33-DARS MAVZU: MASALALAR YECHISH
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
1. 1,2,4-butantriolning struktur formulasini chizing.
3. Etilenglikol va glitserinning struktur tuzilishini yozing va ular tarkibidagi
σ va π bog‘larni hisoblang.
4. Etilenglikol olishda qo‘llaniladigan reaksiya tenglamasini yozing.
5. 1,2 mol etilenglikolga yetarli miqdorda natriy metali ta’sir ettirildi,
reaksiya natijasida hosil bo’lgan glikolyatning massasini (g) hisoblang.
6. 0,8 mol etilenglikolga yetarli miqdorda kaliy metali ta’sir ettirildi, reaksiya natijasida hosil bo’lgan vodorodning massasini (g) hisoblang.
7. 0,5 mol glitseringa yetarli miqdorda natriy metali ta’sir ettirildi, reaksiya
natijasida hosil bo’lgan gazning hajmini (l n.sh.) hisoblang.
8. Agar 27,6 g glitseringa natriy metali (yetarlicha) ta’sir ettirilsa, necha litr
(n.sh.) gaz ajraladi?
9. Agar 31 g etilenglikolga natriy metali (yetarlicha) ta’sir ettirilsa, necha
litr (n.sh.) gaz ajraladi?
10. Agar 43,4 g etilenglikolga natriy metali (yetarlicha) ta’sir ettirilsa,
necha litr (n.sh.) gaz ajraladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |