Darsning mustahkamlash bosqichida 179-mashq og'zaki bajariladi.
O'. Umarbekovning «Hayot qo'shig'i» hikoyasidan olingan gaplarni o'qib, ketmoq fe'lining ishlatilish o'rinlariga va ma'nolariga diqqatni qaratish amaliy bajariladi.
180-, 182-mashqlar yozma bajariladi.
«Musobaqa vaqti» mashg'uloti ikki guruhga bo'lingan holda 185-mashq matni bilan ishlanadi.
Guruh o'z ma'nosida ishlatgan fe'lni qo'llab gap tuzadi.
Guruh ko'makchi fe'l ma'nosida qo'llab gap tuzishadi (2 tadan).
«Ha», «Yo'q» o'yin mashg'uloti asosida yangi mavzu bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma, malakalari tekshiriladi. O'gzaki tartibda yoki chizma asosida o'tkazilishi mumkin
Dars yakunida o'quvchilar bali e'lon qilinadi. Uyga vazifa topshiriladi (183-187-mashq).
Do'stlaringiz bilan baham: |