2. Bozordagi iste’molchilar sonining o‘zgarishi. Ravshanki, iste’molchilar soni ortsa, ularning biror tovarga bo‘lgan talabi ham o‘sadi va aksincha. Masalan, shahar aholisining ko‘payishi tibbiy xizmatga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi.
3.Iste’molchilar daromadlarining o‘zgarishi. Odatda, aholi daromadlarining ortishi bilan deyarli barcha tovarlarga bo‘lgan talab o‘sadi. Bunday tovarlar normal tovarlar deb ataladi. Lekin shunday tovarlar ham borki, ularga bo‘lgan talab aholi daromadlarining kamayishi bilan o‘sadi. Bunday tovarlarni iqtisodchilar past toifali tovarlar deb atashadi. Masalan, aholi daromadlarining kamayishi sifati past avtomobilga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi.
4.O‘zaro bog‘liq tovarlar narxining o‘zgarishi. Bir tovar narxining o‘zgarishi ikkinchi tovarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Bunday tovarlar jufti o‘zaro bog‘liq tovarlar deb ataladi. O‘zaro bog‘liq tovarlarga biz yuqorida gap yuritgan bir-birining o‘rnini bosuvchi (masalan, margarin va moy) va bir-birini to‘ldiruvchi (masalan, avtomobil va benzin) tovarlar misol bo‘la oladi.
5.Yaqin kelajakda iste’molchilar daromadlari va tovar narxi o‘zgarishining kutilishi. Agar yaqin kelajakda aholi daromadlarining oshishi kutilayotgan bo‘lsa, ular ayni paytdagi kundalik xarajatlarini kamroq chegaralay boshlashadi va shu bois ko‘proq tovarlar sotib ola boshlaydilar. Aksincha, aholi daromadlarining pasayishi kutilayotgan bo‘lsa, ular ayni paytda tovarlar sotib olishni ko‘proq chegaralay boshlashadi va bu tovarlarga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keladi.
TALAB CHIZIG‘INING O‘ZGARISHI
Narxga bog‘liq bo‘lmagan yuqoridagi omillar ta’sirida talab chizig‘i holatining o‘zgarishini tahlil qilaylik. Faraz qilaylik, boshlang‘ich holatda tovarga bo‘lgan talab miqdori 1-jadval ko‘rinishida berilgan bo‘lib, unga mos talab chizig‘i D0 ko‘rinishda bo‘lsin. Aytaylik, narxga bog‘liq bo‘lmagan qandaydir omil ta’sirida tovarga bo‘lgan talab o‘sib, 2-jadval ko‘rinishini olgan bo‘lsin. Bu jadval asosida talab chizig‘ining boshlang‘ich va keyingi holatlarini chizadigan bo‘lsak, talab chizig‘i boshlang‘ich D0 vaziyatdan, keyingi D1 vaziyatga o‘tganligini, ya’ni o‘ng tomonga surilganligini aniqlashimiz mumkin. Xuddi shu kabi, biror omil ta’sirida tovarga bo‘lgan talabning 3-jadvaldagidek pasayishi natijasida, talab chizig‘ining boshlang‘ich D0 holatdan chap tomonga surilib, D2 holatga o‘tishini ko‘rishimiz mumkin.
1-jadval
2-jadval 3- jadval
Narx, so’mda
|
1-holatdagi talab miqdori, tonnada
|
400
|
500
|
600
|
400
|
800
|
300
|
Narx, so’mda
|
2-holatdagi talab miqdori, tonnada
|
400
|
300
|
600
|
200
|
800
|
100
|
Do'stlaringiz bilan baham: |