I.Дарснинг мақсади: Ta’limiy maqsad: Talabga ta’sir etuvchi narxga bog’liq bo’lgan va narxga bog’liq bo’lmagan omillarni tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar ongiga qadriyatlarimizni unutmaslikni singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Talabga ta’sir etuvchi omillarning ta’sirini baholay olish.
Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha va atamalar;
O‘zaro bog‘liq tovarlar
Bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar
Bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar
Normal tovarlar
Past tabaqali tovarlar
III.Dars uchun zarur jihozlar va ma`lumot manbalari:
8-sinf darsligi;
Kompyuter, proyektor, Power Point dasturida yaratilgan slayd.
“Kordinata tekisligi”
Tarqatma materiallar
IV. Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
Uy vazifalarini tekshirish
|
5 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzuni yoritish:
Mustaqil ish;
Munozara;
|
24 daqiqa
14 daqiqa
10 daqiqa
|
4.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 daqiqa
|
5.
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
3 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
V. Darsning tafsilotlari:
1.Tashkiliy qism – salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash.
2.Yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi dars bilan bog’liq o’tgan dars “Talab va talab qonuni” mavzusini takrorlash, o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash va baholash; yangi dars maqsadini tushuntirish. Dars maqsadi va yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha va atamalar proyektor orqali namoyish qilinib turadi.
Talab — tovarning narxi va talab miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, xaridorlarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish imkoniyatlarini aniqlaydi.
Talab chizig‘i — talabning tekislikdagi grafik ko‘rinishi
Talab chizig’i odatda “D” harfi inglizcha “demand” (talab) so’zining bosh harfi bilan belgilanadi. Talab ba’zida p=-aq+b,(a>0,b≥0) ko’rinishidagi chiziqli funksiya ko’rinishida ham berilishi mumkin.
Talab miqdori — xaridorlarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotib olishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
Talab qonuni:
Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda, tovarning narxi qancha past bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha kam bo‘ladi.
3.Yangi mavzuni yoritish.
O’quvchilar e’tibori quyidagi jumlaga qaratiladi va savol tashlanadi.
Faraz qilaylik, har biringizga maktabda tushlik qilish uchun har kuni ota-onalaringiz 2000 so’m pul beradi. Bu pulga so’msa yoki “hot-dog” sotib olishingiz mumkin.
Jadvalda ko’rsatilgan narxlarda har biringiz nechtadan somsa va nechtadan “hot-dog” sotib olishingiz mumkinligini, ya’ni yakka talabingizni aniqlab, qo’lingizga berilgan jadvalni to’ldirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |