166-dars.Ot bo’yicha o’tilganlarni takrorlash.
167-dars.Sifat,son,ravish bo’yicha o’tilganlarni takrorlash.
168-dars.Ish qog’ozlari bo’yicha o’tilganlarni takrorlash.
169-dars.Test ustida ishlash.
170-dars. YAKUNIY DARS
Yakuniy dars besh bosqichdan iborat bo'ladi: 1-bosqich uchun savollar:
1 Fe'l deb nimaga aytiladi?
2Fe'lning ma'noviyguruhlari haqida gapiring.
3.Fe'l nisbatlari qaysilar?
4.Fe'lning zamonlari haqida gapiring.
5.Fe'lning vazifa shakllari haqida so'zlab bering.
Tahlil namunasi:
Bolalar bog'da mehnat qilishyapti. mehnat qilishyapti — mustaqil so'z turkumi, fe'l harakatni bildiradi, birgalik nisbatida, xabar maylida, hozirgi zamon davomiy fe'li, qo'shma fe'l kesim vazifasida.
So'ngsayradi, qoyilqoldi, bajarmoqchiman, yordamlashdik, keltirardi, boraylik kabi fe'llar tahlil qilinadi.
2-bosqich uchun savollar:
1 Ot deb nimaga aytiladi?
2 Otning ma'noviy guruhlari qaysilar?
3 Atoqli va turdosh otlar, ularning imlosi haqida so'zlab bering;
4Aniq otlarga misollar keltiring.
5. Sodda, qo'shma va juft otlarga misollar keltiring.
Tahlil namunasi:
Yurtimizningta'rifiga til ojiz.
Yurtimizning — mustaqil so'z, ot, aniq ot, turdosh ot, o'rin-joy oti, birlik son, qaratqich kelishigida, aniqlovchi vazifasini bajaryapti.
So'ng Zarafshonni, ota-onalarimizdan, boychechaklarni, suvimiz, Abduvalida, Uchquduqqa otlari tahlil qilinadi.
3-bosqich uchun savollar:
1 Sifat deb nimaga aytiladi?
2Asliy va nisbiy sifatlarga misollar keltiring.
3 Sifat yasovchi qo'shimchalar va ularning imlosi haqida gapiring.
4 Sifatlarning tuzilishiga ko'ra turlari necha xil bo'ladi?
5 Sifatlarda baho qanday ifodalanadi?
Tahlil namunasi:
Piyola:
— Tuzilishim
kichkina
Ham ixcham, ham yengilman.
O'xshatishar ko'pchilik
Rost, kosaga singilman. (Orif To'xtash)
Kichkina, ixcham, yengil — mustaqil so'zlar, sifatlar, asliy sifatlar, sodda sifatlar, shakl-xususiyatni ifodalaydi, kesim vazifasida.
So'ng yaltiroq, kumushsimon, yam-yashil, maqtanchoqroq, katta-kichik, ko 'kimtr singari sifatlar tahlil qilinadi.
4-bosqich uchun savollar:
1 Son deb nimaga aytiladi?
2Sonning ma'no turlari qaysilar?
3. Sonlarning imlosi haqida so'zlab bering.
4. Sonlar tuzilishiga ko'ra necha xil bo'ladi?
5. Sonlarning gapdagi vazifalari haqida gapiring.
Tahlil namunasi:
Bu yil oltinchisinfni a'lo baholarga bitirmoqchiman. Oltinchi — mustaqil so'z, son, sodda tub son, sifatlovchi, aniqlovchi vazifasida.
So'ng minglarcha, yettovi, o'n bitta, saksoninchi, bir mingyetti yuz ellik to'qqiz, besh-olti singari sonlar tahlil qilinadi.
5-bosqich uchun savollar:
1. Ravish deb nimaga aytiladi?
2. Ravishning ma'no guruhlari haqida gapiring.
3. Ravishlar qanday yasaladi?
4. Ravishlarning gapdagi vazifalari haqida so'zlang.
5.Ravishlarning tuzilishiga ko'ra turlari necha xil bo'ladi?
Tahlil namunasi:
Xalqimizning baxt-saodati yo'lida fidokorona mehnat qilaylik. fidokorona — mustaqil so'z, ravish, holat ravishi, sodda, yasama, hoi vazifasida.
So'ng kutilmaganda, kecha, allaqayerdan, bexosdan, birga ravishlari tahlil qilinadi.
Javoblar umumlashtirilib, darsga yakun yasaladi. Yil davomida o'tilgan materiallar haqida yakuniy fikr-mulohazalar bayon etiladi.