57-58darslar.Bayon va uning tahlili. Ijodiy bayon
Darsning maqsadi:
1. O'quvchilarning ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalari, fe'lning tuzilishiga ko'ra turlari, fe'l yasalishi yuzasidan olgan bilimlarini sinash va mustahkamlash.
2. O'quvchilarga ziyorat, mehmondorchilik odobini o'rgatish.
3.O'quvchilarning og'zaki va yozma savodxonligini o'stirish. Darsning jihozi: bayon matni.
Darsning metodi: suhbat, mustaqil ishlash va yozma nazorat. Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
2. Bayon matni bilan tanishtirish.
3. Matn mazmuni bo'yicha suhbat o'tkazish.
4. Bayon uchun reja tuzish.
5. Bayonni yozdirish.
6. Bayon tahlili va xatolar ustida ishlash.ZIYORAT QILISH
Uyingizga sizni ziyorat etgali kelgan mehmonlarni muloyimlik bilan va ochiq yuz bilan qarshi olib ko 'risking, munosib joyga o 'tkazib, hol-ahvolini so 'rang. Kuchingiz yetguncha ovqatdan va boshqa har jihatdan ularni mamnun qilib, izzat va hurmatlarini bajo keltiring. Keyin sizdan ruxsat olib, ketmoqchi bo'lib o'rinlaridan tursalar, ko'cha eshigigacha ularni kuzatib boring. Qarindosh-urug'laringiz yo do 'stlaringiz yoki tanish-bilishlaringizni ziyorat qilish uchun 64
ularning uylariga bormoqchi bo 'Isangiz, avval uyga kiyadigan kiyimlaringizni yechib, yuz, qo 'llaringizni sovunlab, yaxshilab yuvib, toza kiyimlar kiyib, ularning uylariga boring.
Birovning uyiga borganingizda eshikni ochib, so 'ramay-netmay ichka-riga to'ppa-to'g'ri kirib bormang, oradan bir oz vaqt o'tkazib, eshikni uch marta taqillating, uy egasiga ziyorat uchun kelganingizni bildiring. Uy ichidagilardan tovush chiqmasa, hech kirn yo 'qligi anglashiladi. U vaqtda ko 'p turmay, qaytib keting. Agar lozim topsangiz, kelganingizni bildirib, xat yozib, eshikning bir yeriga qistirib keting. '
Ziyorat qilishdan maqsad bir kishining uyidagi hol-ahvollarini tekshirish emas, balki o 'zining unga bo 'Igan hurmatini, do 'stligini bildirishdir. Shunga ko'ra, kimni ziyorat qilgani, ko'rgani borsangiz, agar u kishi samimiy do'stingiz, o'rtog'ingiz bo'lmasa, u bilan hazillashmang, uning narsalarini tekshirmang, kitoblarini, yozgan xatlarini axtarmang, hech bir narsasiga tegmang.
Uyiga sizni taklif qilgan kishining taklifini qabul qilib, borishga va'da bergan bo'Isangiz, tayin etilgan vaqtdan kechikmay boring. Biror voqea sababli borishingiz mumkin bo'lmay qolsa, taklif qilgan kishiga uzringizni yetkazlng.
Qarindosh-urug'/aringiz, do'stlaringiz va boshqa tanish-bilishlaringizdan binning kasal bo Tib yotganidan xabar topsangiz, darhol uni ziyorat qilib, hol-ahvolini so'rang.
Kasal dg'ir ho/da bo'lgant uchun shifokorlar uning yoniga ruxsat bermasalar, kasalning holini u yerdagilardan so'rab bilish bilan qanoat qiling.
Shifokor ruxsati orqali kasal huzuriga kirsangiz, uning yonida ko 'p o'tirmang, ko'ngliga og'ir keladigan qayg'uli so'zlarni so'zlamang.
Kasalning mumkin qadar shikoyatini tinglang, ko'nglini ko'taring, sabr etishga da'vat qiling, qo'rqitmang, tez kunda shifo topishini aytib, ko 'ngliga umid baxsh eting.
Bayon uchun quyidagicha reja tuzish mumkin:
Reja:
1. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish odobi.
2. Ziyoratga borish amallari.
3. Kasallarni ko'rish.
“Tasdiqlayman” O’TIBDO’: __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |