67-DARS Mavzu: Masalalar yechish
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Umumlashtiruvchi dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
VIII. Dars bayoni :
1. Divinilning polimerlanish reaksiyasini yozing va polimer tarkibidagi
monomerni ko‘rsating hamda polimerlanish darajasiga ta’rif bering.
2. Quyidagi moddalar polimerlanish reaksiya tenglamalarini yozing:
a) etilen; b) propilen; c) izopren;
3. 2-xlorbutadiyen-1,3 dan xloropen kauchugining olinish reaksiyasini yozing.
4. Qaysi yuqori molekulyar massali birikma polikondensatsiya reaksiyasi
natijasida olishini toping va reaksiya tenglamasini yozing:
1) Butadiyenkauchuk 2)Fenolformaldegidsmola
3)Polipropilen 4)Polivinilxlorid
5. Molekulyar massasi 13500 g/mol bo’lgan polibutadiyenning polimerlanish
darajasini hisoblang.
6. Molekulyar massasi 62500 g/mol bo’lgan polivinilxloridning polimerlanish
darajasini hisoblang.
7. Molekulyar massasi 18480 g/mol bo’lgan poliizobutilenning polimerlanish
darajasini hisoblang.
8. Polibutadiyenning polimerlanish darajasi 1020 ga teng bo’lsa, polimerning
molekulyar massasini hisoblang.
IXUyga vazifa. Mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |