1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy



Download 0,53 Mb.
bet211/218
Sana29.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#79387
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   218
Bog'liq
11-sinf-kimyo-konpekt

V.Tashkily qism;

a)Salomlashish

b)Yo’qlama

c)Siyosiy daqiqa

VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.

VII.Dars bayoni:



Pushti-siyohrangli kaliy permanganatni suvli eritmasini oksidlovchilik xossasiga eritmani muhitining ta’sirini o‘rganish uchun uchta probirka olib, ularni hammasiga bir xil miqdorda oksidlovchilik xossasiga ega bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi va qayratuvchilik xossasiga ega bo‘lgan natriy nitrit eritmasini solamiz. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi sulfat kislota eritmasidan, ikkinchisiga 1-2 tomchi distillangan suv va uchinchi probir­kaga 1-2 tomchi kaliy gidroksid eritmasidan qo‘shamiz. Birinchi probirkada eritma rangsiz holatga keladi. Ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Uchinchi probirkada yashil rangli eritma hosil bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rishimiz mumkinki, eritma muhitiga qarab oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida har xil moddalar hosil bo‘lishi mumkin ekan va bu moddalar eritmaga turli rang beradi.

Endi har bir probirkada nima jarayon yuz berganini ko‘rib chiqaylik. Dastlab uchta probirkada ham kaliy permanganat eritmasi bor edi. Permanganat ioni (MnO4 ) eritmaga pushti-siyohrang beradi. Shuning uchun uchta probirka ham pushti-siyohrangda edi. Har bir probirkada qanday jarayon yuz berganini bilish uchun reaksiya tenglamalarini yozib olamiz.

Birinchi probirkada:

KMnO4 + NaNO2 + H2SO4 ► MnSO4 + NaNO3 + K2SO4 + H2O

Reaksiyani yarim reaksiya usuli bo‘yicha tenglashtiramiz.

KMn°4 + NaN02 + H2S04 ► MnS04 + NaN03 + K2S04 + H20

_ _ _ ___a+5 e _ _ 0_

Mn°4- + 8H+ ► Mn2+ + 4H20 5 2

-2 e +

N02- + H20 ► N03 + 2H+

2Mn°4- + 16H++ 5N02- + 5H20 ► 2Mn2+ + 8H20 + 5N°3 + 10H+

2Мп°4- + 6H++ 5N02- ► 2Mn2+ + 8H20 + 5N03-

2KMn°4 + 5NaN02 + 3H2S04 ► 2MnS04 + 5NaN03 + K2S04 + 3H20

Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti- siyohrang berib turgan permanganat ioni (Mn°4-) reaksiya tugagandan keyin Mn2+ ioniga aylandi. Mn2+ ioni rangsiz bo‘lgani uchun, reaksiya amalga oshganda birinchi probirkada rangsiz eritma hosil bo‘ladi. Bu jarayon permanganat (Mn°4-) ionini Mn2+ ioniga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, kislotali muhitda perman­ganat ioni (Mn°4-) Mn2+ ioniga aylanadi.

Ikkinchi probirkada:

KMn°4 + NaN02 + H20 ► Mn°2 + NaN03 + KOH

Kaliy permanganat va natriy nitrit eritmalari orasidagi reaksiya neytral muhitda olib borilganda permanganat ioni (Mn°4-) 3 ta elektron qabul qilib olib, marganes (IV) oksid (Mn°2) holigacha qaytariladi. Qaytaruvchi nitrit ioni esa, avvalgi reaksiya kabi nitrat ionigacha oksidlanadi.


KMn°4 + NaN02 + H20 ► Mn°2 + NaN03 + KOH



+3 e






2Mn04- + 4H20 + 3N°2 + 60H- ► 2Mn°2 + 80H- + 3N°3 + 3H20

2Мп°4- + H20 + 3N°2 ► 2Mn°2 + 20H- + 3№3-

2KMn°4 + 3NaN02 + H20 ► 2Mn°2 + 3NaN03 + 2K0H

Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti-siyohrang berib turgan permanganat ioni (Mn°4-) reaksiya tugagandan keyin marganes (IV) oksid (Mn°2)ga aylandi. Marganes (IV) oksid qoramtir-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma bo‘lgani uchun ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ldi. Bu jarayonga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, neytral muhitda permanganat (Mn°4-) ioni marganes (IV) oksid (Mn°2)ga aylanadi.

  • K
    KMnO4 + NaNO2 + KOH
    2MnO4 + NaNO3 + H2O

Kaliy permanganat va natriy nitrit eritmalari orasidagi reaksiya ishqoriy muhitda olib borilganda permanganat ioni (MnO4) 1 ta elektron qabul qilib olib, manganat ionigacha (MnO42-) qaytariladi. Qaytaruvchi nitrit ioni esa, avvalgi reaksiya kabi nitrat ionigacha oksidlanadi.

Reaksiyadan korishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti- siyohrang berib turgan permanganat (MnO4) ioni reaksiya tugagandan keyin manganat (MnO42-) ioniga aylandi. Manganat (MnO42-) ioni eritmaga yashil rang bergani uchun uchinchi probirkadagi eritma yashil rangga kirdi. Bu jarayon permanganat (MnO4) ionini manganat (MnO42-) ioniga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, ishqoriy muhitda permanganat (MnO4) ioni manganat (MnO42-) ioniga aylanadi.

Permanganat (MnO4) ionini oksidlovchilik xossasi eritmani muhitiga bog‘liq bo‘lib, kislotalik muhitda oksidlovchilik xossasi kuchliroq namoyon bo‘ladi va 5 ta elektron olib, +2 ionigacha qaytariladi. Neytral muhitda o‘rtacha oksidlovchilik xossasi namoyon bo‘ladi va 3 ta elektron olib, MnO2 gacha qaytariladi. Ishqoriy muhitda esa oksidlovchilik xossasi kuchsizroq namoyon bo‘ladi va 1 ta elektron olib, MnO42- ionigacha qaytariladi.VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.

IX.Uyga vazifa:



Savol va topshiriqlar:

  1. Kaliy permanganatning sulfat kislota ishtirokidagi natriy peroksid bilan reaksiyasida 5,6 l (n.sh.) gaz ajraldi. Reaksiyada qatnashgan kaliy permanganat massasini (g) hisoblang. A) 24,2; B) 15,8; C) 62,4; D) 50,6.

  2. Xrom (III) sulfat kaliy gidroksid ishtirokida vodorod peroksid bilan ta’sirlashganda 19,4 g kaliy xromat hosil bo‘ldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang. A) 5,1; B) 13,6; С) 10,2; D) 6,8.

  3. 5% li 204 g vodorod peroksid eritmasining ishqoriy sharoitda oltin(III) xlorid bilan reaksiyasida hosil bo‘lgan oltinning massasini (g) hisoblang. A) 35,6; B) 32; С) 39,4; D) 21.

  4. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida 1 mol oksidlovchi bilan necha mol qaytaruvchi reaksiyaga kirishadi? К2СГ207 + FeS04 + H2S04

A) 2; B) 6; С) 3; D) 12.

  1. 200 g 36,5% li xlorid kislota eritmasi kaliy permanganat bilan oksidlandi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchi va hosil bo‘lgan gazning miqdorini (mol) hisoblang. A) 0,2; 0,5; B) 2, 5; С) 0, 25; 0, 625; D) 39, 5; 44, 38.

  2. P4S7 + HN03 ►H3P04 + H2S04 + N02 + H20 ushbu oksidlanish

qaytarilish reakiyasida barcha moddalar koeffitsiyentlari yig‘indisini aniqlang.

A) 153; B) 91; С) 63; D) 154.

62--DARS §. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida moddalarning ekvivalent og‘irliklarini aniqlash




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish