo'llaniladi. Masalan, opang («sen» siraganini bildiradi) — opangiz («siz»lashni bildiradi)

Bunday hodisa III shaxs egalik qo'shimchalarining birlik va ko'plik shakliga ham daxldordir. Masalan, opasi («sen»lash) — opalari («siz» lashni bildiradi)

Badiiy uslubda tilimizning bunday imkoniyatidan personajlar xarakterini ochishda ustalik bilan foydalanadilar. Masalan, Xo'jayinning itlari. (A. Qahhor) It hurmatga sazovor emas. Lekin xo'jayiniga laganbardorlik shunday kuchliki, uning itiga ham ana shunday munosabat bildiriladi.

Otlarning uch shaxsdan biriga mansub ekanligini bildiruvchi shakllar tizimi egalik qo'shimchalari sanaladi.


Savol va topshiriqlar
1. Egalik qo'shimchalari deganda nimani tushunasiz?

2. Egalik qo'shimchalarining ko'plik shakllari doimo ko'plik ma'nosini bildiradimi?

3. Agar ko'plikni bildirmasa, qanday vazifada qo'llaniladi?

4-dars. SI FAT VA UNING USLUBIYATI
Dars maqsadi: o'quvchilarda sifat va uning xususiyatlari haqida bilim va ko'nikmalar hosil qilish.
R e j a:

1. Sifat haqida umumiy o'rta ta'limda olingan bilimlarni eslash.

2. Sifat ma'nodoshlari uslubiyati.

3. Sifat nia'nodoshlaridan nutqda o'rinli foydalanish.


Ma'lum belgi bir necha so'zlar orqali ifodalanishi ham mumkin. Masalan: katta, ulug', ulkan, buyuk, gigant; chiroyli, go'zal, xushro'y, bejirim va boshq. Bunday so'zlar muayyan bir umumiy ma'no asosida birlashsalar ham, lekin ular bir-biridan ma'lum farqlanishga ham ega. Bunday farqlanish ularning boshqa so'zlar bilan bog'lanishida, ma'lum uslubga xoslanishida aniq namoyon bo'ladi. Masalan, odam so'zi katta, buyuk, ulkan, ulug' sifatlarini qabul qila oladi, lekin gigant sifati odam bilan bog'lana olmaydi. Chunki u qurilishlarda binolarning shakl-belgisini ifodalashga xoslangan. Shuningdek, ulug’ buyuk so'zlari shakl belgisidan tashqari xususiyat belgisini ham ifodalaydi. Bunday vaqtda ular bilan ma'nodosh bo'lib keladi. Ulkan, gigant so'zlarida esa bunday ma'no yo'qligi uchun ular bilan ma'nodoshlikni hosil qila olmaydi.

Shuning uchun ham sifatlarning ma'nodoshlarini bilish va o'z o'rnida qo’llay bilishi so'zlovchining nutqiy mahoratini ko'rsatadi.



SI FAT

Sifatning ta'rifi va leksik-grammatik xususiyatlari

Predmetning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?

so'roqlaridan biriga javob bo'lgan so'zlar sifat de`yiladi: pakana, ko'k, kuzgi. Sifatlarning morfologik xususiyatlari: 1) belgining darajasini ko'rsatadi: sho'x, sho'xroq, eng sho'x. 2) otlashadi: Kattalarni hurmat qiling. 3) fe'lga boglanib, ravish o'rnida keladi: Sattor chiroyli yozadi. Sifatlarning sintaktik xususiyatlari: 1) asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Yoqimli shamol esa boshladi. Tabiat go'zal. 2) sifat aniqlovchi bo'lib kelganda, aniqlab kelayotgan so'zi bilan moslashmaydi: keng(-) ko'cha, baland(-) tog'.

Sifatlarning ma'no jihatdan turlari

1. Xususiyat sifatlari. Bunday sifatlar shaxs va narsalarning xil- xususiyatlarini, holatini ifodalaydi: yaxshi, yomon, aqlli, sergak, so'zamol, sho'x, kamtar, quvnoq, g'amgin, xursand.

2. Rang-tus sifatlari. Bular narsalarning turli xil rang-tusini ifodalaydi: oq, qora, sariq, kul rang;


  1. Maza-ta'm sifatlari. Bu sifatlar narsalarning maza-ta'mini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, sho'r, achimsiq.

  2. Hajm-o'lchov sifatlari. Bu sifatlar narsalarning hajmini, vaznini, o’lchovini bildirib keladi: keng, tor, chuqur, katta, kichik, uzun, qisqa, baland, og'ir, engil, zildek, vazmin, yapaloq, tekis, yassi, dumaloq;

  3. Hid sifatlari. O'z-o'zidan ma'lum, bu sifatlar narsalarning turlicha hidlarini ifodalaydi: xushbo'y, sassiq, badbo'y, muattar, qo'lansa.

  4. Makon-zamon sifatlari. Bular narsalarning o'rin va paytga nisbatan olingan belgilarini ifodalaydi: uydagi, ko'chadagi, yozgi, qishki, avvalgi, dastlabki, bulturgi, kechki.



Asliy va nisbiy sifatlar

Narsalarning belgisini bevosita, to'g'ridan-to'g'ri ifodalay oladigan va belgini darajalab ko'rsata oladigan (ya'ni -roq qo'shimchasini qabul qila oladigan) sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq.

Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o'rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va ko'pincha daraja ko'rsata olmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Bunday sifatlar yasovchi qo'shimchalar yordamida yasalgan bo'ladi: sharsimon, ko'chma, devoriy, yozgi, uydagi, oilaviy, toshkentlik.
Savol va topshiriqlar

1. Sifat deganda nimani tushunasiz?

2. Sifatlar sinonimiyasiga misoilar kelriring.

3. Sifatlar sinonimiyasining nutqda tanlanish imkoniyali haqida gapiring.




5-dars. SIFAT DARAJALARI VA SIFAT YASOVCHI

QO'SHIMCHALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: sifat darajalaridan o'rinli foydalanish ko'nikmasini hosil qilish.
R e j a:

1. Sifatlarda belgining darajalanishi haqida.

2. Sifatlarda belgining darajalanishini ifodalovchi vositalar.
Sifatlar belgini to'g'ridan to'g'ri (oq, ko'k kabi) yoki bir belgini qiyoslab, darajalab ko'rsatishi ham mumkin. Masalan, ko'kish, ko'kimtir, ko'm-ko'k, to'q ko'k, och ko'k va boshq. Bulardan ko'k belgini to'g'ridan to'g'ri ifodalab uning me'yorda ekanligini; ko'kish, ko'kimtir, ko'k belgining me'yordan kam ekanligini. ko'klik haqidagi tasavvurimizga yetmaganligini, ko'm-ko'k, to'q ko'k sifatlari esa belgining me'yordan ortiq, kuchli ekanligini bildiradi.

Odatda, sifatlarning uch darajasi ajratiladi: a) oddiy daraja; b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja.

Belgining ortiq-kamlik munosabati ifodalanmaydigan sifatlar oddiy darajadagi sifatlar sanaladi. Bunday sifatlarda maxsus daraja hosil qiluvchi vosita bo'lmaydi. Shirin, go'zal, oq, qora singari sifatlar oddiy darajaga mansubdir.

Belgining mo'ljaldan ortiqligini, kuchliligini bildirgan sifatlar orttirma darajadagi sifatlar hisoblanadi.

Bunday sifatlar 1. Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo'g'inidagi oxirgi undoshning m yoki p undoshiga almashtirib yoki shunday undosh qo'shib sifat oldidan takrorlash orqali: ko'm-ko'k; sariq — sap-sariq, qiz.il — qip-qizil kabi:

2. Tarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho'zish yo'li bilan: achchiq — a:chchiq, uzun — u:zun; chiroyli — chiro:yli kabi;

3. Sifat oldidan juda, g'oyat, nihoyatda, behad singari so'zlarni qo'shish yo'li bilan: yaxshi-juda (behad, g'oyat, nihoyatda) yaxshi kabi.

Belgining mo'ljaldan kamligini, kuchsizligini ifodalaydigan sifatlar ozaytirma darajadagi sifatlar hisoblanadi.

Bunday sifatlar quyidagi yo'llar bilan hosil qilinadi: 1) sifat oldidan sal, picha, ozgina, xiyol, biroz kabi so'zlarni keltirish yo'li bilan: to'la — sal to'la, achchiq — ozgina achchiq; 2) sifat oxiriga — roq. — (i)sh, (i)mtir qo'shimchalarini qo'shish orqali: sariq— sariqroq (sarg'ish, sarg'imtir) kabi.

Bular ichida — roq qo'shimchasi biroz, sal, ba 'zan nim, och so'zlari bilan sinonim bo'lib keladi. Shuning uchun ularni ko'pincha birining o'rnida ikkinchisini qo’llash mumkin bo'ladi. Masalan, qizilroq — sal qizil, biroz qiziil, och qizil kabi.


Savol va topshiriqlar

1. Sifat darajalari deganda nimani tushunasiz?

2. Sifatning qanday darajalarini bilasiz?

3. Uchta sifat topib, uni turli daraja shakllarida keltiring. Ma'no farqini tushuntiring.


Grammatik o'yin. Katakchalarni sifat so'z turkumiga oid so'zlar bilan to'ldiring. Kim tez va to'g'ri to'ldiradi.

Asliy sifat

Nisbiy sifat

Sifatning daraja shakli

Sifatning orttirma shakli

Yasama sifat

















Tayanch tushunchalar

oddiy daraja, ozaytirma sifat, kuchaytirma sifat.


SIFAT YASOVCHI QO'SHIMCHALARNING USLUBIY

XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: sifat yasovchi qo'shimchalar sinonimiyasi va ularning uslubiy xususiyatlari haqida ma'lumot berish.
R e j a:

1. Tub va yasama sifatlar.

2. Sifat yasovchi qo'shimchalar sinonimiyasi va ularning uslubiy xususiyatlari.
Sifatlarning tub va yasama bo'lishidan xabardorsiz. Hech qanday yasovchi qo'shimchalarsiz belgi bildiruvchi so'zlar tub sifatlar sanaladi. Masalan, go'zal, hunuk, oq, qora kabi. Yasovchi qo'shimchalar yordamida boshqa so'z turkumlaridan hosil qilingan sifatlar yasama sifat hisoblanadi. Masalan, suv so'ziga — li qo'shimchasi qo'shish orqali o'zak ifodalagan narsaning mavjudligini me’yordan ortiqligini (suvli) bildiradi, — siz qo'shimchasini qo'shish orqali esa, aksincha, o'zak ifodalagan narsaning yo'qligi yoki me'yordan kamligini (suvsiz) bildiradi.

Sifat yasovchi -li qo'shimchasi -dor, -kor qo'shimchalari va ba- old qo'shimchasi bilan sinonimik munosabatda bo'ladi, shuning uchun ularni birining o'rnida ikkinchisini qo'llash mumkin. Masalan, go'shtli- go'shtdor, gunohli-gunohkor, mazali-bemaza kabi; lekin doimo ham ularni bir-biri bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, yurakli, kuchli so'zlarini bayurak, yurakdor, yurakkor, kuchdor, bakuch, kuchkor deb bo'lmaydi.

Sifat yasovchi -siz qo'shimchasi be-, -no old qo'shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo'ladi. Shuning uchun ularni ko'pincha birining o'rnida ikkinchisini qo'llash mumkin. Masalan, umidsiz, beumid — noumid; lekin ularni ham doimo bir-biri bilan almashtirib bo'lmaydi. Masalan, aqlsizni beaql deyish mumkin, lekin noaql deb bo'lmaydi. Shuningdek, nomard, noma'lum singari so'zlardagi no- old qo'shimchasini be- old qo'shimchasi va -siz qo'shimchasiga almashtirib bo'lmaydi, chunki bu so'zlar fors-tojik tilidan o'zbek tiliga tayyor holda o'tgan. Hozirgi o'zbek tilida yasalgan emas.

Shunga ko'ra sifat yasovchi qo'shimchalardan o'rinli foydalanish katta ahamiyatga ega.


Savol va topshiriqlar

1. Yasama sifat nima va qanday vositalar yordamida sifat yasaladi?

2. Sifat yasovchi qo'shimchalar sinonimiyasi deganda nimani tushunasiz?

3. Sifat yasovchi qo'shimchalarni bir-biri bilan almashtirib bo'lmaydigan holatlarni ayting.

6-dars. SON VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: son va uning uslubiy xususiyatlari bo'yicha talabalarda bilim hamda ko'nikma hosil qilish.
R e j a:

1. Son haqida ma'lumot.

2. Sonning tuzilishi va ma'no turlari.

3. Qo'shma sonlarda sonlar tartibi.



Sanaluvchi predmetlarning miqdorini, son-sanog'ini, tartibini bildirgan so'z turkumlari son deyiladi. Sonlar necha? qancha, nechta? nechanchi? qancha? so'roqlariga javob bo'ladi. Masalan, o'n, ikki, besh; o'nta kitob, o'ninchi sinf, o'ntadan olma, uchala kishi kabi.

Hozirgi o'zbek tilida predmctning miqdorini, son-sanog'ini ifodalash uchun ko'proq yigirma uchta sondan foydalaniladi. Bulardan to'qqiztasi birlik sonlar: bir, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz; to'qqiztasi o'nlik sonlar: o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson. to'qson; beshtasi yuzlik, minglik va yuqori sonlarni bildiradi: yuz, ming, million, milliard. Bu sonlarning barchasi miqdorga egalik ma'nosini ifodalovchilar sifatida «nol»ga zidlanadi. Nol son miqdorga ega emaslikni biдdiradi. Qolgan sonlar birlik sonlarning o'nlik songa qo'shiluvidan (o'n bir, yigirma besh, to'qson to'qqiz), shuningdek, yuzlik va o'ndan yuqori son oldidan birlik, o'nlik sonlarning keltirilishidan (bir yuz ellik ming, to'qqiz milliard ikki yuz million, o'n bir ming besh yuz) hosil bo'ladi.

Sonlar ma'nosiga ko'ra sanoq so'zlar, tartib sonlar, jamlovchi sonlar, dona sonlar, taqsim sonlar, chama sonlarga bo'linadi. Sonning ma'no turlarini quyidagi chizmada ko'ring.

Bu ko'rsatilgan son turlaridan har qaysisining o'z shakllari mavjud. Bosh shakl orqali ifodalangan miqdor nomlariga sanoq sonlar deyiladi. Masalan, bir, o'n, yigirma, ming, million kabi.

Predmetning tartibini bildirgan sonlarga tartib son deyiladi.

Tarlib sonlar sanoq sonlarga -nchi, -inchi qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil bo'ladi. Bulardan -nchi unli bilan tugagan, -inchi undosh bilan tugagan so'zlarga qo'shiladi. Masalan, besh — beshinchi, o'n — o'ninchi, ikki — ikkinchi.



Predmet miqdorini jamlab ko'rsatgan sonlarga jamlovchi sonlar deyiladi. Jamlovchi sonlar sanoq songa -ov, -ala ba'zan -ovlon (cski shakl) qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi. Jamlovchi sonlar otlashgan xususiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun jamlovchi son qo'shimchalari ko'plik va uch shaxsdagi egalik qo'shimchalaridan birini olib keladi. Masalan, besh — beshovi — beshovlari, uch — uchalasi, uchalalari, ikki — ikkovlon, ikkalasi kabi. Misol: To'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar, oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar. Ko'rinib turibdiki, -ov, -ovlon birlik sonlarga, ikkidan yuqorisiga qo'shiladi. Bir soniga -ov qo'shimchasi qo'shilib jamlovchi «kimdir» degan ma'noda qo'llanadigan birov so'zi son ma'nosini yo'qotib, olmosh turkumiga o'tgan.

-ala qo'shimchasini olgan son egalik qo'shimchasini olmasligi ham mumkin. U vaqtda son otlashmagan bo'ladi. Masalan, ikkala kishi.

Jamlovchi son qo'shimchalari unli bilan tugagan sonlarga qo'shilganda, son oxiridagi unli tushib qoladi. Masalan: ikki — ikkovi, ikkalasi; yetti — yettovi, yettalasi kabi.



Predmet miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Dona sonlar sanoq songa -ta qo'shimchasini qo'shish orqali yasaladi. Masalan, besh — beshta, o'n — o'nta. Bu qo'shimcha faqat donalab sanalishi mumkin bo'lgan predmetlarni sanash uchun qo'llaniladi. Masalan, o'nta kitob, beshta daftar, lekin o'nta kerosin, beshta benzin deb bo'lmaydi. O'nta suv deyilishi mumkin, lekin bu vaqtda o'nta soni shisha ma'nosini ham o'z ichiga oladi. O'nta suv «o'n shisha suv» ma'nosida qo'llaniladi. Shuningdek, mashinaga quyilgan benzin haqida gap ketganda, o'nta quy, o'ttizta quydim, degan jumlalarni eshitamiz. Bunday vaqtda dona son «litr» ma'no­sini ham o'z ichiga oladi. O'nta quydim jumlasi «o'n litr quydim» ma'nosini ifodalaydi.

Predmet miqdorini taqsimlab ifodalaydigan sonlarga taqsim son deyiladi. Taqsim sonlar sanoq songa –tadan qo'shimchasini qo'shish orqali hosil bo'ladi va ikkitadan ortiq predmetlarning bo'laklarga teng ajratilganini bildiradi. Masalan, ikkitadan, o'ntadan kabi.

Predmetning taxminiy miqdorini bildirgan sonlar chama sonlar deyiladi. Chama sonlar son asosiga -tacha, -lab qo'shimchalari qo'shishi orqali hosil bo'ladi. Masalan: o'ntacha, mingtab kabi.
Eslatma: o'zbek tili tarixida miqdorni ifodalash uchun lak (yuz ming), tuman (ming) sonlari ham ishlatilgan.

Sonning ma'nosiga ko'ra turlari va ularni hosil qilish vositalarini quyidagi jadvaldan ko'ring:




Son asosi

Qo'shimcha

Son turi

uch


-inchi

tartib son

-ov, ala

jamlovchi son

-ta

dona son

-tacha

chama son

-tadan

taqsim son

E s la t m a: uch, yetti, to'qqiz, qirq kabi sonlar sehrli sonlar sifatida ham talqin qilinadi.

Savol va topshiriqlar
1. Son deb nimaga aytiladi?

2. Uning ma’no turlari haqida ma’lumot bering?

3. Tartib son sondagi tartibdan tashqari yana nimani anglatadi?

4. Qanday sonlar jamlovchi sonlar hisoblanadi?



SON VA O'LCHOV SO'ZLAR.

SONLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: o'quvchilarga o'lchov birliklari haqida ma'lumot berish va ularni ifodalovchi so'zlardan to'g'ri foydalanishga o'rgatish.
R e j a:

1. O'lchov birliklari haqida.

2. O'lchov birliklarini ifodalovchi so'zlar va ular­ning turlari.
Tilimizda turli xil o'lchovlar va shu o'lchovlarni ifodalovchi so'zlar bor. Ular quyidagicha:


T/r

O'lchov turlari

O'lchov so'zlar (hozirgi)

Tarixiy o'lchov so'zlar

1.

Og'irlik o'lchovlari

milligramm, gramm, kilo (gramm), litr, tonna, sentner

misqol, botmon, paysa, dahsar

2.

Uzunlik o'lchovlari

millimetr, santimetr, dilsimetr, kilometr

chaqirim, qarich, yog'och, gaz, qalam

3.

Donalik o'lchovlari

dona, bosh, nafar, tup

dona, bosh, hafar

4.

Maydon o'lchovlari

sotix, gektar

tanob


Sanoq son bilan sanalayotgan predmet o'rtasida qo'llanadigan o'lchov birliklariga o'lchov so'zlari deyiladi.

Masalan, o'n kilo (gramm) un, uch tonna paxta, besh kilometr yo'l kabi.

Yuqorida sanab o'tilgan o'ichov birliklarining ayrimlari o'lchanayotgan, sanalayotgan predmetning qandayligiga xoslangan bo'ladi. Masalan, nafar shaxslarning, bosh hayvonlarning, litr suyuqliklarning, tup o'simliklarning miqdorini ifodalashga xoslangan: besh tup daraxt (pomidor), o'n bosh qo'y, to'rt nafar talaba kabi.

O'lchov so'zlar ichida ayrimlari faqat o'lchov — hisob ma'nosini bildirsa, ayrimlari alohida olinganda predmet nomini, matn ichidagina o'lchov birligi ma'nosini bildiradi. Masalan, suyuqlik o'lchovi uchun paqir (chelak), shisha, bochka; xashak-o'tinlarni o'lchash uchun tutam, quchoq, bog'; uzunlikni o'lchash uchun qarich, qadam, yog'och singari so'zlar faqat matn ichidagina qo'llaniladi. Masalan, besh shisha mineral suv, uch bochka pivo, bir paqir yog'; yuz, bog' beda, bir quchoq o'tin, bir tutam xashak, uch qarich gazmol, besh qadam yo'l kabi.

Alohida olinganda esa narsa va hodisalarning nomini bildiradi. Shisha, paqir, qarich, qadam kabi.
Savol va topshiriqlar

1. O'lchov so'zlari deganda qanday so'zlarni tushunasiz?

2. O'lchov so'zlarining qanday ma'no turlarini bilasiz?

3. Sof o'lchovni bildiradigan so'zlar bilan faqat matn ichida o'lchov bildiradigan so'zlarni ayting.

8-dars. OLMOSHLARNING MA'NO XUSUSIYATLARI


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish