68-DARS Mavzu: Masalalar yechish
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Umumlashtiruvchi dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
VIII. Dars bayoni :
1. Sistein va serin aminokislotalarini struktur tuzilishini chizing va ular tarkibidagi σ va π bo‘g‘lar sonini hisoblang.
2. Glutamin kislotasi nega monoamino dikarbon kislota hisoblanishini struktur formulasini chizib isbotlab bering.
3. 3-aminobutan kislotasini hosil qilish uchun qaysi to‘yinmagan karbon kislotasiga ammiak bilan ta’sir etish kerakligini reaksiya tenglamasini yozib ko‘rsating.
4. 26,7 g massadagi noma’lum aminokislotaning natriy ishqori bilan reaksiyasi natijasida 5,4 g suv hosil bo‘lsa, shu reaksiyaga kirishgan aminokislotaning nomini aniqlang.
5. 60 g massadagi noma’lum aminokislotaning natriy ishqori bilan reaksiyasi natijasida 14.4 g suv hosil bo‘lsa, shu reaksiyaga kirishgan aminokislotaning nomini aniqlang.
6. 31,15 g massadagi noma’lum aminokislotaning natriy ishqori bilan reaksiyasi
natijasida 6,3 g suv hosil bo‘lsa, shu reaksiyaga kirishgan aminokislotaning
nomini aniqlang.9. Polivinilxloridning polimerlanish darajasi 980 ga teng bo’lsa, olimerning molekulyar massasini hisoblang.
10. Poliizobutilenning polimerlanish darajasi 1085 ga teng bo’lsa, polimerning molekulyar massasini hisoblang.
IXUyga vazifa. Mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |