1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob” romani Reja


-mavzu. Mirtemir hayoti va ijodi, lirikasi



Download 0,52 Mb.
bet2/41
Sana11.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Savol va topshiriqlar:

  1. Abdulla Qahhorning bolaligi qanday kechgan?

  2. Qahhorning milliy hikoyachiligimiz rivojidagi o‘rni,xizmati haqida gapiring.

  3. Abdulla Qahhor hikoyalariga xos eng muhim xususiyatlari sizningcha nimalarda ko‘rinadi?

  4. A. Qahhor bilan Cho‘lpon ijodi orasida qanday mushtarakliklar bor?

  5. “O‘tmishdan ertaklar” qissasining yaratilish tarixi haqida so‘zlang.

  6. “Sarob” romanining mavzusi, ma’no-mundarijasi haqida so‘zlang.



2-dars. Hamid Olimjon va uning “Muqanna” dramasi

Reja:

1.Shoirning hayot va ijod yo‘li

2.Hamid Olimjonning she’riy asarlari

3.Muqanna” dramasi

Hamid Olimjon shoir, dramaturg, publisist, tarjimon, adabiyotshunos va ulkan jamoat arbobi sifatida o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga hissa qo‘shgan inson, iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon serqirra ijod sohibidir.

Tarjimai hol

Baxt va shodlik kuychisi Xamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. Otasi vafotidan so‘ng u bobosi Azim bobo va onasi Komila aya qo‘lida tarbiyalanadi. Shoir 1923 yilda o‘rta maktabni tugatib, Samarqandda pedagogika bilim yurtida, so‘ngra Pedagogika akademiyasida o‘qiydi.

Iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi.

Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-1926), so‘ng pedakademiyada (1926-1931) o‘qidi.

Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’riyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi.

Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to‘plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O‘lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi.

Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat jabhasidagi qahramonligini tasvirlagan shoir 30-yillarda ajoyib lirik she’rlar bilan birga «Zaynab va Omon» dostonini yaratdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1943) Hamid Olimjon o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi. Hamid Olimjon A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, M.Gorkiy, V.Mayakovskiy, A.Serafimovich, T.Shevchenko, M.Lermontov, N.Ostrovskiy, A.Korneychuk asarlarini tarjima qildi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining ajoyib durdonasi «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib (1938), chop etildi.

U Alisher Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubiley qo‘mitasining a’zosi sifatida ulug‘ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi.

Hamid Olimjon «Daryo kechasi» (1936), «O‘lka» (1939), «Baxt» (1940) to‘plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935-1937), «Oygul va Baxtiyor» (1937), «Semurg‘» (1939) dostonlari bilan o‘zbek she’riyatida romantik tasvir tamoyilining qaror topishiga katta hissa qo‘shdi. Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida uning «Muqanna» she’riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning go‘zal namunalaridan biri bo‘lib kelayotir. Uning «Jinoyat» dramasi zamonaviy mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari bilan bir qatorda «Jangchi Tursun», «Roksananing ko‘z yoshlari» kabi balladalari ham yaratildi.

Iste’dodli shoir 1944 yilda avtomobil halokati natijasida vafot etgan.

Hamid Olimjon qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, sermazmun asarlari bilan o‘ziga abadiy xaykal yaratib qoldirdi.

Ilmiy ishlari

«Kimdir» (1926, ilk she’ri), «Ko‘klam» (1929, ilk she’riy to‘plami), «Tong shabadasi» (1931, xikoyalar to‘plami), «Olov sochlar» (1932, she’riy kitob), «Daryo kechasi» (1936), «She’rlar» (1937), «O‘lka», «Oygul bilan Baxtiyor» (1937 yil, 16-26 noyabr kunlari yozilgan), «Baxt» (1940), «Nima bizga Amerika!», «Temir konun», «Zaynab va Omon» (ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan Anor xola obrazi berilgan), «Holbuki tun» (tun qo‘ynida borlik haqida o‘ylar ifodalangan), «O‘zbekiston», «Roksananing ko‘z yoshlari» (voqealar Shahrixonda bo‘ladi, kahramonlari: Vova, Roksana, Sora), «Semurg‘, Parizod yoki Bunyod», «O‘rik gullaganda» (Xasan Qayg‘i degan kozok okinining fojiali qismati asosida yozilgan), «G‘azal», «Chimyon esdaliklari», «Baxtlar vodiysi (1930-yillar bayroqdor bo‘lgan she’r), «Baxt to‘g‘risida», «Qo‘lingga qurol ol», «Jangchi Tursun» (ballada), «Ishonch», «Xat», «Muqanna» (1942), «Ofeliyaning o‘limi», «Kuygay», «Jinoyat» dramalari.

Hamid Olimjonning «Kuychining xayoli» she’rida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining badiiy olami, baxshining jamiyatdagi, xalq ma’naviy hayotidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan, baxshi aytgan dostonlarda xalq hayoti, tarixi, madaniyati, udumlari aks etgani tasvirlangan. «Sevgi» she’rida maxbubaning hayot maydonlarida kurashayotgan yor ortidan borish syujetidan foydalanilgan.

Hamid Olimjon lirik she’rlarida umuminsoniy g‘oya va tuyg‘ularni kuyladi. «Baxtlar vodiysi» balladasi, «O‘rik gullaganda» she’rlarida ham insonning go‘zalligi qalbidagi tuyg‘ulari, uning tabiatidagi fazilatlar bilan belgilanishi, hamda tabiatning go‘zal tasviri yuksak badiiy mahorat bilan chizib beriladi. Tabiat tasviri bilan lirik qahramonning baxt-saodati uyg‘unlikda sevgi tuyg‘ularini yanada ravshanlashtirgan.

Hamid Olimjon urush yillarida ham samarali ijod kildi. «Sevgi», «Sen tug‘ilgan kun», «Sharqdan G‘arbga ketayotgan do‘stga», «Qamal kilingan shahar tepasidagi oy» singari she’rlarida urush davri voqealarini badiiy aks ettirdi. Urush yillarida yozilgan eng yaxshi balladalaridan biri «Roksananing ko‘z yoshlari» dir.

Hamid Olimjon xalk ertaklari asosida 1937 yili «Oygul bilan Baxtiyor», 1939 yili «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» dostonini yaratdi.

1935 yili «Zaynab» ocherkini, u asosda «Zaynab va Omon» dostonini kitobxonlarga taqdim etdi.

Hamid Olimjon serqirra ijod sohibidir. Buni adibning dramaturgiyadagi muvaffaqiyatlari yana bir karra isbotlaydi. 1942 yili «Muqanna» dramasini yozib tugatdi. Dramada bundan 12 asr muqaddam butun Movaraunnahrni larzaga keltirgan Muqanna boshlik harakatning yoritib berilishi, ayniqsa, urush yillarida vatan ozodligi, ximoyasi yo‘lida katta ahamiyat kasb etdi. «Muqanna» dramasidan keyin Xamid Olimjon yana bir drama yozishga kirishdi. Bu «Jinoyat» dramasi bo‘lib, asar 1944 yilda to‘la nixoyasiga yetkazilgan. Dramaga adib ruhiy jihatdan juda katta ta’sir qilgan hayotiy bir voqeani asos qilib olgan.

Hamid Olimjon tarjima sohasida ham faoliyat ko‘rsatib, Pushkinning «Kavkaz asirasi» dostoni, «Suv parisi» dramasini, bir qator she’rlarini o‘zbek tiliga o‘girdi.

Muqanna" dramasi

Odatda „Muqanna", „Jaloliddin Manguberdi" singari tragediyalarning ijodiy tarixi to’g’risida so’z borganda, ularning Ikkinchi jahon urushi yillarida jang maydonlarida kurashayotgan va mehnat jabhalarida faoliyat olib borayotgan xalqni jasorat va qahramonlikka chorlash maqsadida, davrning ijtimoiy buyurtmasi sifatida yozilgani aytiladi. Ammo Hamid Olimjon ijodining tadqiqotchilari bergan ma’lumotga ko’ra, shoir Muqanna qo’zg’oloniga bag’ishlangan sahna asarini yozishga 1937- yildayoq kirishgan va hatto o’sha yili asarning birinchi pardasini yozib tugatgan. To’g’ri, 1937- yilda shoir ustida ham qatag’on bulutlarining to’planishi bilan u asar ustidagi ishni to’xtatib qo’ygan va 1942- yilning boshlarida asarga qayta kirishib, o’sha yilning 12- fevralida birinchi pardaning yangi nusxasini yozib tugatgan. 1942- yil 31- mayda esa asar ustidagi ish uzil-kesil yakunlangan.

Mutaxassislarning fikricha, Hamid Olimjonda ushbu asar g’oyasining paydo bo’lishi S. Ayniyning „Muqanna qo’zg’oloni" tarixiy ocherki bilan bog’liq. Ustozning shu ilmiy asaridan turtki olgan shoir „Muqanna" tragediyasi ustida ishlash jarayonida Muhammad Narshaxiyning „Buxoro tarixi", G. A. Ibrohimovning „Islomning kelib chiqishi va sinfiy mohiyati" (M., 1940) singari tarixiy manba va ilmiy kitoblardan tashqari, Qur'onni ham puxta o’rganib chiqqan.

Hamid Olimjonning „Muqanna" tragediyasini urush yillarida yozishi undan o’n uch asr muqaddam bo’lib o’tgan xalq ozojdJik harakatiga shu davrning „ko’z"i bilan qarashni, shu davrdagi siyosiy-ijtimoiy sharoitni, davr g’oyalari va ma'naviy ehtiyojlarini e’tiborga olishni talab etdi. Binobarin, shoir, birinchi navbatda, vatan ozodligi yo’lida kurashgan va shu kurashda qurbon bo’lgan Muqanna va uning safdoshlari qahramonona obrazlarini yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.



Hamid Olimjon tarixiy haqiqatdan kelib chiqib, asarga, Muqannadan tashqari, uning safdoshlari — G’irdak, Bog’iy, Xishriy, Hakim, Kulartagin singari tarixiy shaxslar va shu bilan birga oddiy xalq ommasining Otash, Gulobod va Guloyin singari vakillarining to’qima obrazlarini ham olib kirgan. Bu har ikkala toifadagi obrazlar o’zaro aloqaga kirishib, muallifga tarixiy davr haqiqatini o’z badiiy niyati doirasida mujassamlashtirish imkonini bergan.

Asar ekspozitsiyasidayoq biz yaqin kelajakda ro’y berajak dramatik voqealar shabadasini sezamiz. Otashparastlar diniga mansub qullardan biri — Otash va iminj^oila a'zolari — xotini Gulobod va qizi Guloyinning boshida zulm qamchisi o’ynab turibdi. Istilochilarning xalqni musulmon diniga tinchlik va bardoshlik bilan sekin-asta emas, balki tahdid va zo’ravonlik bilan o’tkazishi ularda qattiq qarshilik uyg’otadi. Otash endi faqat o’zining emas, balki butun el-yurtning ham qullik kishanlariga o’ralganini ko’rib, iztirob chekadi. Gulobod Feruzning bosqinchilarga qulluq qilib, masjid qurganidan norozi. Ularning qizi Guloyin esa otashparastlikka ham, bosqinchilar olib kelgan dinga ham loqayd.

Mahalliy xalq zo’rlik bilan musulmon diniga o’tkazilayotgan bir paytda Muqannaning o’z maslakdoshlari bilan kelib, vatandoshlarini zulm va zo’ravonlikka qarshi kurashga undashi bilan tragediyaning tuguni boshlanadi. Va bu tugun rivojlanib, ikki ijtimoiy kuch o’rtasidagi kurash o’t olib ketadi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish